Botaev Murod Djumanshikovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tergovga qadar tekshiruv institutini takomillashtirish», 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Yu166.
Ilmiy rahbar: Murodov Baxtiyorjon Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Abduvali Axmedovich, yuridik fanlar doktori, professor; Fayziev Shoxrud Farmonovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  tergovga qadar tekshiruv institutini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tergovga qadar tekshiruv bosqichida protsessual harakatlarni o‘tkazish uchun shaxslarni chaqirish, chaqiruvga binoan kelmaganlarni majburiy keltirish hamda ularga nisbatan boshqa huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash imkoniyati mavjud emasligini inobatga olib, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining chaqiruvi bo‘yicha kelishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni majburiy tartibda keltirish masalasini amaldagi qonunchilikda aks ettirish zarurati asoslantirilgan;
tergovga qadar tekshiruv bosqichida shaxsga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomalada bo‘lish bilan bog‘liq xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish hamda shaxs huquq va erkinliklarini kafolatlashni yanada kuchaytirish maqsadida, jinoyat-protsessual qonunchilikda shaxsni ushlash, himoyachidan voz kechish hamda shaxsni ushlash jarayonida o‘tkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qo‘yish protsessual harakatlarini videoyozuv orqali qayd etilishi lozimligi asoslab berilgan;
jinoyat ishlariga doir hujjatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha qonunchilikdagi mavjud bo‘shliqlarni bartaraf etish hamda jinoyat ishini qo‘zg‘atish sababining qonuniyligi va asoslarining etarli ekanligini har tomonlama tekshirish zaruratidan kelib chiqqan holda sodir etilgan jinoyatning xususiyatidan kelib chiqqan holda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar doirasini maqbullashtirish lozimligi asoslantirilgan;
tergovga qadar tekshiruv organlari tizimida xizmat olib borayotgan xodimlarning aksariyatini oliy yuridik ma’lumotga ega emasligi, jinoyatdan jabr chekkan shaxslarning jinoyat-protsessual qonunchilikka doir bilimlarining etarli bo‘lmaganligi, shuningdek bugungi kunda ichki ishlar organlari faoliyatiga baho berishda jinoyatchilikning ko‘payishi yoki kamayishi eng asosiy mezon sifatida qaralayotganligi natijasida tergovga qadar tekshiruv faoliyatida fuqarolarning jinoyatga oid ariza, xabar va boshqa ma’lumotlariga sansalorlik va befarq munosabatda bo‘lish, ularni vaqtida ro‘yxatga olmaslik yoki hisobga olishdan qasddan yashirish yo‘li bilan jinoyatchilik ko‘rsatkichini sun’iy ravishda kamaytirish holatlari yuzaga kelayotganligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tergovga qadar tekshiruv institutini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
tergovga qadar tekshiruv bosqichida protsessual harakatlarni o‘tkazish uchun shaxslarni chaqirish, chaqiruvga binoan kelmaganlarni majburiy keltirish hamda ularga nisbatan boshqa huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash imkoniyati mavjud emasligini inobatga olib, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining chaqiruvi bo‘yicha kelishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni majburiy tartibda keltirish masalasini amaldagi qonunchilikda aks ettirishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 16 sentyabrdagi «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi O‘RQ-407-son qonuni 16-moddasi birinchi qismi o‘n to‘rtinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020 yil 3 iyundagi 10-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi jinoyat ishini qo‘zg‘atish sababining qonuniyligi va asoslarining etarli ekanligini to‘liq va har tomonlama tekshirish amaliyotining joriy etilishiga, tergovga qadar tekshiruv jarayonida shaxslarni chaqirish tartibi va uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganlarni majburiy tartibda keltirishga doir amaldagi qonunchilikda mavjud huquqiy bo‘shliqlarning bartaraf etilishiga xizmat qilgan;
tergovga qadar tekshiruv bosqichida shaxsga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomalada bo‘lish bilan bog‘liq xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish hamda shaxs huquq va erkinliklarini kafolatlashni yanada kuchaytirish maqsadida, jinoyat-protsessual qonunchilikda shaxsni ushlash, himoyachidan voz kechish hamda shaxsni ushlash jarayonida o‘tkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qo‘yish protsessual harakatlarini videoyozuv orqali qayd etilishi lozimligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 14 maydagi «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga jinoyat protsessida ishtirok etuvchi fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-617-son qonuni 1-moddasi ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2020 yil 27 iyuldagi 06/1-1866-1974-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi tergovga qadar tekshiruv jarayonida qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotida mavjud huquqiy bo‘shliqlar va turli qarama-qarshiliklarning bartaraf etilishiga, shuningdek fuqarolarni qiynoqqa solish, ularga shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatini kamsituvchi muomalada bo‘lish amaliyotiga barham berilishiga xizmat qilgan;
jinoyat ishlariga doir hujjatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha qonunchilikdagi mavjud bo‘shliqlarni bartaraf etish hamda jinoyat ishini qo‘zg‘atish sababining qonuniyligi va asoslarining etarli ekanligini har tomonlama tekshirish zaruratidan kelib chiqqan holda sodir etilgan jinoyatning tergovga qadar tekshiruvini amalga oshiruvchi organlar doirasini maqbullashtirishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 8 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘RQ-548-son qonuni 2-moddasi ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Markaziy devonining 2020 yil 3 iyundagi 4584-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi ishni sudga qadar yuritish bosqichida fuqarolarning jinoyatga oid murojaatlarini ko‘rib chiqishda sansalorlik va befarq munosabatda bo‘lish amaliyotiga barham berish, shuningdek protsessual xarajatlarni tejash va tergovga qadar tekshiruv jarayonining samarali tashkil etilishiga xizmat qilgan;
tergovga qadar tekshiruv organlari tizimida xizmat olib borayotgan xodimlarning aksariyatini oliy yuridik ma’lumotga ega emasligi, jinoyatdan jabr chekkan shaxslarning jinoyat-protsessual qonunchilikka doir bilimlarining etarli bo‘lmaganligi, shuningdek bugungi kunda ichki ishlar organlari faoliyatiga baho berishda jinoyatchilikning ko‘payishi yoki kamayishi eng asosiy mezon sifatida qaralayotganligi natijasida tergovga qadar tekshiruv faoliyatida fuqarolarning jinoyatga oid ariza, xabar va boshqa ma’lumotlariga sansalorlik va befarq munosabatda bo‘lish, ularni vaqtida ro‘yxatga olmaslik yoki hisobga olishdan qasddan yashirish yo‘li bilan jinoyatchilik ko‘rsatkichini sun’iy ravishda kamaytirish holatlari yuzaga kelayotganligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018 yil 4 apreldagi «Jinoyatlarni, ularni sodir etgan shaxslarni, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar hamda sudning protsessual qarorlarini hisobga olish tartibi to‘g‘risida»gi 3//20//11-121-18//2//01-02/22-29-son qarorining 1-ilovasida keltirilgan «Jinoyatlarni, ularni sodir etgan shaxslarni, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar hamda sudning protsessual qarorlarini hisobga olish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma»ning 1-bobi ikkinchi bandi 6-11 xatboshilarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2020 yil 13 iyuldagi 18/3199-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi tergovga qadar tekshiruv organlarining jinoyatga oid ariza, xabar va boshqa ma’lumotlarni ro‘yxatga olish va qonunda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish faoliyatining samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish