Kaxarov Qobil Shuhrat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek va nemis nutqiy etiketlarining qiyosiy tadqiqi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil.1147.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Sharifa Madalievna filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Baxodir Xaydarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Raimjonov Zafarbek Xasanboevich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori. 
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: o‘zbek va nemis xalqlari nutqiy etiketlari, uning ifoda shakllari va ijtimoiy mohiyatini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nutqiy etiketning rasmiy/norasmiy shakllari diniy-etnik, ijtimoiy-tarixiy me’yorlar orqali asoslangan; 
o‘zbek va nemis muloqot jarayonidagi murojaat shakllarining qo‘llanish darajasi urf-odat, madaniyat, milliy- me’yoriy mezonlar asosida yoritilgan; 
o‘zbek va nemis tillaridagi sen/siz shakllarining muloqot jarayonidagi me’yoriy asoslari ochib berilgan;
o‘zbek va nemis xalqlari kommunikatsiya jarayonidagi yosh hamda jins bilan aloqador noverbal vositalar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiyada erishilgan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
ilmiy-tadkikot ishidagi o‘zbek xalqining muloqot jarayonida qo‘llaydigan nutqiy etiketlarini namoyon etuvchi lisoniy birliklar tizimini ifodalagan materiallaridan unumli foydalanish, umumxalq tili manbalari, muloqot me’yorlari, nutq madaniyatiga xos lug‘aviy birliklar yaxlit iboralardan foydalanishga oid nazariy qarashlari, amaliy tavsiyalari va ilmiy xulosalaridan 2015-2017 yillarda bajarilgan № A-1-099 raqamli «O‘zbekistonning barqaror strategik taraqqiyotida fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish va ma’naviy axloqiy xavfsizlikni ta’minlash konsepsiyalarining ahamiyati» nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 02 oktyabrdagi 89-03-3639-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha hisobotlari uslubi qayta ko‘rib chiqildi va tushunarliligi ortdi; 
o‘zbek tilidagi murojaat shakllarining psixolingvistik xususiyatlarini tahlil etishda, gender munosabatli nutqiy etiketlar orqali nutq psixolingvistik tusining o‘zgarishidagi o‘ziga xosliklarni aniqlashda, o‘zbek nutqiy etiketlarining o‘ziga xos pragmatik jihatlari nutqni yaratish va qabul qilishga ta’sirini baholashda, turli tabaqa vakillarining nutqni psixologik tusini shakllantirishdagi nutqiy etiketlardan foydalanishdagi o‘ziga xos jihatlarini aniqlashda Andijon davlat universitetida bajarilgan 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan A-1-39 raqamli “O‘zbek amaliy psixolingvistikasini yaratish dasturini ishlab chiqish” nomli davlat amaliy-tadqiqot loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 23 sentyabrdagi 89-03-3464-son ma’lumotnomasi). Natijada nutqiy etiket bilan bog‘liq masalalarning nazariy tadqiqi va amaliy tahlili mukammallashtirishga erishildi;
dissertatsiya ishi natijalaridan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2019-2020 yillarda «Ochiq muloqot», «Dolzarb mavzu», «Zamondosh», «Qadriyat», «Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi», «Kun mavzusi», «Farg‘ona – 24» ko‘rsatuvlarida keng foydalanilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 10 sentyabrdagi 228-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning ta’sirchanligi, rang-barangligi ortgan, mazmunan mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish