Shadmanova Nargiza Abitovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kasalxona ichki infeksiyalari muammoli bakterial patogenlari: ularning biologiyasi va antimikrob dori vositalariga turg‘unligi», 03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib21. 
Ilmiy maslahatchi: Isxakova Xalida Il`xamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01. 
Rasmiy opponentlar: Nuruzova Zuxra Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Eshboev Egamberdi Xusanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nuritdinova Nozima Ramizovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kasalxona ichki infeksiyasi muammoli bakterial patogenlarining biologiyasi va antimikrob dori vositalariga turg‘unligini baholash, ularni identifikatsiya qilish usullarini optimizatsiyalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
metisillinrezistent S.aureus shtammlari metisillinsezgir shtammlariga nisbatan plazmakoagulaza, gialurinindaza, gemoliz jihatidan ustunligi asoslangan;
kasalxona ichki infeksiyalari etiologiyasida grammanfiy mikroorganizmlar orasida K. rneumoniae yetakchi o‘rin egallashi asoslangan;
kasalxona ichki infeksiyalariga kiruvchi grammanfiy bakteriyalarning (enterobakteriyalar va P.aeruginosa) zamonaviy antibiotiklarga sezuvchanligi pasayishi isbotlangan;
polirezistent K.pneumoniae keng spektrdagi beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlari A 2bc guruxi, P.aeruginosa metall-beta-laktamaza ishlab chiqaruvchilari esa V guruxiga tegishliligi isbotlangan;
ilk bor mahalliy grammanfiy polirezistent kasalxona shtammlari metall-beta-laktamaza (VIM, IMP-1, NDM-1) va karbapenemaza fermentlari ishlab chiqishiga javobgar turg‘unlik genlari kombinatsiyalariga egaligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kasalxona ichki infeksiyasi muammoli bakterial patogenlari: ularning biologiyasi va antibiotiklarga turg‘unligi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Enterobakteriyalar klassifikatsiyasi, ekologiyasi va differensial tashxisi» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 10 oktyabrdagi 8N-z/23 ma’lumotnomasi). Uslubiy tavsiyanomaning yaratilishi borasida joriy etilgan natijalar kasalxona ichki infeksiyasi epidemiologik nazoratini to‘g‘ri yo‘naltirishga, hamda mikrobiologik tekshiruvning turli bosqichlarida tezkor natijalar olishga yordam bergan;
«Zamonaviy kasalxona ichki infeksiyalarining mikrobiologik va epidemiologik jihatlari» uslubiy tavsiyanoma (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 10 oktyabrdagi 8N-z/23 ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma kasalxona ichki infeksiyasi epidemiologik nazoratini zamonaviy talablar doirasida tashkil etish, hamda mikrobiologik laboratoriya tekshiruvi sohasida tibbiy ahamiyatga ega patogenlarning tezkor tashxisini tashkil qilishga ko‘maklashgan;
«Antibiotiklarga keng tarqalgan turg‘unlik mexanizmlarini stafilakokklarda fenotipik aniqlash uchun skrining-usul» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 10 oktyabrdagi 8N-z/23 ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tavsiyanoma stafilokokklarning antibiotiklarga keng tarqalgan turug‘unlik mexanizmlarini fenotipik aniqlash va antimikrob davolash vositalarini to‘g‘ri tanlash imkonini bergan;
«Enterokokklarning klassifikatsiyasi, ekologiyasi va differensial tashxisi» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 10 oktyabrdagi 8N-z/23 ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma grammusbat va talabchan bo‘lmagan patogenlar tekshiruvi tezkor usullarini qo‘llash imkonini bergan;
«Disko-diffuzion usul yordamida talabchan bo‘lmagan mikroorganizmlarning antimikrob dori vostalariga sezgirligini aniqlash» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 10 oktyabrdagi 8N-z/23 ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma mikrobiologik laboratoriya amaliy ish jarayonida kasalxona ichki infeksiyalari qo‘zg‘atuvchilarga qarshi davolash strategiyasi va taktikasi ishlab chiqish, hamda shu borada o‘zgartirishlar kiritishga imkon bergan;
«Baliqda, baliqsiz maxsulot ob’ektlarida, baliqdan ishlab chiqariladigan mahsulotlarda, ochiq suv xavzalari tarkibida va boshqa ob’ektlarda paragemolitik vibrionlarni topish va aniqlash usullari» uslubiy ko‘rsatma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 10 oktyabrdagi 8N-z/23 ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy ko‘rsatma Vibrio avlodiga mansub bo‘lgan Plesiomonas shigeloides ning o‘tkir ichak infeksiyasi va bir qator inson organizmi infeksion patologiyalari qo‘zg‘atuvchisi hamda tibbiyotda o‘rni ortib borayotganini aniqlash imkoniyatini yaratgan;
kasalxona ichki infeksiyasi muammoli bakterial patogenlari: ularning biologiyasi va antimikrob dori vositalariga turg‘unligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli kasalliklar ilmiy tadqiqot instituti va Respublika Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi bakteriologik xizmati hamda barcha viloyatlardagi bakteriologik laboratoriyalari va davolash-profilaktika muassasalariga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 10 oktyabrdagi 8N-z/23 ma’lumotnomasi). Indikator testlarni bakteriologlar amaliyotida qo‘llash laboratoriya taxlillarida (18,8 marotabagacha) yuqori iqtisodiy samara beradi, javobni 18-24 soat o‘rniga 6-8 soatga sezilarli tezlashtiradi, xodimlar ish vaqtini tejaydi, transportirovka va saqlash uchun qulaylik yaratish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish