Sayt test rejimida ishlamoqda

Qahharov Abduraxim Abdubannaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanini o‘qitishda talabalar fazoviy tasavvurini mul`timediali kompyuter texnologiyalari asosida rivojlantirish», 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (chizma geometriya va muhandislik grafikasi) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped963.
Ilmiy rahbar: Kuchkarova Dilarom Fayzullaevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc. 13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Zaynidinov Xakimjon Nasridinovich, texnika fanlari doktori, professor; Saydaliev Saidkarim Saydnabievich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalaridagi “Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” fanini o‘qitishda mul`timediali kompyuter texnologiyalari asosida talabalar fazoviy tasavvurini rivojlantirish hamda ta’lim samaradorligini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chizma geometriya va muhandislik grafikasi asoslarini o‘qitish, uzviyligini ta’minlash konseptual modelining mazmunli-jarayonli komponenti bo‘lgan grafik tafakkurni rivojlantirish, ta’rif, teorema, chizmalarni o‘qish, tasavvur qonuniyati hamda asoslangan tasvirlarni o‘qish kompetensiyalarini o‘rgatuvchi, nazorat qiluvchi, bilimlarini oshiruvchi elementlarini integratsiyalashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘rgatuvchi-intelektual kompyuter o‘yinlari, nazorat qiluvchi-darajali topshiriqlar va tashxislovchi-virtual detal` modellar to‘plami ta’limning  refleksiv, intensiv o‘zlashtirish usullarida ijobiy va salbiy omillari ta’sirini tizimlashtirish asosida talabalarning fazoviy tasavvuri rivojlantirilgan;
virtual-ta’lim muhiti sharoitida talabalar fazoviy tasavvurini rivojlantiruvchi mul`timediali elektron darslikni ishlab chiqishda aksiologik, ko‘rgazmalilik, illyustrativlik, vizual indikatorli talablarga animatsiyalashtirishdagi ketma-ket bajarish algoritimini avtomatik, mexanik  tartiblarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
talabalar fazoviy tasavvuri rivojlanishini uzluksiz nazorat qilish, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini qayta ishlash, natijalarni tahlil qilishning metodik mezonlarini belgilovchi avtomatlashtirilgan nostandart testlar va grafik topshiriqlar tabaqalashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” fanini mul`timediali kompyuter texnologiya o‘qitish vositasida talabalarda fazoviy tasavvurni rivojlantirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash jarayoni samaradorligini oshirishga oid bilimlar, tavsiyalar hamda ko‘nikmalar “Chizma geometriya (qisqa kurs)” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-024-sonli guvohnomasi). Natijada, mazkur o‘quv fanidan tayyorlanadigan bo‘lajak muhandislarning fazoviy tasavvurini, fanga oid bilimlarini rivojlantirish, kasbga yo‘naltirilgan ta’limning samaradorligini oshirish hamda ta’lim jarayonining metodik ta’minotini takomillashtirish imkonini bergan;
chizma geometriya va muhandislik grafikasi asoslarini o‘qitish, uzviyligini ta’minlash konseptual modelining mazmunli-jarayonli komponenti grafik tafakkurni rivojlantirish, ta’rif, teorema, chizmalarni o‘qish, tasavvur qonuniyati, asoslangan tasvirlarni o‘qish kompetensiyalarini o‘rgatuvchi, nazorat qiluvchi, bilimlarini oshiruvchi elementlarini   integratsiyalashtirish hamda virtual-ta’lim muhiti sharoitida talabalar fazoviy tasavvurini rivojlantiruvchi mul`timediali elektron darslikni ishlab chiqishda aksiologik, ko‘rgazmalilik, illyustrativlik, vizual indikatorli talablarga animatsiyalashtirishdagi ketma-ket bajarish algoritimini avtomatik, mexanik tartiblarini kiritish asosida ta’lim samaradorligini oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 15 iyuldagi 89-03-2768-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur o‘quv fanidan bo‘lajak mutaxassislarda fazoviy tasavvurni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning vaqtini tejash, talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishlari va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini hamda grafik savodxonligini oshirish imkonini bergan;
o‘rgatuvchi-intelektual kompyuter o‘yinlari, nazorat qiluvchi-darajali topshiriqlar va tashxislovchi-virtual detal` modellar to‘plami ta’limning refleksiv, intensiv o‘zlashtirish usullarida ijobiy va salbiy omillari ta’sirini tizimlashtirish asosida talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish hamda uzluksiz nazorat qilish, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini qayta ishlash, natijalarni tahlil qilishning metodik mezonlarini belgilovchi avtomatlashtirilgan nostandart testlar va grafik topshiriqlarni tabaqalashtirish ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 15 iyuldagi 89-03-2768-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur o‘quv fanidan tayyorlanadigan bo‘lajak muhandislarning fazoviy tasavvurini hamda professor-o‘qituvchilarning vaqtini tejash, talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishlari va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish