Sayt test rejimida ishlamoqda

Kadirov Xayot Sharipovichning
fan doktor (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarida mediakompetenlikni rivojlantirish texnologiyaci”, 13.00.05-Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Ped9.
Ilmiy rahbar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar  ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Beknazarova Saida Safibullaevna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarida mediakompetentlikni rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarda mediakompetentlik ko‘rsatkichlarini rivojlantirish strategiyasi raqamli texnologiyalar vositasida ta’limni axborotlashtirish talablari (Moodle, Ilias, e-learning) hamda didaktik maqsadlarini (motivatsion-qadriyatli, kognitiv-faoliyatli, shaxsiy-refleksiv) identiv xususiyatlarga ko‘ra o‘qitish vositalari, metodlari va shakllarini bosqichli va maqsadli loyihalash yondashuvi (keys-to‘plam, mahorat darslari) asosida aniqlashtirilgan; 
media muhitni tashkil etishning (media vosita, media faoliyat) loyihalash va modellashtirish funksiyalari mediakompetentlikni rivojlantirishning tizimli yondashuv asosida pedagogik jarayon elementlarini qamrab olgan kasbga yo‘naltirib o‘qitish modeli kasbiy-dasturiy vositalarini o‘zida mujassam etgan elektron o‘quv-uslubiy ta’lim resurslari ishlab chiqilgan; 
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining raqamli mediakompetentligini rivojlantirish modelining maqsadli, mazmunli-tashkiliy, texnologik-jarayonli, nazorat-baholovchi bloklari mazmuni raqamli media ta’lim tendensiyalari hamda media kompetentlik darajalarini motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv ko‘rsatkichlarini tizimli baholash mezonlariga ustuvorlik berish asosida rivojlantirilgan;
mediakompetentlikni rivojlantirish texnologiyalari pedagogik (uzluksizlik, fundamentalizatsiya, kompetentlik, tizimlilik va ketma-ketlik) hamda maqsadli loyihalashtirilgan pedagogik yondashuv (fanlararo va sub’ektiv integratsiya, modulli, kreativlik, akmeologik) tamoyil va qonuniyatlariga  ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarida mediakompetenligini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida: 
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining mediakompetenligini rivojlantirishning ahamiyati va mazmuni, didaktik shart-sharoitlari va metodik imkoniyatlarini aniqlashga oid ilmiy taklif va tavsiyalar “O‘zstandart” agentligining 2015 yil 15 fevraldagi 2-540-son qarori bilan tasdiqlangan “Kasb ta’limi metodikasi” fani bo‘yicha magistratura mutaxassisligi va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 fevral 89-03-3783-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalardan kasb ta’limi mazmunini modernizatsiyalash asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, darsliklar, metodik qo‘llanmalar ishlab chiqishda foydalanilgan; 
media muhitni tashkil etishning (media vosita, media faoliyat) loyihalash va modellashtirish funksiyalari mediakompetentlikni rivojlantirishga oid tavsiyalar “Oliy ta’lim muassasasi pedagoglarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi uchun modulli web texnologiya asosida elektron axborot ta’lim resurslarini yaratish va amaliyotga joriy etish texnologiyalari” (2015-2017 yy.) mavzusidagi  amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 fevral 89-03-3783-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, intellektuallashtirish, elektron ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn, «blended learning», «flipped classroom», texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish hamda ta’lim jarayonlarida aqlli texnologiyalardan foydalanish metodikalari samaradorligini oshirishga erishilgan; 
bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining raqamli mediakompetentligini rivojlantirish modelining maqsadli, mazmunli-tashkiliy, texnologik-jarayonli, nazorat-baholovchi bloklari mazmuni raqamli media ta’lim tendensiyalari hamda media kompetentlik darajalarini prognostik aniqlashga oid tavsiyalar asosida «Ta’lim texnologiyalari» darsligi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 fevraldagi 133-son buyrug‘i, 133-264 raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining mediakompetentligini rivojlantirish imkoniyati yaratilgan;
mediakompetentlikni rivojlantirish texnologiyalari, loyihalashtirish hamda mediamatnlarni sahnalashtirishga oid takliflar “Informatika va axborot texnologiyalari” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 iyundagi 89-03-2320-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning mediakompetentligini rivojlantirishga muhit yaratilgan hamda mediakompetentlikni rivojlantirish texnologiyalari samaradorligi ortgan;
mediakompetensiyalarni rivojlantirish orqali - oliy ta`lim muassasasi talabalarining raqamli savodxonlikni va madaniyatni, tanqidiy fikrlash va kreativlik  kompetensiyalarini rivojlantirish, shu bilan birga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan kreativ darajada foydalanish, AKT asosida loyihalashtirish, modellashtirish, dasturlash va boshqarishni o‘zlashtirishga oid takliflar  “Kasb ta’limi mazmunini modernizatsiyalash asosida o‘qituvchilar kasbiy kompetenligini rivojlantirish texnologiyasi” (2012-2014 yy.) mavzusidagi grant loyihasi doirasida belgilangan vazfilarni bajarishda foydalanilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 iyundagi 89-03-2320-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisining media ehtiyojlari asosida ta’lim jarayonini ilmiy asosda tashkil etishning metodik asoslarini takomillashtirish imkoni kengaygan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish