Sayt test rejimida ishlamoqda

Saipnazarov Sherbek Shaylavbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarini qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini rivojlantirishda moliyaviy injiniringdan foydalanish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Iqt1115.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Farxod Isamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarini qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini rivojlantirishda moliyaviy injiniringdan foydalanish yo‘llarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.    
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklaridagi moliyaviy instrumentlarni kombinatsiyalash yoki dekompozisiyalash orqali yangi ishlab chiqilgan bank mahsulotlarini sotishda “mijozlarning sodiqligi” modelidan foydalanish taklifi asoslangan;
moliyaviy injiniring konsepsiyasi asosida “bank mahsulotlarini raqamlashtirish” orqali yaratilgan innovatsion mahsulotlar hisobiga masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish taklif etilgan;
bank faoliyatini daromadliligini va barqarorligini ta’minlash maqsadida moliyaviy injiniring konsepsiyasining muvozanatlangan kredit portfeli “tavakkalchilik-daromadlilik” dilemmasidan foydalanish taklif etilgan;
bankni qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini rivojlantirishda moliyaviy injiniring konsepsiyasi mahsuloti “yangi g‘oya - yangi mahsulot - yangi xizmat” tizimini joriy etish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tijorat banklarini qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini rivojlantirishda moliyaviy injiniringdan foydalanish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banki moliyaviy injiniring konsepsiyasi mahsuloti “Mijozlarning sodiqligi” modeli asosida mijozlarni bankka keng jalb etish bo‘yicha taklifi “Aloqabank” aksiyadorlik tijorat bankining 2018 yil uchun kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Aloqabank”ning 2020 yil 17 fevraldagi 03/752-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tijorat bankining 2018 yil yakuniga ko‘ra mijozlar soni 382 202 tani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan yuridik shaxslar, YaTT va omonatchilar sonining 13,5 foizga oshishiga erishilgan; 
moliyaviy injiniring konsepsiyasi asosida yaratilgan innovatsiya mahsuloti “Bank mahsulotlarini raqamlashtirish” orqali masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklifi “Aloqabank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan 2018 yildan buyon investision loyihalarni tahlil qilish jarayonida foydalanilmoqda (2020 yil 17 fevraldagi 03/752-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning masofaviy bank xizmatlaridan foydalanuvchilar soni 2018 yilda 5 882 ta yuridik shaxsni tashkil qilib, oldingi yilga nisbatan 938 taga yoki 19 foizga ko‘paygan;
bank faoliyatining daromadliligini va barqarorligini ta’minlash maqsadida moliyaviy injiniring konsepsiyasining muvozanatlangan kredit portfeli “Tavakkalchilik-daromadlilik” dilemmasidan foydalanish bo‘yicha taklifi “Aloqabank” aksiyadorlik tijorat banki hamda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining 2018 yil uchun kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (2020 yil 17 fevraldagi 03/752-son hamda  XAB “Trastbank”ning 2020 yil 6 martdagi 01-33/737-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi orqali 2018 yildagi kredit portfelini diversifikatsiyalash siyosati natijasida tarmoqlar kesimida bitta sohaga berilgan kreditlar miqdori 2017 yilga nisbatan AT “Aloqabank”da 28 foizdan, XAB “Trastbank”da 35 foizdan oshib ketmasligiga erishilgan; 
bankning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini rivojlantirishda moliyaviy injiniring konsepsiyasi mahsuloti “yangi g‘oya-yangi mahsulot-yangi xizmat” tizimini joriy etish taklifidan “Aloqabank” aksiyadorlik tijorat banki hamda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan 2019 yildan buyon investision loyihalarni tahlil qilish jarayonida foydalanilmoqda (2020 yil 17 fevraldagi 03/752-son hamda  XAB “Trastbank”ning 2020 yil 6 martdagi 01-33/737-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qimmatli qog‘ozlar bozorida birlamchi aksiyalarini joylashtirish maqsadida AT “Aloqabank” 2018 yilda 5 334 145 453 ta oddiy aksiya muomalaga chiqarib, ustav kapital hajmi 645,4 mlrd. so‘mga ko‘paygan va 883,9 mlrd. so‘mga etgan, XAB “Trastbank” 2019 yilda 60 000 000 ta oddiy aksiya muomalaga chiqarib, foizli daromadlari hajmi 194,5 mln. so‘mga ko‘paygan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish