Sayt test rejimida ishlamoqda

Axmedov Alisher Astanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Davriy sport turi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarda somatik va stomatologik sog‘liq ko‘rsatkichlarini baholash», 14.00.21 – Stomatologiya va 14.00.38 – Sport tibbiyoti (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib.1316.
Ilmiy rahbar: Xasanova Lola Emilevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Sadikov Abdushukur Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc04/30.12.2019.Tib.59.01. 
Rasmiy opponentlar: Kamilov Xaydar Pozilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kalbaev Abibilla Akburaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qirg‘iz Respublikasi)
Etakchi tashkilot: Qozog‘iston-Rossiya tibbiyot instituti (Qozog‘iston Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik. 
II.Tadqiqotning maqsadi: kompleks funksional va laboratoriya tekshiruvi asosida davriy sport turi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini tashhis qilish va oldini olish samaradorligini oshirishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
davriy sport turi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarda paradont to‘qimasi hamda og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavati zararlanishlari va jismoniy yuklama orasidagi o‘zaro bo‘g‘liqlik aniqlangan;
ilk bor sportchilarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining mukoz to‘sig‘i xolati jismoniy yuklamadan so‘ng og‘iz suyuqligidagi yallig‘lanishga qarshi sitokin (IL-1) va antimikrobli peptid (al`fa-defenzin) ko‘rsatkichlarini baxolash orqali aniklangan;
sportchilarda so‘lak himoya funksiyasi va uning fizik xususiyatlarining o‘zgarishi og‘iz suyuqligi glikoproteinlarida sialoli kislotasining yuqori darajasi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
sportchilarni jismoniy zo‘riqish fonida trombotsitlar shaklini tez o‘zgarishi bilan ularning adgeziv-agregatsion xususiyatlarini ortishiga ko‘maklashuvchi endoteliotsitlarning disfunksiyasi aniqlangan;
davriy sport turi bilan shug‘ullanuvchi sportchilar uchun mo‘ljallangan kompleks profilaktika tadbirlariga jismoniy zo‘riqish davrida sportchi organizmining mahalliy va tizimli himoya darajasini oshirishga yordam beruvchi preparatlarni qo‘shish maqsadga muvofiqligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Davriy sport turi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarda karies va parodont kasalliklarini  tashhislash, davolash va oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Davriy sport turi bilan shg‘ullanuvchi sportchilarda mukoz to‘sig‘i holatini baxolash” uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 24 iyundagi 8n-r/191-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma davriy sport turi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarda karies va parodont to‘qimalari kasalliklarini oldini olish, tashhislash va samarali davolash uchun aniq harakatlar rejasini tuzish tizimini takomillashtirish imkoniyatini bergan; 
“Davriy sport turi bilan shg‘ullanuvchi sportchilarda tomirlar endotelial xujayralarining disfuksiyasi markerlari” uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 24 iyundagi 8n-r/191-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma davriy sport turi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarda kechuvchi parodontitni samarali davolash tizimini yaratish imkoniyatini bergan;
Davriy sport turi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarda karies va parodont kasalliklarini  tashhislash, davolash va oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi stomatologiya poliklinikasiga, institutining davolash-stomatologiya poliklinikasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 1-sonli stomatologiya poliklinikasining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 24 iyundagi 8n-d/135-son ma’lumotnomasi. Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi tibbiy xizmat sifatini oshirish, tashxislash va davolashning yangi usullarini qo‘llash, bemor xaet sifatini yaxshilanishi va bemorlarni davolanish muddatlarini qisqarishi  xisobiga iqtisodiy samaradorlik uchun imkonini yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish