Sayt test rejimida ishlamoqda

Kurganov Sardarxodja Karimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek populyasiyasida Y–xromosoma mikrosatellit lokuslariga xos bo‘lgan o‘zgaruvchanliklarni aniqlash», 03.00.03 – Molekulyar biologiya. Molekulyar genetika. Molekulyar biotexnologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/V265. 
Ilmiy rahbar: Muxamedov Rustam Sultanovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika sud ekspertizasi markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Buriev Zabardast Tojiboevich, biologiya fanlari doktori; Turdikulova Shaxloxon Utkurovna, biologiya fanlari doktori, professor. 
Etakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek populyasiyasida Y–xromosoma mikrosatellit lokuslariga xos bo‘lgan o‘zgaruvchanliklarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘zbek populyasiyasida to‘la qamrovli Y–xromosoma mikrosatellit 17 ta (DYS389I, DYS389II, DYS390, DYS456, DYS19, DYS385a, DYS385b, DYS458, DYS437, DYS438, DYS448, GATA_H4, DYS391, DYS392, DYS393, DYS439 va DYS635) polimorf lokuslarining xilma-xilligi aniqlangan;
ilk bor o‘zbek populyasiyasida Y–xromosoma mikrosatellit 17 ta (DYS389I, DYS389II, DYS390, DYS456, DYS19, DYS385a, DYS385b, DYS458, DYS437, DYS438, DYS448, GATA_H4, DYS391, DYS392, DYS393, DYS439 va DYS635) polimorf lokuslaridagi avlodlar orasida yuzaga kelgan o‘zgaruvchanliklarni ota-o‘g‘il, buva-ota-o‘g‘il-amakivacha hamda ota avlodi katta bo‘lgan oila (nevara, o‘g‘il, ota, buva, bobo va h.) vakillarida aniqlangan;
ilk bor Y–xromosoma mikrosatellit polimorf markerlaridagi genetik xilma-xilliklari asosida etnogenetik va etnik kelib chiqishni aniqlashning bioinformatik baholash tizimi ishlab chiqilgan.
respublikada yashaydigan erkaklar Y–xromosoma mikrosatellit polimorf markerlaridagi genetik xilma-xilligi va o‘zgaruvchanlik ehtimolliklarini sud-genetik ekspertiza amaliyotidagi biologik ota avlodi bo‘yicha qarindoshliligini aniqlashda statistik baholash tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbek populyasiyasida Y–xromosoma mikrosatellit lokuslariga xos bo‘lgan o‘zgaruvchanliklarni aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Y–xromosoma mikrosatellit polimorf lokuslaridagi genetik xilma-xillik hamda o‘zgaruvchanliklarni inobatga olib, etnogenetik va etnik kelib chiqishni aniqlash usuli» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 28 fevraldagi 8n-d/38-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tibbiy-genetik hamda sud-genetik ekspertizasi tadqiqotlari jarayonida olingan natijalarni aniqlik darajasini oshirib, holatlar bo‘yicha shakllantirilgan xulosalarni ishonchlilik darajasini ko‘tarishga xizmat qilgan;
o‘zbek populyasiyasida Y–xromosoma mikrosatellit lokuslariga xos bo‘lgan o‘zgaruvchanliklarni aniqlash bo‘yicha olingan olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi hamda Respublika gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 8 oktyabrdagi 8n-z/124-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek populyasiyasida Y–xromosoma mikrosatellit lokuslariga xos bo‘lgan o‘zgaruvchanliklarni aniqlash, etnik kelib chiqishni aniqlashda molekulyar-genetik usullarni takomillashtirish, sud-biologik ekspertizasi laboratoriyalarida sud-genetik ekspertiza amaliyotidagi tadqiqotlar aniqligini oshirish hamda metodik bazasini boyitish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish