Zakirova Gulnora Voxid qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston matbuotida xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligi masalalarining yoritilishi (bosma va internet nashrlarining 2014-2020 y.y.materiallari misolida)», 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil1011.
Ilmiy rahbar: Mamatova Yakutxon Muxammadjanovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01
Rasmiy opponentlar: Teshabaeva Dilfuza Muminovna, filologiya fanlari doktori; O‘sarov Olimjon Avalbaevich, filologiya fanlari nomzodi dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdah nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston bosma va internet nashrlarida 2014-2020 yillarda xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligi masalalarining yoritilishidagi yondashuv, tamoyil, shakl va usullarni tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligining huquqiy evolyusiyasining to‘rt bosqichi aniqlandi, xotin-qizlarga oid davlat siyosatini hayotga tatbiq etishda matbuotning ijtimoiy-siyosiy institut sifatidagi imkoniyatlari nazariy jihatdan asoslangan;
O‘zbekiston xotin-qizlari ijtimoiy-siyosiy faolligi masalalarining milliy bosma va internet OAVda yoritilishining tamoyillari, me’yorlari, janrlari, ilmiy-ijodiy usullari, gender munosabatlariga doir matbuot leksikasining xususiyatlari, turli funksional uslublarining qorishuvi ilk marotaba aniqlandi va gender mavzusini yoritishda jurnalist mahorati bilan birga axloqiy tamoyillarga rioya etish zarurligi dalillangan;
CEDAW Konvensiyasini O‘zbekistonda ijro etish, xususan ayollarga nisbatan barcha ko‘rinishdagi kamsitish va zo‘ravonliklarni bartaraf etish masalasi yoritilgan matbuotda materiallarida muallifning mantiqiy fikrlashi va hissiyotlarida nomutanosibliklar mavjudligi, fakt va uning talqinini farqlay olmaslik holatlari aniqlandi, xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha berilgan matbuot chiqishlarida esa huquqiy, tashkiliy, moliyaviy va ma’naviy omillarning muhimligi asoslangan;
matbuotda ayollar obrazini yaratishdagi mavjud qoliplar aniqlandi, ularni bartaraf etishda jurnalistning gender madaniyati, auditoriyaning gender borasidagi ta’lim-tarbiyasini, matbuot materiallarning shakl va usullarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etishi asoslangan;
mavzuni yoritishda jurnalist mahorati va kasbiy odob-axloqi samaradorlikka erishishdagi muhim omillar ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston matbuotida xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligi masalalarining yoritilishi bo‘yicha olingan xulosa, taklif va tavsiyalar asosida:
CEDAW Konvensiyasining ijrosi, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish, ular o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish jarayonlarini yoritish yuzasidan olingan ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha lavozim yo‘riqnomasiga qo‘shimcha mezonlar ishlab chiqishda, tashkilot tomonidan o‘tkazilgan qator ilmiy-amaliy anjumanlarda xotin-qizlar mavzusini yorituvchi jurnalistlar salohiyatini oshirishga qaratilgan yangi kasbiy ko‘nikmalar hosil qilish bo‘yicha tavsiyalar shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasining 2019 yil 10 yanvar` 02/56-20 raqamli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar jurnalistlarda ushbu dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha OAVda maqolalar chop etishga qaratilgan yangi amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishga xizmat qilgan.
Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligi mavzusini yoritishning tamoyillari, me’yorlari, ilmiy-ijodiy usullari yuzasidan olingan ilmiy natijalardan “Saodat” jurnali tahririyatining auditoriya bilan ishlash ko‘lamini kengaytirishda va sifatini oshirishda, jumladan nashrning dizayni, rang siyosatini gender indikatorlar asosida qayta ko‘rib chiqish va yangilashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi “Saodat” jurnali tahririyatining bu to‘g‘ridagi 2019 yil 17 dekabrdagi 146-raqamli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar ayollarning ilm-fan soxasidagi rolini ko‘rsatish, ular uchun joriy qilingan imkoniyatlarni tizimli tahlil qilib borish uchun “Innovatsiya – bu kelajak”, “Imtiyoz va imkoniyat” kabi yangi ruknlar joriy qilinishiga xizmat qilgan.
O‘zbekiston xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolliginining huquqiy evolyusiyasi, tegishli qonunchilikni takomillashuvini yoritish yuzasidan olingan ilmiy natijalardan “Yoshlar Ovozi” gazetasining istiqbolli rejasini ishlab chiqishda, tahririyatning qizlar ijodiy va intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan media loyihalarini amalga oshirishda, savol-javob, mutaxassislar maslahati kabi vositalarni keng qo‘llashni yo‘lga qo‘yishda foydalanilgan. (“Yoshlar Ovozi”-“Molodej` Uzbekistana” gazetalari birlashgan tahririyatining 2019 yil 12 dekabrdagi 19/107-raqamli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar gazeta dizayni va shrift siyosatini qayta ko‘rib chiqishga, xotin-qizlar mavzusini yoritishda sarlavhalar sifatini yaxshilashga, tahririyatning auditoriya bilan interfaol aloqalari doirasini kengaytirishga, qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish mavzusi bo‘yicha maqolalar soni ko‘payishiga xizmat qilgan.
Matbuotda ayollar obrazini yaratishdagi qoliplar, ularni bartaraf etishda jurnalistning gender madaniyati, auditoriyaning gender borasidagi ta’lim-tarbiyasi hamda matbuot materiallari shakl va usullarini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining ayollarga nisbatan oilada, ishxonada yuzaga kelayotgan zo‘ravonlikka qarshi kurashishdagi faoliyatini keng targ‘ib qilish bo‘yicha OAV bilan hamkorlik rejalarini, ushbu markazning Axborot xizmati faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishda, OAV muharrirlari va jurnalistlari bilan ochiq muloqotlarni tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazining” 2020 yil 4 fevraldagi 01-11/132 raqamli dalolatnomasi). Ilmiy natijalar ushbu markazning turli kshhrinishdagi zshhravonlikka va tahqirlanishga uchragan xotin-qizlarning reabilitatsiyasiga doir faoliyatini keng targ‘ib etish uchun OAV bilan hamkorlik yo‘nalishlari va shakllarini belgilab chiqishga xizmat qilgan
Xotin-qizlar mavzusini yoritishda samaradorlikning muhim omillari hisoblangan jurnalist mahorati va uning kasbiy odob-axloqi yuzasidan olingan ilmiy natijalardan Respublika Milliy Matbuot markazi axborot xizmati va OAV xodimlari uchun yo‘riqnoma ishlab chiqishda, tashkilot tomonidan ushbu yo‘nalishda hududlardagi OAV va jurnalistlar salohiyatini oshirishga bag‘ishlangan matbuot anjumanlarini o‘tkazishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy matbuot markazining 2020 yil 10 yanvardagi 01/05-raqamli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar xotin-qizlar masalasini samarali yoritish bo‘yicha jurnalistlarning kasbiy mahorati oshishiga va mavzuni talqin etishda yangi yondashuvlarni qo‘llashga xizmat qilgan.