Sayt test rejimida ishlamoqda

Davletov Erkaboy Yusubovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik kompetensiyalarni shakllantirish tizimini takomillashtirish», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped187. 
Ilmiy rahbar: Safarova Roxatoy Gaybillaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qosimov Fayzullo Muxamadovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik kompetensiyalarni shakllantirish tizimini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tayanch va fanga oid matematik kompetensiyalarning tarkibiy komponentlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilish (kreativ fikrlash, ma’lumotlarni mustaqil izlab topish, vaziyatlarni tanqidiy baholashga o‘rgatish) va hayotiy (matematik bilimlarni kundalik faoliyatda qo‘llash) ko‘nikmalarning konvergent va divergent tafakkur yuritish jarayonida individuallik tamoyili asosida namoyon bo‘lishining maqbul darajasi kognitivligini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
matematika darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch va hayotiy kompetensiyalarni shakllantirishning didaktik imkoniyatlari intellektual, baholovchilik, mantiqiy fikrlashga undovchi matematik mashq va masalalarni (evristik, modellashtiruvchi, refleksiv) miqdorlarni o‘rgatishda mustaqil ijodkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi mantiqiy topshiriqlarni bajarish jarayonida faol qo‘llash orqali aniqlangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch matematik kompetensiyalarni  tarkib toptirishning ijtimoiy-pedagogik tizimi tadrijiylik va pedagogik qo‘llab-quvvatlashga asoslangan o‘quv materiallarini yirik bloklarga birlashtirish orqali strukturalashtirish, “matematika hayotga” tamoyilining barqaror ustuvorlik kasb etishining pragmatik ko‘rsatkichini hisobga olish asosida takomillashtirilgan; 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch matematik kompetensiyalarni shakllantirish texnologiyasining protsessual komponenti maqsadga intilish, rejalashtirish, tahlil qilish, refleksiyalash, o‘quv-biluv faoliyatini mustaqil baholash bosqichlarida vertikal pedagogikaning nazorat darslarini hamkorlikda o‘qitish jarayoni bilan gorizontal integrallashuvini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik kompetensiyalarni shakllantirish tizimini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida: 
tayanch va fanga oid matematik kompetensiyalarning tarkibiy komponentlarini boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilish va hayotiy ko‘nikmalarning konvergent va divergent tafakkur yuritish jarayonida individuallik tamoyili asosida namoyon bo‘lishining maqbul darajasi kognitivligini hisobga olish asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan boshlang‘ich sinf Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 8 yanvardagi 06-06/4-67-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu takliflar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik savodxonligini shakllantirishga doir o‘quv faoliyati natijalarini samarali belgilab olishga xizmat qilgan; 
matematika darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch va hayotiy kompetensiyalarni shakllantirishning didaktik imkoniyatlari, intellektual, baholovchilik, mantiqiy fikrlashga undovchi matematik mashq va masalalarni mustaqil ijodkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi mantiqiy topshiriqlarni bajarish jarayonida faol qo‘llash, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch matematik kompetensiyalarni tarkib toptirishning ijtimoiy-pedagogik tizimini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan PZ-2014-0903160552 “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida modulli o‘qitish jarayonini texnologik ta’minlash mexanizmlari” (2015-2017 yy.) mavzusidagi amaliy loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 oktyabrdagi 89-03-3680-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axborotlar bilan ishlash, mantiqiy fikrlash, kreativ faollik, hayotiy vaziyatlarga moslashuvchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tayanch matematik kompetensiyalarni shakllantirish texnologiyasi protsessual komponentining maqsadga intilish, rejalashtirish, tahlil qilish, refleksiyalash, o‘quv-biluv faoliyatini mustaqil baholash bosqichlarida vertikal pedagogikaning nazorat darslarini hamkorlikda o‘qitish jarayoni bilan gorizontal integrallashuvini ta’minlashga doir taklif va tavsiyalardan PZ-2014-0910185149 “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” (2015-2017 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 oktyabrdagi 89-03-3680-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu takliflar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik kompetensiyalarni shakllantirish texnologiyasini qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish