Sayt test rejimida ishlamoqda

Xodjamqulov Umid Negmatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagogik ta’lim innovatsion klasterining ilmiy-nazariy asoslari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/Ped110.
Ilmiy rahbar: Muxamedov Gafurdjan Israilovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.28.03.2019.Ped.28.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xudoyqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent. 
Etakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim siyosatining ustuvor tamoyillariga tayangan holda pedagogik ta’lim innovatsion klasterining ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
“pedagogik ta’lim innovatsion klasteri” tushunchasi (ta’rifi, tasnifi, yo‘nalishlari, tamoyillari) hamda klaster vositasida ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlashning ilmiy-pedagogik muammo sifatidagi nazariy asoslari klaster yo‘nalishlari (ta’limni tashkil etish, ta’lim vositalarini yaratish, ta’lim-fan-ishlab chiqarish tizimi, ta’limni boshqarish)ni tasniflash (aloqalarning shakli bo‘yicha, o‘zaro hamkorlikning tuzilishi bo‘yicha, ishtirokchilar faoliyatining xususiyatiga ko‘ra, paydo bo‘lish tabiatiga ko‘ra, asosiy resursning turi bo‘yicha, geografik tarkibiy qismning mavjudligiga ko‘ra) asosida takomillashtirilgan; 
pedagogik ta’lim innovatsion klasteri milliy modeli (sub’ektlar munosabati, yo‘nalishlar tavsifi, amalga oshirish mexanizmlari, natijalarning samaradorligi) hamda ta’lim muassasalarining klaster hamkorlik tamoyillari (tabiiy aloqadorlik, uzviylik va uzluksizlik, izchillik, zamonaviylik, yo‘naltirilganlik, vorisiylik, maqsadning umumiyligi, manfaatlarning xususiyligi, o‘zaro nazorat) pedagogik ta’lim faoliyatiga qo‘yilgan talablar (nazariya va amaliyot uyg‘unligi, ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi, tarbiyada an’anaviylik va ta’limda zamonaviylikni ta’minlash)ga gorizontal va vertikal integratsiya nuqtai nazaridan ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan;
uzluksiz ta’lim tizimida pedagogik ta’lim innovatsion klasteri vositasida ta’lim muassasalari hududiy hamkorligini tashkil etish metodlari (kelishuv, amaliy empatiya, hamkorning obro‘sini asrash, o‘zaro to‘ldiruvchilik, ijtimoiy kamsitishlarni rad qilish) ta’limda hududiy yaxlitlikni ta’minlashga yo‘naltirilganlik asosida takomillashtirilgan va mazkur metodlarning mamlakatimiz pedagogik ta’lim sharoitiga muvofiqligi ilmiy-amaliy jihatdan  asoslangan; 
“pedagogik ta’lim innovatsion klasteri”, “maktab-laboratoriya innovatsion tajriba maydonchasi”, “modulli maktabgacha ta’lim laboratoriyasi” tushunchalarining mazmuniga (ta’rifi, tavsifi, innovatsion belgilari, faoliyat yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari) mos ravishda oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablariga jalb qilish orqali muayyan faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha samaradorlikni oshirish tizimi mobillik va tezkor qayta aloqani ta’minlashga imkon berish (o‘zaro nazorat, seminar-praktikum, so‘rovnoma, ekspert varaqasi orqali) asosida takomillashtirilgan;  
pedagogik ta’lim innovatsion klasteri orqali umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi (PIRLS talabi): matn mazmunini tushunish, undan foydalanish, mulohaza yuritish va munosabat bildira olish malakalarini rivojlantirish metodikasi, xalqaro PISA baholash tizimiga tayyorlash milliy dasturi takomillashtirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Pedagogik ta’lim innovatsion klasterining ilmiy-nazariy asoslari va uni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
pedagogik ta’lim innovatsion klasterining nazariy asoslari hamda ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 28 martdagi 258-son “Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 sentyabrdagi 89-03-3179-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarini klaster yondashuvi asosida shakllantirish bo‘yicha pedagogik oliy ta’lim muassasalarining ilmiy (klaster tadqiqi) va amaliy (klaster tatbiqi) yo‘nalishlarda faoliyat samaradorligini oshirishga erishilgan;
mamlakatimizda pedagogik ta’limga qo‘yilgan talablarga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan pedagogik ta’lim innovatsion klasteri milliy modeli (sub’ektlar munosabati, yo‘nalishlar tavsifi, amalga oshirish mexanizmlari, natijalarning samaradorligi) g‘oyasi va ta’lim muassasalarining klaster hamkorlik tamoyillari (tabiiy aloqadorlik, uzviylik va uzluksizlik, izchillik, zamonaviylik, yo‘naltirilganlik, vorisiylik, maqsadning umumiyligi, manfaatlarning xususiyligi, o‘zaro nazorat) bo‘yicha ilmiy xulosalardan ta’lim muassasalarida loyihalash metodi (“D`yui metodi”) asosida klaster hamkorlik dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 sentyabrdagi   89-03-3179-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi va oliy ta’lim muassasalari hamkorligini klaster vositasida rivojlantirish usullari takomillashtirilgan; 
hududiy yaxlitlikni ta’minlashga yo‘naltirilganlik asosida ishlab chiqilgan klaster vositasida ta’lim muassasalari hamkorligini tashkil etish metodlari ITD-1-148 raqamli “Kasb ta’limi mazmunini modernizatsiyalash asosida o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini rivojlantirish texnologiyasi” nomli amaliy loyiha mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 sentyabrdagi 89-03-3179-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik ta’lim mazmuni, klaster vositasida ta’lim muassasalari hamkorligini tashkil qilish metodikasi va o‘qituvchilarning kompetentligini rivojlantirish tizimi takomillashtirilgan;
ilmiy tadqiqot ishining nazariy xulosalari asosida taklif qilingan ta’lim sub’ektlarining hamkorlik munosabatlarida mobillik va tezkor qayta aloqani ta’minlash vositalari (o‘zaro nazorat, seminar-praktikum, so‘rovnoma, ekspert varaqasi)dan klaster yondashuvini maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaliyotga joriy etish mexanizmlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 sentyabrdagi 89-03-3179-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim turlari o‘rtasida o‘zaro nazorat, raqobat va integratsiya jarayonlarida samaradorlikni oshirishga erishilgan;
Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi tizimida tashkil qilingan “Maktab-laboratoriya” innovatsion tajriba maydonchalarida umumta’lim maktablari o‘quvchilarini xalqaro PISA baholash dasturiga tayyorlash jarayonida  tadqiqotning  ilmiy-nazariy  xulosa  va  metodik tavsiyalaridan foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 sentyabrdagi 89-03-3179-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi (PIRLS talabi): matnni tushunish, foydalanish, mulohaza yuritish va munosabat bildira olish malakalarini takomillashtirishga erishilgan;
pedagogik ta’lim innovatsion klasterining mazmun-mohiyati, klaster vositasida ta’lim kampusini yaratish orqali sub’ektlarning raqobatbardoshligini oshirish va xalqaro reytinglarda milliy ta’lim tizimining ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha taklif va tavsiyalardan “O’zbekiston” teleradiokompaniyasi “Madaniy-ma’rifiy, badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Ta’lim va taraqqiyot” eshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston” teleradiokanalining 2020 yil 30 iyundagi O’z/R-1-13-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik ta’lim hududiy klasterlari vositasida milliy ta’lim reytingini oshirishning ilmiy va metodik ta’minotini ishlab chiqishga xizmat qilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish