Sayt test rejimida ishlamoqda

Toychiev Abdurahim Xodjiakbarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: «Yarali kolit patogenezining immunologik va infeksion jihatlari», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya; 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib714.
Ilmiy maslahatchilar: Ahmedova Xolida Yuldashevna, tibbiyot fanlari doktori; Osipova Svetlana Olegovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01 raqamli kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Umida Pulatdjanovna, tibbiyot fanlari doktori; Ibadova Gul`nara Alievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yarali kolit patogenezining immunologik va 
infeksion jihatlari aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yondosh gel`mintoz va lyambliozi bo‘lgan yarali kolit bemorlarda hujayraviy (SD3+,CD4+,SD25+) va gumoral immunitet (IgG, IgE) ko‘rsatkichlarning ortishi fonida apoptozga xos (SD95+) limfotsitlar miqdorining kamayishi bilan kechishi aniqlangan;
ilk bor yarali kolit bemorlarda yallig‘lanishga xos (IL-1β, O‘NO-α, IL-6) sitokinlari xamda SRO miqdorining ortishi va yallig‘lanishga qarshi (IL-4) xamda IFN-γ sitokinlari miqdorining kamayishi bilan bog‘liq jarayon yuzaga klishi aniqlangan.
ilk bor yarali kolit va KR bemorlarning ichak mikrobiotasi tarkibiga kiruvchi eukariotlar (sodda jonivorlar, gel`mintlar, zambrug‘lar va boshqalar) tarkibiga va ichak protistofaunasi (Blastocystis sp., C. mesnili, J. butschlii va E. nana) alohida komponentlarining uchrashiga bog‘liqligi asoslangan;
ilk KR bemorlarda ichak protistofaunasiga taalluqli Blastocystis sp., C. mesnili, J. butschlii va E. nana komponentlari yarali kolit va nazorat guruhiga nisbatan ko‘p uchrashi, YaK bemorlar va nazorat guruhi o‘rtasida patogen parazitlar (A. lumbricoides, E. vermicularis, H. nana va G. lamblia ) bilan kasallanganlik darajasi ishonchli darajada farq qilmaganligi asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yarali kolit patogenezining immunologik va infeksion jihatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Blastotsista infeksiyasining tashxisoti va yarali kolitni davolashda antiprotozoy dori vositalarining qo‘llanilishi» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 maydagi 8n-d/121-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yarali kolit bilan xastalangan bemorlarda kasallik kechishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan blastotsista infeksiyasini erta aniqlash va o‘z vaqtida  antiprotozoy dori vositalarini qo‘llashga xizmat qilgan;
yarali kolit patogenezining immunologik va infeksion jihatlarini aniqlash bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahridagi 4-son klinik shifoxonasi va Buxoro ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 8n-z/131-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar yarali kolit bilan xastalangan bemorlarda yallig‘lanishni kuchaytiruvchi infeksion omillarni erta aniqlash va bartaraf etish natijasida klinik va laborator ko‘rsatkichlarning me’yorlashtirish, og‘ir asoratlar rivojlanish ehtimolini kamaytirish hamda ularni shifoxanada davolanish muddatini qisqartirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish