Sayt test rejimida ishlamoqda

Choriev Ruzimurat Kungratovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kasb ta’limi mutaxassislarini dual tizimi asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish (Texnika oliy ta’lim muassasalarida “Kasb ta’limi” yo‘nalishi misolida)”, 13.00.05-Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Ped166.
Ilmiy rahbar: Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti,  DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Maxmudov Abduhalim Xamidovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak kasb ta’limi mutaxassislarini va ishlab chiqarish xodimlarining dual ta’lim tizimi asosida kasbiy faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
kasb ta’limi mutaxassislarini dual ta’lim tizimida kasbiy faoliyatga tayyorlashning axboriy-didaktik ta’minoti ta’lim va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini rivojlantirishdagi metodologik yondashuvlar (aksiologik, ontologik, texnologik) paritetlik hamda variativlik tamoyillari asosida ishlab chiqilgan;
kasb ta’limi mutaxassislarini dual ta’lim tizimi asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashning tashkiliy-funksional komponentlari (mazmunli, texnologik, tashhislash) mazmuni motivatsion-maqsadli, metodologik yondashuvlar (motivatsion, kognitiv, refleksiv) asosida ishlab chiqilgan;
ta’lim va ishlab chiqarish jarayonida kasb ta’limi mutaxassislarining yaratuvchanlik, boshqaruvchanlik, taqiqotchilik, konstruktorlik, pedagogik kabi bilim, malaka, ko‘nikma va qobiliyatlarini rivojlantirishda kasb ta’limi mutaxassislarining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi (“Self-development”, “Natural-reflexive”, “Vitagen”) ta’lim texnologiyalari asosida takomillashtirilgan;
kasb ta’limi mutaxassislarini dual tizimi asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida dasturiy-muhandislik (Visual C++ da dasturlash) hamda ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, vizuallashtirishda (Visualization and avtomatization) loyihaviy-konstruktorlik, tadqiqotchilik kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi texnokratik yondashuvlar asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim kasb ta’limi yo‘nalishlari bitiruvchilari hamda ishlab chiqarish xodimlarini kasbiy mahorat darajalarini tashxislashning analitik, loyihalash, konstruktorlik va prognostik komponentlari funksiyalari integrativ muvofiqlashtirish asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash konsepsiyasi mazmunan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Kasb ta’limi mutaxassislarini dual tizimi asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kasb ta’limi mutaxassislarini dual tizimi asosida kasbiy faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida ta’lim jarayoni komponentlari uzviyligi asosida kasb ta’limi mutaxassislarining kasbiy faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirishda zamonaviy o‘qitish vositalarining (o‘quv materialini differensial taqdim etish; o‘quv materialini ta’lim oluvchilar tayyorgarligi darajasiga qarab taqdim etish; baholash, boshqarish, turli shaklda nazorat qilish; interfaol muloqotni amalga oshirish) ning didaktik imkoniyatlaridan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 18  maydagi № 135- son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 5111000 - Kasb ta’limi (5430100 - Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish) bakalavriat ta’lim yo‘nalishiniig malaka talablarini ishlab chiqishda hamda umumkasbiy va ixtisoslik fanlar bo‘yicha o‘quv didaktik ta’minotni yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 iyundagi 89-03-2150-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan dasturiy mahsulot kasb ta’limi mutaxassislarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan; 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 18 noyabrdagi №175-son buyrug‘i asosida takomillashtirilgan me’yoriy va uslubiy hujjatlar hamda zamonaviy o‘quv adabiyotlarni yaratish va ta’lim jarayoniga joriy etish bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshirish maqsadida kasb ta’limi mutaxassislarini kasbiy faoliyatga tayyorlash sifat va samaradorligini oshirishni ta’minlovchi o‘qitishning dual tizimining tashkiliy-funksional tuzilmasi komponentlari, umumkasbiy va metodik integrativ bilimlar (tizimlashtirilgan ma’lumotlar, laboratoriya ishlanmalari va umumkasbiy xarakterdagi intellektual topshiriqlar) asosida kasb ta’limi mutaxassislarini kasbiy faoliyatga tayyorlash modeli, kasb ta’limi yo‘nalishida va ishlab chiqarish korxonalariga joriy etilib tajriba-sinovdan o‘tkazilgan hamda natijada tajriba-sinov guruhlarida o‘quv materialini o‘zlashtirish koeffisienti ortgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 iyundagi 89-03-2150-son ma’lumotnomasi). Mazkur model kasb ta’limi mutaxassislarini kasbiy faoliyatga  tayyorlash sifatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
 kasb ta’limi mutaxassislarini dual ta’lim tizimida kasbiy faoliyatga tayyorlashga qo‘yilayotgan zamonaviy didaktik va metodik talablarni amalga oshiruvchi, umumkasbiy va ixtisoslik fanlari bo‘yicha o‘quv materiallarini havola etish shakllarini aks ettiruvchi hamda oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlovchi yaxlit tizim sifatida o‘qitishni modulli tuzilma asosida tashkil etish varianti talabalar va ishlab chiqarish korxonasi xodimlarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish jarayonini tashxislash mezonlari va ko‘rsatkichlari, dual tizimi asosida kasb ta’limi mutaxassislarini tayyorlash texnologiyasi komponentlaridan respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 16 oktyabrdagi 89-03-2404-son ma’lumotnomasi). Mazkur umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan yaratilgan elektron dastur, metodik qo‘llanmalar, intellektual va integrativ topshiriqlar oliy ta’lim muassasalari kasb ta’limi yo‘nalishlarida pedagogik jarayonni ilmiy asosda tashkil etishning metodik asoslarini takomillashtirishga, ishlab chiqarishda kadrlar sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish