Raximov Asamiddin Anorboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorlashning innovatsion texnologiyalari», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped1171.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020 Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Hasanova Kibriyo, pedagogika fanlari nomzodi, professor; Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorlashni takomillashtirish tamoyillari, shakl, metod va vositalarini aniqlashtirish asosida ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy faoliyat yo‘nalishlari (iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-madaniy) faoliyatni rivojlantirish prinsiplariga (ijtimoiy yo‘nalganlik, ixtiyoriylik, tashabbuskorlik, erkin shakl, individuallik) mos rejalashtirish bosqichlari (tashkiliy-tarbiyaviy, ijtimoiy faollik, hamkorlik) mazmunini ochib berish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni innovatsion rivojlantirish tuzilmasi maqsadga yo‘naltirilgan protsessual blok (ijtimoiy-ilmiy tashkilotchilik, pedagogik amaliyot, istiqbolli, ko‘rgazmali, an’anaviy) tarkibiga faollashtirish metodlari (“Ma’naviy audit”, “Korporativ imidj”)ni kiritish asosida ishlab chiqilgan;
ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning shakllanganlik darajasini baholash mezonlari tahlil bosqichlarida (tashkiliy, rejalashtirish va natija) ma’naviyatni yuksaltirish ko‘rsatkichlari (milliylik, axloqiy-estetik, tarixiylik, ta’limiy-tarbiyaviy) ta’siriga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning ma’naviy-ma’rifiy faolligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar innovatsion pedagogik (shaxsga yo‘naltirilgan, hamkorlik, istiqbolli-ilg‘or, rivojlantiruvchi) ta’lim yondashuvlari hamda motivatsion-qadriyatli, harakatli-ijodiy, kreativ-ijodkorlik kompetensiyaviy talablarni o‘zaro integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorlashning innovatsion texnologiyalarini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy faoliyat yunalishlari (iktisodiy, ijtimoiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-madaniy), faoliyatni rivojlantirish prinsiplari (ijtimoiy yo‘nalganlik, ixtiyoriylik, tashabbuskorlik, erkin shakl, individuallik), rejalashtirish bosqichlari (tashkiliy-tarbiviy, ijtimoiy faollik, hamkorlik)ga oid materiallar, taklif va xulosalardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 19 yanvardagi 50-son buyrug‘i asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar, shuningdek, yoshlarni davlat ramzlariga bo‘lgan hurmat, islohotlarga bo‘lgan daxldorlik tuyg‘usi asosida tarbiyalash, Vataniga, xalqiga, Prezidentiga sadoqatli farzandlar bo‘lib voyaga etishishi kabi fazilatlarni singdirish uchun foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 fevraldagi 89-03-656-son ma’lumotnomaci). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning davlat ramzlariga bo‘lgan hurmati va e’tiborini oshirish orqali ularni ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorlash tizimining natijadorligiga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy faoliyat yo‘nalishlari (iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-madaniy), faoliyatni rivojlantirish prinsiplari (ijtimoiy yo‘nalganlik, ixtiyoriylik, tashabbuskorlik, erkin shakl, individuallik), rejalashtirish bosqichlari (tashkiliy-tarbiviy, ijtimoiy faollik, hamkorlik) mazmuniga oid taklif va xulosalardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 19 yanvardagi 50-son buyrug‘i asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 fevraldagi 89-03-656-son ma’lumotnomaci). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning davlat ramzlariga bo‘lgan hurmati va e’tiborini oshirish orqali ularni ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorlash tizimining natijadorligiga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni innovatsion rivojlantirish tuzilmasi maqsadga yo‘naltirilgan protsessual blok (ijtimoiy-ilmiy tashkilotchilik, pedagogik amaliyot, istiqbolli, ko‘rgazmali, an’anaviy) tarkibi, faollashtirish metodlari (“Ma’naviy audit”, “Korporativ imidj”), ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning shakllanganlik darajasini baholash mezonlari, tahlil bosqichlarida (tashkiliy, rejalashtirish va natija) ma’naviyatni yuksaltirish ko‘rsatkichlari (milliylik, axloqiy-estetik, tarixiylik, ta’limiy-tarbiyaviy) ta’siriga doir takliflardan AIF 2/20 raqamli “Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini yaxshilash” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 fevraldagi 89-03-656-son ma’lumotnomaci). Natijalar oliy ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorlashning innovatsion texnologiyalari manbalarini va resurslarini kengaytirish uchun xizmat qilgan;
talabalarning ma’naviy-ma’rifiy faolligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar, innovatsion pedagogik (shaxsga yo‘naltirilgan, hamkorlik, istiqbolli-ilg‘or, rivojlantiruvchi) ta’lim yondashuvlari, motivatsion-qadriyatli, harakatli-ijodiy, kreativ-ijodkorlik kompetensiyaviy talablarni o‘zaro integratsiyasiga oid takiflardan 5110900 – Pedagogika va psixologiya bakalavriat yo‘nalishi Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 fevraldagi 89-03-656-son ma’lumotnomaci). Natijalar bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion texnologiyalar asosida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorlashni takomillashtirishga xizmat qilgan.