Bozorova Maxzuna Alijon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi aqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Odam savdosiga qarshi kurash masalalarining matbuotda yoritilishi: yondashuv, to‘qnashuv va echimlar (O‘zR va RF bosma nashrlari materiallari misolida)», 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil913.
Ilmiy rahbar: Mamatova Yakutxon Muxamadjonovna, filologiya fanlari doktori, professor v.b.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Muxtor, filologiya fanlari doktori; Babadjanova Gulnara Nadjimovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Odam savdosiga qarshi kurash masalalarining milliy va Rossiya matbuotida yoritilishida yondashuvlar, shakl va usullarni o‘rganish, to‘qnashuv va ularning echimini aniqlash. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy va xorijiy tadqiqotlarda hanuzgacha «odam savdosi» ta’rifining to‘liq tavsifi ishlab chiqilmaganligi aniqlangan, ilk marotaba ushbu atamaning OAV faoliyatiga mos talqini nazariy jihatdan asoslangan;
O‘zbekiston OAVning odam savdosini aniqlash va uning oldini olishdagi o‘rni va 14ta vazifasi nazariy asoslanib, amaliyotda O‘zbekiston matbuoti odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha davlat chora-tadbirlarining faol translyatori sifatida namoyon bo‘layotgani isbotlangan;
odam savdosi mavzusini yoritish bo‘yicha O‘zR va RF OAVning faoliyati uchta nazariy bazisda - kun tartibini shakllantirish, freyming va al`terkasting asosida amalga oshirilayotganligi isbotlangan; 
traffiking mavzusi bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya matbuotining qiyosiy tahlili natijasida muammoning ikki mamlakat bosma nashrlarida yoritilish dinamikasi ko‘rsatilib, jurnalistlarning ushbu mavzuga bo‘lgan qiziqishi, ayniqsa, so‘nggi uch yilda oshayotgani asoslangan;
odam savdosiga oid matbuot materiallarida gender asimmetriyasi asosan xotin-qizlarni tahqirlangan va zaif holatlarini bo‘rttirib yoritishda, ushbu hodisalarga baxo berishda jurnalistlar viktimbleymingga yo‘l qo‘yayotganida namoyon bo‘lishi, buning natijasida, jamoatchilik ongida gender qoliplarining ildiz otishi dalillangan;
jurnalist surishtiruvi odam savdosiga qarshi kurashishda OAV vositasida jamoatchilik nazoratini o‘rnatishning samarali vositasi ekanligi, jurnalist ijodiy faoliyatining ushbu yo‘nalishi turli traffiking holatlari o‘rtasidagi ichki sabab-oqibat munosabatlarini jamoatchilikka ko‘rgazmali tarzda ochib berishi isbotlangan;
leksik birliklar nashrlarning ohangini belgilashi, invariant xususiyatlar, jumladan qadriyatlar ko‘lami, baholash, mafkura va muallif obrazi auditoriya ongiga aksariyat hollarda yashirin ta’sir o‘tkazayotgani va tahliliy materiallarda namoyon bo‘layotgani asoslangan; 
jurnalist faoliyatining axloqiy-huquqiy jihatlarini tadqiq qilish asosida ushbu mavzuda qalam tebratuvchi OAV xodimlari uchun sud reportyorlarining Milliy xartiyasini ishlab chiqish zaruriyati aniqlangan va uning asosini 13 muhim tamoyil tashkil etishi dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Odam savdosiga qarshi kurash masalalarini matbuotda yoritishda yondashuvlar, ziddiyatlarni tadqiq qilish bo‘yicha olingan xulosa, taklif va tavsiyalar asosida:
Odam savdosiga qarshi kurashish mavzusini yoritishda jurnalist mahorati, muallif pozisiyasi, xolislik, bag‘rikenglik, ko‘pfikrlilik tamoyillarining ishlashi masalalari yuzasidan olingan ilmiy natijalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O’zbekiston» telekanali orqali 2019 yilning aprel`, iyun` va iyul` oylarida efirga uzatilgan «Girdob» teledasturi turkum ko‘rsatuvlarining konsepsiyasi, ssenariylari, infografik material, kadr orti matnlari ishlab chiqilgan («O’zbekiston» telekanalining 2020 yil 6 iyuldagi 01-40-718-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar jurnalistlar uchun odam savdosiga oid lokal doiradagi ma’lumotlarning berib borilishi, auditoriyaning bilim darajasini oshiruvchi nazariy-metodologik axborotlarga urg‘u qaratilishi, jabrdiydalar bilan interv`yu olib borishda etik tartib-qoidalarga rioya etilishi kabi kasbiy indikatorlarni yaratish imkonini bergan.
Traffikingga qarshi kurashish sohasida milliy qonunchilikning rivojlanish tendensiyalariga oid ilmiy natijalardan, ushbu mavzuning O‘zbekiston bosma nashrlarida yoritilishining asosiy jihatlari yuzasidan dissertatsiyaning amaliy qismida keltirilgan xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O’zbekiston» telekanali orqali 2019 yil 31 iyul kunida efirga uzatilgan «Sharh +» teledasturining kontenti sifatini oshirishda foydalanilgan («O’zbekiston» telekanalining 2020 yil 6 iyuldagi 01-40-718-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar bo‘yicha ishlab chiqilgan mezonlar jurnalistlarning odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bilan shug‘ullanuvchi davlat idoralari vakillari bilan muloqot shakli o‘zgartirilishi va o‘rganilayotgan muammoni yorituvchi jurnalistlar faoliyatidagi yutuq va kamchiliklar to‘g‘risida xolis ma’lumotlar taqdim etilishiga xizmat qilgan.
Gazeta va jurnallarda chop etilgan materiallarning shakli, janri, muallif obrazi, til va uslub imkoniyatlari, ularning auditoriyaga ta’siri, mavzuni yoritishda jurnalistlarning huquqiy va ahloqiy mas’uliyati yuzasidan olingan ilmiy natijalardan O‘zbekiston milliy matbuot markazi tomonidan odam savdosi mavzusini yoritishda OAV va jurnalistlarning salohiyatini oshirish bo‘yicha matbuot anjumanlari va brifinglar materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy matbuot markazining 2020 yil 9 iyuldagi 01/68-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar bu mavzu bo‘yicha faoliyat olib borayotgan jurnalistlarning amaliy kasbiy malakasini oshirishga hamda tahliliy materiallar tayyorlashga yordam bergan.
Jurnalist surishtiruvi odam savdosiga qarshi kurashishda samarali vosita ekanligi, leksik birliklar nashrlarning ohangini belgilab berishi, invariant xususiyatlar odam savdosiga oid matnlar uslubida muhim rol o‘ynashi yuzasidan olingan ilmiy natijalardan Respublika «Istiqbolli avlod» ijtimoiy-axborot markazining OAV bilan hamkorligining uzoq muddatli rejasini, matbuot xizmatining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishda, hududlarda tadbirlar doirasida OAV va jurnalistlarning mavzuni malakali yoritish bo‘yicha salohiyatini oshirishga qaratilgan seminar-trening va konferensiyalarni tashkil qilishda foydalanilgan (Respublika «Istiqbolli avlod» IAMning 2020 yil 29 iyundagi 248 out/IA-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar odam savdosiga qarshi kurashish mavzusini samarali yoritish bo‘yicha jurnalistlarda amaliy ko‘nikmalar shakllanishiga xizmat qilgan.
Matbuot materiallaridagi gender asimmetriyasi va qoliplar yuzasidan olingan ilmiy natijalar va xulosalar YuNESKOning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi tomonidan nashr etilgan «OAV, huquqiy tartib, xavfsizlik: O‘zbekistonda demokratiyaga xizmat qilish» o‘quv qo‘llanmasini yaratishda qo‘llanilgan. Ilmiy natijalar «Matbuot ob’ektivida korrupsiya, jinoiy va boshqa jinoyatlarga qarshi kurashish masalalari» bobi odam savdosiga doir bandining ilmiy asoslangan ma’lumotlar bilan boyitilishiga xizmat qilgan.
Odam savdosi muammosining O‘zbekiston matbuotida yoritilishining ustuvor yo‘nalishlari, ruknlar tizimi va mavzular ko‘lami yuzasidan tadqiqotning amaliy qismida keltirilgan ilmiy natijalar va xulosalar «Hurriyat» gazetasi sifatini yaxshilashda qo‘llanilgan («Hurriyat» gazetasining 2020 yil 25 iyundagi 46-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalar sarlavhalar dizaynidagi shrift siyosati qayta ko‘rib chiqilishi, auditoriya bilan interfaol aloqalar doirasining kengaytirilishi, traffikingning turli ko‘rinishlari, shu jumladan majburiy nikoh, noqonuniy migratsiya haqidagi materiallar soni ko‘payishiga imkon bergan.
Odam savdosi mavzusini yoritishga doir uchta nazariy asos – kun tartibini shakllantirish, freyming va al`terkasting yuzasidan olingan ilmiy natijalar «Qalampir.uz» axborot-tahliliy internet nashrida foydalanilgan («Qalampir» MChJning 2020 yil 23 iyundagi Q 23/06-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar odam savdosi va migratsiyaga doir bir qator materiallar ishlab chiqilishi va chop etilishiga xizmat qilgan.
Rossiya matbuotida odam savdosi mavzusi yoritilishining kontent-tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga Scopus xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilgan «Sustainability», «Journal of African Media Studies», «Comunicazioni Sociali» jurnallarida havolalar keltirilgan. «Narodnoe slovo» gazetasi faoliyatining tahliliga oid olingan ilmiy natijalar «Voprosi vneshney trudovoy migratsii, protivodeystviya torgovle lyud`mi i ispol`zovaniyu prinuditel`nogo truda v deyatel`nosti politicheskix partiy Uzbekistana» nomli milliy tadqiqotda tavsiya etilgan qo‘shimcha manbalar ro‘yxatiga kiritilishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish