Sayt test rejimida ishlamoqda

Bekimbetova Gulnora Maratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korxonalar innovatsion faoliyatini rivojlantirish sharoitida investisiya loyihalarini baholash samaradorligini oshirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1PhD/Iqt577.
Ilmiy rahbar: Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Saidov Rasul Baltabaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Etakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxonalarning innovatsion faoliyatini rivojlantirish sharoitida investisiya loyihalarini baholash samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
korxonalarning innovatsion faoliyatini rivojlantirish, investisiya loyihalarini baholash samaradorligini oshirishda byudjet ssudalari, qarzlar, grantlar, kredit liniyalaridan keng foydalanish hisobiga loyihalar tavakkalchiligining pasayishi asoslangan;
investisiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida korxonada ishlab chiqarilgan yoki etkazib berilgan ma’lum miqdordagi tovarlar (ish, xizmatlar) iste’moli uchun byudjet mablag‘lari asosida investisiya loyihalarini baholash samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan, davlat tomonidan kafolatlangan davlat-xususiy sheriklik mexanizmi taklif qilingan;
korxona ishlab chiqarish jarayonining iqtisodiy samaradorligini oshirish borasidagi innovatsion loyihani manzilli moliyalashtirish orqali investisiya samaradorligini baholash asoslangan; 
«Texnologik chiqindilarni briketlash uchastkasini tashkil qilish» innovatsion loyihasini korxonaning ishlab chiqarish jarayoniga kiritish orqali korxonaning iqtisodiy samaradorligini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Korxonalar innovatsion faoliyatini rivojlantirish sharoitida investisiya loyihalarini baholash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
korxonalarning innovatsion faoliyatini rivojlantirish, investisiya loyihalarini baholash samaradorligini oshirishda byudjet ssudalari, qarzlar, grantlar, kredit liniyalaridan kengroq foydalangan holda loyihalar tavakkalchiligini pasaytirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2019 yil 20 sentyabrdagi 04/1-47-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida, korxonalarda investisiya loyihalarini amalga oshirishda qo‘shimcha moliyalashtirish mexanizmidan foydalanish, investisiya loyihalarining baholash samaradorligini oshirishda tavakkalchilikni pasaytirishga xizmat qilgan; 
investisiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida korxonada ishlab chiqarilgan yoki etkazib berilgan ma’lum miqdordagi tovarlar (ish, xizmatlar) iste’moli uchun byudjet mablag‘lari asosida investisiya loyihalarini baholash samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan, davlat tomonidan kafolatlangan davlat-xususiy sheriklik usuli bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2019 yil 20 sentyabrdagi 04/1-47-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda ishlab chiqarilgan (etkazib berilgan) tovarlar (ish, xizmatlar) kafolatlangan iste’molchisi sifatida davlat byudjet mablag‘lari bilan ishtirok etishiga, korxona investisiya loyihalarini baholash samaradorligini oshirishga erishilgan;
korxona ishlab chiqarish jarayonining iqtisodiy samaradorligini oshirish borasidagi innovatsion loyihani manzilli moliyalashtirish orqali investisiya samaradorligini baholash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatida investisiyalar samaradorligini baholashda foydalanilgan («O‘zmetkombinat» AJning 2019 yil 2 dekabrdagi 01/05-01/02-2149-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida, «O‘zmetkombinat» AJda elektr energiya xarajatlarining 6,7 foiz tejalishiga va korxonaning yillik iqtisodiy samarasi 2,9 mlrd. so‘mga o‘sishiga erishilgan;
«Texnologik chiqindilarni briketlash uchastkasini tashkil qilish» innovatsion loyihasini korxonaning ishlab chiqarish jarayoniga kiritish orqali korxonaning iqtisodiy samaradorligini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatida yangi ish o‘rinlarini yaratishda foydalanilgan («O‘zmetkombinat» AJning 2019 yil 2 dekabrdagi 01/05-01/02-2149-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida, «O‘zmetkombinat» AJning ishlab chiqarish unumdorligi 7,8 foiz o‘sishiga, yillik iqtisodiy samaradorlik 9,4 mlrd. so‘mga o‘sishiga va o‘nta yangi ish o‘rnining yaratilishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish