Kinjaeva Gulboxor Sattarkulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarni kasbiy - pedagogik ta’lim jarayonida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishga tayyorlash texnologiyasi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped23.
Ilmiy rahbar: Aynisa Musurmanova, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti,  PhD.03/30.01.2020 Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Xasanova Kibriya Xasanovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent; Xodjaev Bekzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kasbiy-pedagogik ta’lim jarayonida talabalarni ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarni ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishga tayyorlash tizimining mohiyati (tavsifi, tuzilmasi) aksiologik, faoliyatga doir, shaxsiy yondashuvlarning kasbiy-pedagogik ta’lim jarayonlari bilan intensiv aloqadorligini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan; 
talabalarni ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishga tayyorlashning  pedagogik-psixologik omillari bo‘lajak o‘qituvchi shaxsi va faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni deontologik kompetentlik bilan maqbul uyg‘unlashuvini belgilash orqali aniqlangan;
axborot ta’lim muhiti sharoitlarida talabalarni ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etishga tayyorlash modelining amaliy komponenti interfaol tarbiya shakllari va ijtimoiy loyihalarni auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida tizimli qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
talabalarni ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishga tayyorlashning mul`timediali texnologiyasining jarayonli-tashkiliy bosqichi matnli, tasviriy, yordamchi vositalarni oliy ta’lim tarbiyaviy ishlari jarayoniga joriy etishning adaptivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talabalarni kasbiy-pedagogik ta’lim jarayonida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishga tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarni ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishga tayyorlash tizimining mohiyati, aksiologik, faoliyatga doir, shaxsiy yondashuvlarning kasbiy-pedagogik ta’lim jarayonlari bilan intensiv aloqadorligini hisobga olish, talabalarni ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishga tayyorlashning  pedagogik-psixologik omillarini aniqlashtirish, bo‘lajak o‘qituvchi shaxsi va faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni deontologik kompetentlik bilan maqbul uyg‘unlashuvini belgilashga doir taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish” konsepsiyasining “Oliy ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish faoliyatini takomillashtirish” nomli 4-yo‘nalishini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 89-03-2867-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligini oshirishga erishilgan; 
axborot ta’lim muhiti sharoitlarida talabalarni ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali tashkil etishga tayyorlash modelining amaliy komponentini takomillashtirish, interfaol tarbiya shakllari va ijtimoiy loyihalarni auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida tizimli qo‘llashga doir amaliy tavsiyalardan  pedagogik ta’lim sohasi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 89-03-2867-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak pedagoglarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyat sohasiga doir malaka talablari tizimini takomillashtirishga erishilgan;
talabalarni ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishga tayyorlashning mul`timediali texnologiyasining jarayonli-tashkiliy bosqichini takomillashtirish, matnli, tasviriy, yordamchi vositalarni oliy ta’lim tarbiyaviy ishlari jarayoniga joriy etishning adaptivligini ta’minlashga doir tavsiyalardan  OT-F1-36 raqamli “Talabalar ma’naviyatini diagnostika qilish mexanizmlarini takomillashtirish” (2017-2020 yy.) mavzusidagi loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 89-03-2867-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu takliflarning amaliyotga tadbiq etilishi talabalarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga tayyorligini tashxis etish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish