Turakulova Oqila Amirkulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Adabiy ta’lim jarayonida akademik lisey o‘quvchilarida mutolaa madaniyatini rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped74.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Husanboeva Qunduzxon Parpialievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Umarov Abdusalom Adilovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi adabiy ta’lim jarayonida akademik lisey o‘quvchilarida mutolaa madaniyatini rivojlantirishning loyihaviy faoliyatga asoslangan texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda mutolaa madaniyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari (mutolaaga ehtiyoj, motivatsiya va qiziqish) badiiy asarlarning o‘quvchilarning ichki olamiga ta’siri, mutolaa jarayonining ijodiyligini qo‘llab-quvvatlovchi emotsional-estetik va kognitiv-kommunikativ munosabatlarning bevosita aloqadorligi identivligi madaniy transformatsion jihatga egaligini asoslash orqali aniqlashtirilgan;
adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning mutolaa yo‘nalishlaridagi gender tafovutlar ularning badiiy asarlarni tanlash bilan bog‘liqlikda namoyon bo‘lishi, o‘spirin yoshdagi o‘g‘il va qiz bolalarning ijtimoiylashuv va shaxsiy-badiiy idrok etish darajasini empirik baholash (mavzu doirasi, ko‘proq o‘qishni afzal ko‘radigan asarlari va sevimli yozuvchilari) darajasi barqarorligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan; 
adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning badiiy asarlarni idrok etish tuzilmasi kuzatuvchanlik, badiiy so‘zni idrok etish, emotsional va obrazli xotira, ijodiy tasavvur, empatik qobiliyatga egalik sifatlarining birlamchi (dastlabki tasavvurlar), tahliliy (badiiy detallarni hayotiy aloqa va munosabatlarda qayta jonlantirish), umumlashtirish (aniq va chuqur umumiy nuqtai nazar) bosqichlari bilan qayta aloqaga kirishuvining intensivligini hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
loyiha ta’lim texnologiyasini qo‘llash asosida adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarda mutolaa madaniyatini rivojlantirish metodikasi maqsadni aniqlashtirish, manbalarni tanlash, materiallarni o‘rganish va rejalashtirish, bajarish, taqdimot va refleksiya bosqichlarida adabiy ta’limning faoliyatga yo‘naltirilgan va kommunikativ usullarini (verbal va noverbal, individual, guruhiy) kompleks qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Adabiy ta’lim jarayonida akademik lisey o‘quvchilarida mutolaa madaniyatini rivojlantirish texnologiyasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarda mutolaa madaniyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari, badiiy asarlarning o‘quvchilar ichki olamiga ta’siri, mutolaa jarayonining ijodiyligini qo‘llab-quvvatlovchi emotsional-estetik va kognitiv-kommunikativ munosabatlarning bevosita aloqadorligini asoslashga doir taklif va tavsiyalardan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining “Adabiyot” fani Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019  yil 25 sentyabrdagi  89-04-1838-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu taklif va tavsiyalarning amaliyotga tadbiq etilishi adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarda kitobxonlik kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning mutolaa yo‘nalishlaridagi gender tafovutlarni badiiy asarlarni tanlash bilan bog‘liqlikda namoyon bo‘lishi, o‘spirin yoshdagi o‘g‘il va qiz bolalarning ijtimoiylashuv va shaxsiy-badiiy idrok etish darajasi, adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning badiiy asarlarni idrok etish tuzilmasini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan ITD-4-122. “Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning tarbiya texnologiyasini ishlab chiqish” (2009-2011yy.) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 25 sentyabrdagi 89-04-1838-son ma’lumotnomasi). Natijada, adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning mutolaa madaniyatini rivojlantirishning lokal-modulli texnologiyasini qo‘llash samaradorligini oshirishga erishilgan;
loyiha ta’lim texnologiyasini qo‘llash asosida adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarda mutolaa madaniyatini rivojlantirish, mazkur jarayonda adabiy ta’limning faoliyatga yo‘naltirilgan va kommunikativ usullarini kompleks qo‘llash asosida takomillashtirishga doir takliflardan Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasining foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish va kitob saqlash bo‘limi hamda TDPU bilan hamkorlikda “Ommaviy kitobxonlik oyligi”, “Jonli kitob” media-tadbirlari metodik ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019  yil 25 sentyabrdagi  89-04-1838-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur taklif va tavsiyalarning amaliyotga tadbiq etilishi o‘quvchilarning mustaqil mutolaa madaniyatini rivojlantirishda loyihaviy ta’lim texnologiyasidan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish