Sayt test rejimida ishlamoqda

Orazimbetova Gulistan Jaksilikovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston xomashyo resurslari asosida portlandsement klinkerini olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.15 – Silikat va qiyin eruvchan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/T182.
Ilmiy maslahatchilar: Namazov Shafoat Sattorovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Iskandarova Mastura Iskandarovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Reymov Axmed Mambetkarimovich, texnika fanlari doktori, professor; Yunusov Mirjalil Yusupovich, texnika fanlari doktori, professor; Turdaliev Umid Muxtaralievich, texnika fanlari doktori.
Etakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston xomashyo resurslari asosida aralashmalar tarkiblarini maqbullashtirish va ular asosida portlandsement klinkerini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston karbonatli alyumosilikatlari va temirli xomashyo komponentlaridan yangi tarkiblar va ularning asosiy klinker minerallari miqdori bo‘yicha muvofiqligi isbotlangan;
ohaktosh, mergel`, gil, temir tutgan titan magnetitli jins, barxan qumi, bazal`t, temir tutgan cho‘kindi va tabiiy gips asosida klinkerning yangi aralashma tarkiblari va ularning klinker tarkibi minerallar miqdori bo‘yicha maqbullashtirilgan;
reaksion qobiliyatga ega yangi tarkibli xomashyo aralashmalariga yuqori haroratda termik ishlov berishda klinker minerallarining hosil bo‘lishi aniqlangan;
an’anaviy va noan’anaviy xomashyolar asosidagi umumqurilish sement klinkerini tayyorlash va kuydirish jarayonlarining maqbul kimyoviy-texnologik parametrlari, olingan portlandsementlar yuqori mustahkamlikka ega ekanligi aniqlangan;
yangi tarkibli klinker asosidagi portlandsementning fizik-mexanik xossalari bilan portlandsement gidratatsiyasi va sement toshi strukturasi shakllanishidagi fizik-kimyoviy o‘zgarishlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan;
yangi tarkibli xomashyolarni qo‘llash orqali klinkerni kuydirish jarayonida asosiy minerallarning hosil bo‘lishini tezlashtirish va kuydirish haroratini 50-70oS ga pasaytirish imkoniyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qoraqalpog‘iston xomashyo resurslari asosida yangi tarkibli portlandsement klinkerini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Berkuttau uchastkasi bazal`ti ishtirokida 1400–1420oSda kuydirish yo‘li orqali portlandsement klinkerini olish texnologiyasi «TITANSEMENT» MChJ QKda amaliyotga joriy etilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallar» uyushmasining 2020 yil 14 iyuldagi 05/15-2325-son ma’lumotnomasi). Natijada, sement zavodini yangi turdagi xomashyo bazasi bilan ta’minlash hamda an’anaviy klinkerning kuydirish haroratini 50–70oS va issiqlik sarfini mos ravishda 4–6% ga kamaytirish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston bazal`ti asosida SSPS-400-D0 markali sement olish texnologiyasi «KARAKALPAKCEMENT» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallar» uyushmasining 2020 yil 14 iyuldagi 05/15-2325-son ma’lumotnomasi). Natijada, klinkerni kuydirishda yoqilg‘i sarfini 10% ga kamaytirish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston mineral xomashyolari (ohaktosh, bazal`t, gilli komponent, temirli jinslar) asosida PS-400-D0 markali sement olish texnologiyasi «KARAKALPAKCEMENT» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallar» uyushmasining 2020 yil 14 iyuldagi 05/15-2325-son ma’lumotnomasi). Natijada, klinkerning asosiy komponenti sarfini 10–15% ga kamaytirish va umumqurilish va sul`fatbardosh sement olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish