Abdurahimova Dilfuzaxon Alievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy–axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirish”, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1DSc/Ped89.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi PhD.29.12.2018.Ped.80.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yakubbekova Minavvarxon Muhammedovna, filologiya fanlari doktori; Qodirova Fotima Rashidovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
xalq og‘zaki ijodi namunalari (alla, ertak, topishmoq, maqol so‘zlarining etimologiyasi) tadrijiy-tarbiyaviy shakllanishi mazmuni yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashga, tarixiy, ensiklopedik-psixologik hamda fol`klor manbalaridagi bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda qo‘llanilgan meditatsiya metodlariga ustuvorlik berish asosida rivojlantirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida psixologik-ma’naviy rivojlanish (erkalash, ardoqlash, yaxshilikka  yo‘naltiruvchi, o‘git-nasihat, orzu-umidga yo‘g‘rilgan, ta’limiy alla, ertak, maqol, topishmoqlar) xususiyatlari xalq og‘zaki ijodi namunalari turlarining integrativ xossalarini (ijodiy, emotsional-rag‘batlovchi, variativ o‘quv topshiriqlari) aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
xalq og‘zaki  ijodi  namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimi komponentlari (aksiologik, qadriyatli, tizimli-faoliyatli, rivojlantiruvchi) va tayanch kompetensiyalari (bilish, axborot, kommunikativ) mazmuni “Sinkveyn”, “Art-texnologiya”, “Event” texnologiyalari vositasida improvizatsiya va refleksivlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan; 
maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshi, individual psixologik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni, shakli, metodlari va vositalarini o‘zaro muvofiqlashtirish asosida Event-texnologiyasini  qo‘llashning metodik tizimi ishlab chiqilgan va uni joriy etish mexanizmi ilmiy asoslangan; 
“Bolajon”, “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturlari asosida xalq og‘zaki ijodi namunalari — alla, ertak, maqol, topishmoqlardan foydalanib, tarbiyalanuvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy–axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni  oilada va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishga oid tavsiyalar «Pedagogik mahorat» darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil  7 oktyabrdagi  89-03-3942-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha yoshdagi bolalarning kompetensiyalarini hamda xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan takliflaridan xalq og‘zaki ijodi janrlarini tanlashning didaktik talablarini modernizatsiyalash imkoni kengaytirilgan; 
xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash komponentlari mazmunini tarbiyalanuvchilarning ijodiy, bilish, ijtimoiy-hissiy, kommunikativ va jismoniy rivojlanish sohalari mazmuni bilan o‘zaro integrativ uyg‘unlashtirishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2018 yil 18 iyundagi 1-mh buyrug‘i bilan  tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 28 avgust 03-02/ 1-1213-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarga ma’naviy va axloqiy tarbiya berish orqali tayanch kompetensiyalar   mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni  oilada va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimi komponentlari (aksiologik, qadriyatiy, tizimli-faoliyatli, rivojlantiruvchi) va tayanch kompetensiyalari (bilish, axborot, kommunikativ) mazmuni “Art-texnologiya”,“Event” texnologiyalari vositasida improvizatsiya va refleksivlik tamoyillarini takomillashtirishga oid tavsiyalar ITD-1-62 raqamli “Bolalarni tarbiyalashda oila, bog‘cha, maktab va mahalla hamkorligini ta’minlashning ilmiy-metodik asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 28 avgust 03-02/ 1-1213-son ma’lumotnomasi). Natijada oila va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda tarbiyachi-pedagog va onalarning metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlanish samaradorligi ortgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshi, individual psixologik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni, shakl va metodlari, vositalarini  o‘zaro muvofiqlashtirib,  Event texnologiyasini  qo‘llashning metodik tizimi va uni joriy etishni rivojlantirishga oid tavsiyalar 2015-2017 yillarda bajarilgan  A - 5- 37- raqamli “Maktabgacha ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilari  va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan mul`timediali intellektual o‘yinlar” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazfilarni bajarishda foydalanilgan (Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashining 2019 yil 13 avgustdagi 02-04/528-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq og‘zaki ijodi namunalari alla, ertak, maqol, topishmoqlardan foydalanib, tarbiyalanuvchilarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishni maqsadli yo‘naltirishga doir O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari va “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining faoliyatini takomillashtirish samaradorligi ortgan;
xalq og‘zaki ijodi namunalari alla, ertak, maqol, topishmoqlardan foydalanib tarbiyalanuvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishni maqsadli yo‘naltirishga doir “Bolajon”, “Ilk qadam” Davlat ta’lim tayanch dasturlari asosida ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat talablari mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha ta’lim vazirligining 2019 yil 28 avgust 03-02/ 1-1213-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar o‘rtasida uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini ishlab chiqish hamda “Milliy g‘oyani rivojlantirish” konsepsiyasi targ‘ibotini amalga oshirish imkoniyati  kengaygan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish