Sayt test rejimida ishlamoqda

Eminov Afzal Ashrapovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori glinozyomli noorganik xomashyo resurslari asosida maydalovchi jismlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T643. 
Ilmiy rahbar: Iskandarova Mastura Iskandarovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Maksudbek Jabbievich, texnika fanlari doktori, professor; Yunusov Mirdjalil Yusupovich, texnika fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo va ikkilamchi resurslar asosida past haroratda pishadigan maydalovchi jismlar tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maydalovchi jismlar olish uchun yuqori glinozemli massaning import o‘rnini bosuvchi tarkiblarini ishlab chiqishda  kaolin, glinozem tarkibli chiqindilardan suyuqlantiruvchi qo‘shimchalar bilan birgalikda foydalanish imkoniyatlari asoslangan; 
1000–1400oS harorat oraligida ishlab chiqilgan tajriba massalarining pishishdagi yuqori haroratdagi fizik-kimyoviy jarayonlar va mullit, korund, anortit va kristobalit kristall fazalarini hosil qilib fazaviy o‘tishlari aniqlangan;
yuqori glinozemli material namunalarining asosiy fizik-kimyoviy, texnologik va ekspluatatsiya xususiyatlarini omuxta komponent tarkibiga bog‘liq ravishda funksional o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan;
maydalovchi jismlar olish uchun maqbul sharoitlar, pishirishning texnologik rejimlari va yuqori glinozemli massaning fraksiya tarkiblari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mahalliy xomashyo va ikkilamchi resurslardan foydalanib, maydalovchi jismlar tarkiblarini va ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kaolin, glinozemtarkibli gazni qayta ishlashdagi chiqindi, tegishli mineral qo‘shimchalar bilan birga ishlab chiqilgan yuqori glinozemli massa tarkibi «Bekabod-ogneupor» QKning «2021–2022 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Bekabod-ogneupor» QKning 2020 yil 25 martdagi 59-son ma’lumotnomasi). Natijada, chetdan keltirilganga nisbatan 3,5 marta arzon maydalovchi jism ishlab chiqish imkonini beradi;
mahalliy xomashyo komponentlari asosida yuqori glinozemli maydalovchi jism olish texnologiyasi Bekabod-ogneupor» QKning «2021–2022 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Bekabod-ogneupor» QKning 2020 yil 25 martdagi 59-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaldagi standart talablarga javob beruvchi, import o‘rnini bosuvchi mahsulot olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish