Jammatov Jasurbek Sharipovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumta’lim maktabi sharoitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tabaqalashtirilgan jismoniy tayyorgarligi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped446.
Ilmiy rahbar: Matkarimov Rashid Masharipovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Koshbaxtiev Il`dar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Faxriddin, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini tabaqali rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan «Aqlli maktab» dasturi yordamida jismoniy va funksional tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini aniqlash mexanizmlari takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘quv materiallarini o‘zlashtirish va baholash shkalasini tizimli yondashuv asosida jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik mezonlari mashqlarni bajarishda organizmga mos tushadigan yuklama darajalari bo‘yicha (tashkiliy metodik) takomillashtirilgan;
jismoniy harakatlarni bajarishda mashqlarni tanlash, takrorlash soni, davomiyligi, bajarish sur’ati, amplitudasi, ishlash darajasi, holati va xususiyatlari qiyosiy tahlil qilish hamda taqqoslash asosida tartiblashtirilgan tasnifi optimallashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkazishda individual-guruhli yondashuv asosida tabaqalashtirilgan metoddan foydalanish imkoniyati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari jismoniy tarbiyasini tabaqalashtirish bo‘yicha umumta’lim maktabi sharoitlarida o‘tkazilgan tajribalar asosida:
umumta’lim muassasalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligining son va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashga asoslangan maxsus ishlab chiqilgan kompyuter dasturi bo‘yicha taklif va tavsiyalar «Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi (jismoniy qobiliyatlar)» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i, 418-053 raqamli guvohnoma). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining funksional holati va jismoniy tayyorgarligi 13-15%ga yaxshilangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligi darajalarini hisobga olgan holda jismoniy mashqlarni bajarishda etti qismdan iborat me’yorlash turlarining tasnifi asosida «Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi (jismoniy qobiliyatlar)» nomli o‘quv qo‘llanma nashr qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i, 418-053 raqamli guvohnoma). Natijada, o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligi 15,1% ga yaxshilangan;
bolalarning tayyorgarlik darajasini (yuqori, o‘rta, past) hisobga olgan holda jismoniy mashqlarni bajarishda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligini baholash hamda monitoring qilish tizimini qo‘llash yuzasidan taklif va tavsiyalar «Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi (jismoniy qobiliyatlar)» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i, 418-053 raqamli guvohnoma). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yurak-qon tomir tizimi ko‘rsatkichlari 15,3% ga yaxshilangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tayyorlashning tabaqalashtirilgan uslubiyatidan foydalanishning uslubiy yondashuvi bo‘yicha ishlab chiqigan taklif va tavsiyalar asosida «Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi (jismoniy qobiliyatlar)» nomli o‘quv qo‘llanma nashr qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i,  418-053 raqamli guvohnoma). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nafas olish tizimi ko‘rsatkichlari o‘rtacha 12,5% ga oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish