Sayt test rejimida ishlamoqda

Aripov Oybek Abdullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solish va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish”, 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.DSc/Iqt118.
Ilmiy maslahatchi: Abduvaxidov Abdumalik Maxkamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01. 
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Yorqin Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umarov Ilxomjon Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Etakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solish va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solish» va «ishbilarmonlik muhiti» tushunchalarining tarkibiy tuzilishini mujassamlovchi ilmiy-nazariy yondashuvlar iqtisodiy tizim asosiy jihatlarining o‘zaro funksional bog‘liqligini o‘rganish asosida takomillashtirilgan;
kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solish va ishbilarmonlik muhiti shakllanishi darajasini baholash iqtisodiyotdagi bozor infratuzilmasi, inflyasiya, biznesning rentabelligi holati kabi indekslarni joriy etish orqali takomillashtirilgan; 
mahalliy boshqaruv organlarining hududdagi ishbilarmonlik muhitini muvofiqlashtirish funksiyalarini kuchaytirish orqali bozor infratuzilmasi bilan uyg‘unlashgan holda kichik biznes sub’ektlari faoliyatini tartibga solish samaradorligini  ta’minlash asoslangan;   
mamlakatda «virtual muhit»ni kengaytirish yordamida biznes faoliyat infratuzilmasini rivojlantirish orqali raqamli iqtisodiyotning ishbilarmonlik muhiti takomillashuviga ta’sirini faollashtirish asoslangan; 
O‘zbekistonda kichik biznes sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot hajmi o‘zgarishining ko‘p omilli modeli asosida 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekistonda kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solish va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida: 
kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solishning konseptual asoslarini va ishbilarmonlik muhiti rivojining nazariy yondashuvlarini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan hududiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2019 yil 10 dekabrdagi 11/JM-16-19163-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida Namangan viloyatida 1510 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan;  
kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solish va ishbilarmonlik muhiti shakllanishi darajasini baholashni iqtisodiyotdagi bozor infratuzilmasi, inflyasiya, biznesning rentabelligi holati kabi indekslarni joriy etish orqali takomillashtirish asosidagi taklifi Namangan viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2020 yil 8 yanvardagi AG-04/20-04-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatda kichik biznes hamda ishbilarmonlik muhiti holatini baholashda qo‘shimcha omillar hisobga olinib, sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqiladigan iqtisodiy dasturlar aniqlik darajasining oshishiga imkon yaratgan;
mahalliy boshqaruv organlarining hududdagi ishbilarmonlik muhitini muvofiqlashtirish darajasini oshirish orqali bozor infratuzilmasi bilan uyg‘unlashgan holda kichik biznes sub’ektlari faoliyatini tartibga solish samaradorligini ta’minlash taklifi Namangan viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2020 yil 8 yanvardagi AG-04/20-04-son ma’lumotnomasi). Natijada, Namangan viloyatida 83 ta yangi ish o‘rni yaratilib, hududiy kichik biznes sub’ektlari tomonidan yangi bozorlarni o‘zlashtirilishiga erishilgan hamda viloyat tadbirkorlari tomonidan Saudiya Arabistoni va Quvayt davlatlariga oziq-ovqat mahsulotlari eksporti yo‘lga qo‘yilib, 32,2 mln. AQSh dollari hajmida eksport shartnomalari tuzish imkoniyati yaratilgan; 
mamlakatda «virtual muhit»ni kengaytirish yordamida biznes faoliyat infratuzilmasini rivojlantirish orqali raqamli iqtisodiyotning ishbilarmonlik muhiti takomillashuviga ta’sirini faollashtirishga  asoslangan ilmiy-amaliy tavsiyalar Namangan viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2020 yil 8 yanvardagi AG-04/20-04-son, Davlat statistika qo‘mitasining 2019 yil 26 dekabrdagi 01/3-04-18/2-364-son ma’lumotnomalari). Natijada, Namangan viloyati bo‘yicha biznes faoliyat infratuzilmasini kengaytirish hamda ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish orqali qo‘shimcha 2110 ta yangi ish o‘rinlarini yaratishga erishilgan; 
O‘zbekistonda kichik biznes sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot hajmi o‘zgarishining ko‘p omilli modeli asosida 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilganligiga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan mintaqalarni istiqbolli rivojlantirish dasturlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2019 yil 10 dekabrdagi 11/JM-16-19163-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur tashkilotning 2025 yilga qadar istiqbolli rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish