Akramov Abdumalik Abdumutalovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishning tashkiliy-metodik asoslarini takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /LA № 0000105/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Ped51.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti, 14.07.2016.Ped/R.04.01.

Ilmiy maslahatchi: Inoyatov Ulug‘bek Il`yasovich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Rasmiy opponentlar: Qurbonov Shavkat Ergashevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Axmedova Laylo Talibjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak o‘qituvchilarning fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishning tashkiliy-metodik asoslarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

bo‘lajak o‘qituvchilarda fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishga doir umummadaniy, metodik, umumkasbiy kompetensiyalarning integrativ, tashkiliy, diagnostik funksiyalari va ijtimoiy-amaliy komponenti takomillashtirilgan;

bo‘lajak o‘qituvchilarda fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishda dinamik o‘zgarishlarning samaradorligini aniqlash va baholashning kognitiv mezonini ijtimoiy ahamiyatning anglanganligi, xulq-atvor va natijaviy mezonlarning sifatlarni shakllanganligini tashxis etishga doir ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan;

bo‘lajak o‘qituvchilarda fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishga doir tarbiyaviy ishlarni loyihalashtirish bosqichining kutiladigan natijaning kafolatlanishi hamda rejalashtirish bosqichining professor-o‘qituvchi va talabalarning hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish komponentlari takomillashtirilgan;

bo‘lajak o‘qituvchilarda fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishga doir tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish jarayoni oliy ta’lim muassasalari va ijtimoiy institutlar faoliyatini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;

ijtimoiy muhit ta’siri hamda bo‘lajak o‘qituvchilarning qiziqish va ehtiyojlarining aloqadorligini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-integratsion model` asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari  asosida:

bo‘lajak o‘qituvchilarda fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishga  doir tayanch, fanlararo va xususiy kompetensiyalar tizimi 5111600–Milliy  g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining davlat ta’lim standarti («O‘zstandart» agentligining 2014 yil 18 sentyabrdagi 4574-sonli qarori bilan tasdiqlanib, 36.1365-son raqami bilan Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) mazmuniga singdirilgan. Natijada ijtimoiy, fuqarolik, huquqiy, ma’naviy-axloqiy hamda fuqarolik tarbiyasining mazmun-mohiyati takomillashtirilib, mazkur maqsadga yo‘naltirilgan tarbiyaviy jarayonlarni tashkil etishning shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning fuqarolik pozisiyasini rivojlantirish samaradorligini oshirish imkonini bergan;

bo‘lajak o‘qituvchilarda fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishda dinamik o‘zgarishlarni aniqlash va baholash mezonlariga doir takliflar asosida maxsus metodikalar majmui ishlab chiqilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 18 iyuldagi 01-02\\1-3-228-son ma’lumotnomasi). Metodikaning joriy etilishi bo‘lajak o‘qituvchilarda fuqarolik pozisiyasini rivojlanganligini tashxis etish va korreksiyalashga doir treninglar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;

yoshlarda fuqarolik pozisiyasini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonunining 5-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016 yil 15 oktyabrdagi 01-02\\1-118-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar asosida yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga egaligini tarkib toptirish kabi ustuvor yo‘nalishlar aniqlashtirilgan;

milliy qadriyat va an’analar ruhida yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy fuqarolik pozisiyasi, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega bo‘lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish  borasidagi takliflar «O‘zbekiston Respublikasida 2015 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora tadbirlar Dasturi» ning ijrosini ta’minlash bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligining Dasturi (Xalq ta’limi vazirligining 2015 yil 8 apreldagi 108-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan) hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yilligiga bag‘ishlab «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan «Biz – buyuk yurt farzandlarimiz!» shiori ostida o‘tkaziladigan yoshlar festivallari hamda «Kamolot» targ‘ibot loyihasi konsepsiyasi mazmuniga singdirilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2016 yil 19 maydagi 01-2/2-8 -162-son ma’lumotnomasi).

bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularda fuqarolik mas’uliyati, fuqarolik pozisiyasi, huquqiy savodxonlik hamda  huquqiy  madaniyatini rivojlantirishning takomillashtirilgan pedagogik mexanizmi «Kamolot YoIH faoliyatiga tatbiq etilgan («Kamolot» YoIH Markaziy Kengashining 2016 yil 20 sentyabrdagi 01-02/1-3-8-son ma’lumotnomasi). Mazkur mexanizm asosida talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini, fuqarolik mas’uliyatini oshirishda, shuningdek ulardagi fuqarolik pozisiyasini rivojlantirishda  «Kamolot» YoIH va  oliy ta’lim muassasalari hamkorligining samarali shakllarini amaliyotga joriy etish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish