Sayt test rejimida ishlamoqda

Madjidov Abdinabi Amanavichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Quyuqlashtiruvchi polimer kompozisiyalar olish texnologiyasini ishlab chiqish va uni amaliyotda qo‘llash», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1525. 
Ilmiy rahbar: Amonov Muxtar Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Muhamedgaliev Baxtiyor Abdukadirovich, kimyo fanlari doktori, professor; Fayzullaev Normurod Ibodullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kraxmal, karboksimetilsellyuloza va serisin asosida paxta tolali matolarga gul bosish uchun qo‘llaniladigan quyuqlashtiruvchi kompozisiyalar olishning resurs tejamkor texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor paxta tolali matolarga gul bosish uchun tabiiy va sintetik polimerlar-kraxmal (4,0; 5,0; 6,0; %), modifikatorlar Na-KMS - 1.0–4,0%,) va serisin (0,1–0,3%) asosida suvda eruvchan polimer tarkiblar ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan sintetik polimerlarning faol funksional guruhlari va sellyulozaning birlamchi gidroksil guruhlari bilan o‘zaro ta’sirlashish mexanizmi va unga turli omillarning ta’siri aniqlangan;
gul bosilgan mato sirtida yupqa gidrofil elastik plyonka hosil qilishi natijasida ekspulatatsion xossalari yaxshilangan quyuqlashtiruvchi tarkiblar olish usullari aniqlangan;
kraxmal, Na-KMS va serisin asosidagi polimer sistemaning fizik-kimyoviy xossalariga turli omillar ta’siri hamda quyuqlashtiruvchi tarkibiga kiruvchi komponentlarning optimal tarkiblari aniqlangan;
quyuqlashtiruvchi tarkiblarning fizik-mexanik xossalari va gul bosishning asosiy ko‘rsatkichlariga Na-KMS va serisin ta’sirining o‘ziga xosligi aniqlangan;
quyuqlashtiruvchi polimer tarkibning qo‘llanilishi natijasida gul bosilgan matoning fizik-mexanik va koloristik xossalarining sifatini yaxshilanishiga hamda faol bo‘yoqlar bilan gul bosilgan matoning rang intensivligi 65% dan 84% ga oshishi va bir vaqtning o‘zida rangning turli sharoitlarda yuvishga barqarorligi aniqlangan;
kraxmal, Na-KMS va serisin asosida yaratilgan quyuqlashtiruvchi polimer sistemaning termodinamik xususiyatlari aniqlangan;
ishlab chiqilgan quyuqlashtiruvchilar bilan gul bosilgan matolarning ekspluatatsion va struktur-mexanik xossalari aniqlangan hamda paxta tolali matolarga faol bo‘yovchi moddalar bilan gul bosish uchun ularni qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mahalliy xomashyolar asosida quyuqlashtiruvchilar olish va ulardan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar-serisin, kraxmal va Na-KMS asosidagi quyuqlashtiruvchi polimer kompozisiyalar «TSK» MChJ QKda amaliyotga joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2020 yil 21-maydagi 04/18-1379-son ma’lumotnomasi). Natijada, 45,0 g/kg guruch kraxmali, 3,0 g/kg Na-KMS va 2,0 g/kg nisbatdagi serisin asosida olingan quyuqlashtiruvchilar amalda qo‘llanilayotgan al`gin kislota tuzlari asosidagi quyuqlashtiruvchilarning  xususiyatlari bilan mos kelish imkonini bergan;
pillachilik fabrikalari chiqindisi hisoblangan oqsil saqlagan, elimlash qobiliyatiga ega bo‘lgan serisin eritmasi, kraxmal, Na-KMS va Na2CO3 asosidagi quyuqlashtiruvchi polimer kompozisiyalar tarkibi va olish texnologiyasi  «TSK» MChJ QK da amaliyotga joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2020 yil 21-maydagi 04/18-1379-son ma’lumotnomasi). Natijada, matolarning rang intensivligi 2,36 K/S ed., bo‘yoqning matoga singish ko‘rsatkichi 86%, hamda yuvishdagi rang mustahkakmligi 5/4 ballni tashkil etib, amaldagi standartlarga to‘la javob berishi sababli, respublikamizga xorijdan olib kelinayotgan al`ginat, emprint, poluprint, manuteks kabi an’anaviy quyuqlashtiruvchi ingridientlarni to‘liq almashtirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish