Ruzmatova Dilnoza Ramatjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xolid Husayniy asarlarining badiiy o‘ziga xosligi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1PhD/Fil730
Ilmiy rahbar: Muratova El`mira Denisovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Baxodir Sodiqovich filologiya fanlari doktori (DSc); Baqoeva Muxabbat Qayumovna filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: afg‘on-amerika diaspora adabiyotining xususiyatlari, badiiylik mezonlari va maromlarini Xolid Husayniy asarlari misolida ilmiy-tahliliy va nazariy umumlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Afg‘on-amerika adabiyotidagi milliy va umuminsoniy g‘oyalarning umumiyligi, integratsiyasi, differensiatsiyasi hamda diaspora adabiyoti qonuniyatlariga asoslangan holda qaysi tilda ijod qilishiga ko‘ra forsiy (forsiy-pashtun, forsiy-dariy) va ingliz tilida ijod qiluvchi afg‘on-diaspora yozuvchilari kategoriyalari taklif qilingan;
Sharq va G‘arb an’analari kesishuvi, G‘arbda yaratilgan badiiy asarlarda sharqona ruh va sharqona falsafaning in’ikosi, har ikki mamlakat madaniyati hamda qadriyatlarini inkor etmagan holda diaspora adabiyotining uch muhim xususiyati: tillar va madaniyatlararo to‘qnashuv, biografik tamoyillar, zamon va makon mutanosibligi badiiy-konseptual yaxlitlikda ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan; 
Xolid Husayniy romanlarida abadiy va adabiy mavzular ifodasi, muallif biografiyasi, badiiy mahorat va yozuvchi uslubi muammolari badiiylik mezonlari asosida takomillashtirilgan;
Afg‘oniston, bolalik, ayollik va oila perspektivalari urushdan oldingi, urush va urushdan so‘nggi davrlardagi afg‘on ijtimoiy turmush tarzi uzviyligida adabiy-estetik jihatdan yoritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xolid Husayniy asarlarining badiiy o‘ziga xosligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning ilmiy natijalari asosida:
Afg‘on-amerika diaspora mikrokomparativistikasi, ya’ni bir ilmiy maktab vakillari ijodidagi o‘ziga xoslik va mushtaraklik, forsiy (forsiy-pashtun, forsiy-dariy) va ingliz tilida ijod qiluvchi afg‘on diaspora yozuvchilari tasnifi, Sharq va G‘arb an’analari kesishuvi, har ikki mamlakat madaniyati hamda qadriyatlarini inkor etmagan holda diaspora adabiyotining yaratilishi hamda tillar va madaniyatlararo uzviylik, biografik tamoyillar, makon va zamon mutanosibligi badiiy konseptual yaxlitlikda ilmiy-nazariy umumlashma xulosalaridan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bajarilgan ITD-1, A-1-209 raqamli “Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura mutaxassisligi (ingliz tili) bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish va o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar lug‘atini tuzish” nomli amaliy loyiha mavzusi doirasida magistratura mutaxassisligi (ingliz tili) uchun “Theory of Intercultural Communication” o‘quv qo‘llanmasining “Cultural Specificity of Discourse Organization” deb nomlangan to‘rtinchi bobining birinchi, uchinchi va to‘rtinchi paragraflarini yozishda foydalanilgan (Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2020 yil 20 avgustdagi 89-03-2894-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Xolid Husayniy asarlari ingliz tilida yozilgan bo‘lsa ham, afg‘on, fors, arab va turkiy tillardagi terminlarni mahorat bilan qo‘llashi diaspora adabiyotining nazariy tamoyillarini belgilashi, til va madaniyatning mushtarakligi afg‘onlarga xos milliy koloritni shakllantirishi sharq ijodkorlarining she’riy satrlari yozuvchi romanlarida sinkretizmni yuzaga keltirishi bilan bog‘liq ilmiy-nazariy ma’lumotlar mukammallashtirilgan; 
tillar va madaniyatlararo to‘qnashuv, biografik metod tamoyillari, zamon va makon mutanosibligi hamda diaspora adabiyoti borasida badiiy-konseptual yaxlitlikda chiqarilgan ilmiy-nazariy umumlashmalardan badiiy asar tarjimasi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi 2020 yil 4 martdagi  01-03-07/368-son  ma’lumotnomasi); afg‘on xalqi og‘zaki ijodi namunalarining yozuvchi romanlaridagi ifodasi orqali aniqlangan muallif shaxsiyati, badiiy mahorat, yozuvchi uslubi masalalari va adib asarlarining o‘ziga xos janriy xususiyatlaridan YoA1-OT-1-11965-raqamli “O‘quvchilarda nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish tizimini shakllantirish” mavzusidagi yosh olimlarning amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2020 yil 20 avgustdagi 89-03-2894-sonli ma’lumotnomasi). Natijada adib asarlarida shakliy ixchamlik, falsafiy mushohadaning teranligi, mantiqiy izchillik kabi nazariy qonuniyatlarni aniqlashga xizmat qilgan; 
Xolid Husayniy asarlarida diaspora an’analari asosida tarix haqiqatini badiiyat hosilasiga aylantirish, yozuvchining obrazli tafakkuri asosida Afg‘onistondagi ijtimoiy hayot tarzining haqqoniy ifodasi adabiy-estetik kashf etilishiga doir ilmiy-nazariy qarashlar tahlili asosida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy-ma’rifiy muassasalar va nomoddiy milliy merosni rivojlantirish sho‘’basi tomonidan o‘zbek xalqining boy milliy til an’analari, nomoddiy madaniy merosi, ijtimoiy qadriyatlarimizning millatlararo munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va aloqalarni mustahkamlash borasida tuzilgan «Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirish»ga doir uslubiy ko‘rsatmalarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 27 sentyabrdagi 01-12-14-872-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi orqali Afg‘on-Amerika adabiyotining o‘zbek adabiyotshunosligida keng qamrovli o‘rganilishi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq etilishiga erishilgan;
Afg‘on-amerika adabiyotida yozuvchi romanlari mavzusi yurt, bolalik, ayollik va oila perspektivalariga ajratilib, urushdan oldingi, urush va urushdan so‘nggi davrlarda xalqning ijtimoiy turmush tarzi, oila-ayol-bola konseptlarini adabiy-estetik ijodiy-estetik tamoyillarini ochib berishi xaqidagi ma’lumotlardan “O’zbekiston tarixi” telekanali “Xayrli kun” ko‘rsatuvining “Jahon adabiyotida didaktika” mavzusiga bag‘ishlangan sonini tayyorlashda foydalanilgan (O’zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi 2020 yil 10 iyuldagi 02-40-735-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek adiblari va afg‘on-amerika yozuvchisi Xolid Husayniy ijodidagi mushtaraklik va o‘ziga xoslikni qiyosiy-tipologik tahlil etish imkoniyatini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish