Minniqulov Islom Urol o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida shart munosabatlarini ifodalovchi til birliklarining pragmatik aspekti (shart gaplar misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil869.
Ilmiy rahbar: Saparova Qunduz Otaboevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtasinov Ilxom Madaminovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Muhammedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz va o‘zbek tillarida shart munosabatlarini ifodalovchi til birliklari pragmatik aspektining performativ nutq aktlari va implikatura hosil qilish potensiali nuqtai nazaridan o‘xshash va farqli tomonlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida shart konstruksiyalari nutq akti sifatida lokusiya, illokusiya va perlokusiya singari uch bosqichli faoliyatdan tarkib topishi va ma’lum kommunikativ kontekstda muayyan performativ nutq aktini voqelantirish imkoniyati lingvistik va ekstralingvistik omillar yordamida isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi shart konstruksiyalari yuzaga keltiruvchi direktiv, ekspressiv, komissiv, assertiv va deklarativ nutq aktlari tasniflangan va ularning sintaktik birlik yordamida voqelanishi singari izomorfik hamda ifodalanishidagi implisitlik va eksplisitlik, sintaktik struktura jihatidan turlicha (sodda, qo‘shma va murakkab gaplar bilan) reallashuvi kabi allomorfik xususiyatlari asoslangan;
qiyoslanayotgan tillarda shart munosabatini ifodalovchi til birliklarining muloqotning miqdor, sifat, mavzuga oidlik va muloqot uslubi kabi tamoyillarining maqsadli buzilishi natijasida konversatsion implikatura hosil qilish potensiali dalillangan;
qiyoslanayotgan tillarda shart formalaridan foydalanish orqali muloqot tamoyillarining maqsadli buzilishi oqibatida yuzaga kelgan implikatura aniqlangan va nutq ishtirokchilarining implikatura hosil qilishdagi turli pragmatik intensiyalari kabi o‘ziga xosliklar va mazkur implikaturaning nutqiy akt funksiyalari singari o‘xshashliklar badiiy matnlar misolida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz va o‘zbek tillarida shart munosabatlarini ifodalovchi til birliklarining pragmatik aspektini ochib berishda olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida shart konstruksiyalari illokutiv kuchga ham ega bo‘lib, ma’lum kommunikativ kontekstda muayyan performativ nutq aktini voqelantirish imkoniyati, ularning o‘xshash va farqli xususiyatlari, shart gaplarning konversatsion implikatura hosil qilish imkoniyati, muloqot tamoyillarini buzishidan maqsad, hosil bo‘lgan implikatura va uning pragmatik funksiyasidagi izomorfik va allomorfik xususiyatlari bo‘yicha xulosalar va ilmiy yangiliklardan № OT-F8-062 «Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari» mavzuidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 15 noyabrdagi 89-03-4446-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha bo‘yicha tayyorlangan darslik va elektron resurslar mazmunini boyitish imkonini bergan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi shart konstruksiyalari yuzaga keltiruvchi direktiv, ekspressiv, komissiv, assertiv va deklarativ nutq aktlari va ularning sintaktik birlik yordamida voqelanishi singari izomorfik hamda ifodalanishidagi implisitlik va eksplisitlik, sintaktik struktura jihatidan turlicha (sodda, qo‘shma va murakkab gaplar bilan) reallashuvi kabi allomorfik xususiyatlariga doir amaliy taklif, xulosa va materiallardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bajarilgan № ITD-1, A-1-209 «Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura mutaxassisligi (ingliz tili) bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish va o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar lug‘atini tuzish» mavzuidagi amaliy loyiha doirasida o‘quv qo‘llanma yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 15 noyabrdagi 89-03-4446-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu amaliy loyiha doirasida yaratilgan o‘quv qo‘llanma mazmuni boyitilgan;
qiyoslanayotgan tillarda shart formalaridan foydalanish orqali muloqot tamoyillarining maqsadli buzilishi natijasida yuzaga kelgan implikatura va nutq ishtirokchilarining implikatura hosil qilishdagi turli pragmatik intensiyalari kabi o‘ziga xosliklar va mazkur implikaturaning nutqiy akt funksiyalari singari o‘xshashliklarga doir taklif va xulosalardan magistratura talabalari uchun pragmalingvistika fanidan darslik va qiyoslanayotgan tillarda shart gaplarning direktiv, ekspressiv, assertiv, komissiv va deklarativ kabi performativ nutq aktlari hosil qilish imkoniyatiga doir xulosalardan bakalavr talabalari uchun «Ingliz va o‘zbek tillarida shartli munosabatlarni ifodalovchi til birliklarining pragmatik tomoni» nomli o‘quv qo‘llanma mazmunini boyitishda foydalanilgan (Qozog‘iston Respublikasi, Ostona Evroosiyo milliy universitetining 2020 yil 5 fevraldagi ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur darslik va o‘quv qo‘llanma mazmunining boyishiga xizmat qilgan;
qiyoslanayotgan tillarda shart formalaridan foydalanish orqali kommunikantlarning muloqot tamoyillarini buzishidan maqsadi, hosil bo‘lgan implikatura va uning pragmatik funksiyasidagi o‘xshash va o‘ziga xosliklarga doir fikr-mulohazalar va takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O’zbekiston» teleradiokanalining «Bedorlik», «Ta’lim va taraqqiyot» nomli maxsus eshittirishlarning ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokampaniyasi «O’zbekiston» teleradiokanalining 2019 yil 25 sentyabrdagi 04-25-1914-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur eshittirishlarning mazmuni shart gaplarning pragmatik aspektiga oid tavsiyalar bilan boyitilgan.