Sayt test rejimida ishlamoqda

Maxkamova Gulnoza Turaxodjaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda respirator kasalliklarining etiologiyasida Streptococcus pneumoniaening roli, vaksina-profilaktikaning samaradorligi», 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib243.
Ilmiy rahbar: Shamansurova Elmira Amanulaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti  DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Aliev Axmadjon Lutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Bobomuratov Turdikul Akramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Streptococcus pneumoniaega qarshi emlashning bolalarda respirator kasalliklar chastotasi, shuningdek, erta yoshli bolalarda pnevmokokkning serotipli spektriga ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1 yoshdan katta bo‘lgan bolalarda Streptococcus pneumoniae respirator kasalliklarining etakchi qo‘zg‘atuvchisi ekanligi aniqlangan;
pnevmokokkli infeksiyaga qarshi emlash pnevmokokk tashuvchanligining pasayishi, shuningdek, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda umumiy respirator infeksiyalar bilan kasallanishning kamayishiga olib kelishi isbotlangan;
pnevmokokkli infeksiyaga qarshi emlash orqali Streptococcus pneumoniaening eng ko‘p tarqalgan 1, 3, 5, 14, 19 patogen shtammlari yo‘qotilganligi aniqlangan;
asoratlanmagan respirator kasalliklar bilan og‘rigan bolalarda birinchi qator preparatlar sifatida sefarosporinli antibiotiklardan noratsional foydalanilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Streptococcus pneumoniaega qarshi emlashning bolalarda respirator kasalliklar chastotasi, shuningdek, kichik yoshli bolalarda pnevmokokkning serotiplar spektriga ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
«Bolalarda pnevmokokkli zotiljamni davolashni optimallashtirish usullari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 10 dekabrdagi 8n-r/346-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bakteriyalarning antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlash asosida bolalarda zotiljamni tashxislash va davolash usullarini optimallashtirish imkonini bergan;
«Bolalarda otitlarni davolashni optimallashtirish usullari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 10 dekabrdagi 8n-r/347-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bakteriyalarning antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlash orqali bolalarda o‘tkir o‘rta otitni erta tashxislash va davolash uchun zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini bergan. 
Streptococcus pneumoniaega qarshi emlashning bolalarda respirator kasalliklar chastotasi, shuningdek, kichik yoshli bolalarda pnevmokokkning serotipli spektriga ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Toshkent va Jizzax viloyatlaridagi ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazlari hamda Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amliy tibbiyot markazi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 6 martdagi 8n-d/52-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar tashxislash, davolashda sarf-xarajatlarni qisqartirish, asoratlar sonini kamaytirish hamda bemorlarning statsionar davolanish muddatini ikki koyka/kunga qisqartirish orqali tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish