Sayt test rejimida ishlamoqda

Xurramova Zebiniso Safarboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «XX asr Samarqand adabiy harakatchiligi namoyandalari qo‘lyozma asarlarining matniy tadqiqi (Vadud Mahmud ijodi misolida)», 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2019.4.PhD/Fil1073.
Ilmiy rahbar: Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Bahodir Nurmetovich,filologiya fanlari doktori, professor; Rafiddinov Sayfiddin Sayfullo o‘g‘li, filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Etakchi tashkilot:Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XX asr Samarqand shoirlari Ibn Davlat, Ahlam, Jome’, Murodiylarning lirik merosi ilmiy tavsifini amalga oshirish, Vadud Mahmud qo‘lyozma asarlarini manbashunoslik va matnshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etish hamda shoir ruboiylari matn xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand mintaqasida ijod etgan Ibn Davlat, Ahlam, Jome’, Murodiy, Vadud Mahmud singari shoirlarga tegishli she’riy daftarlar, qo‘lyozma manbalar tavsifi amalga oshirilgan va ilmiy iste’molga kiritilgan;
sovet mafkurasi tan olmagan Ahlam, Jome’, Murodiy va Vadud Mahmudlarning tarjimai hollari ilk marta birlamchi manbalar asosida to‘liq tiklangan;
Vadud Mahmud shaxsiy arxividagi manbalar tasnifi, matn xususiyatlari ilk marta tekshirilgan va ularning janriga ko‘ra turlari aniqlangan;
XX asrning birinchi choragida o‘tkir publisist va munaqqid sifatida  mashhur bo‘lgan Vadud Mahmudning shoir sifatidagi maqomi belgilangan va uning o‘zbek adabiyoti tarixidagi  o‘rni dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
XX asr Samarqand adabiy harakatchiligi namoyandalari qo‘lyozma asarlarining matniy tadqiqi (Vadud Mahmud ijodi misolida) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
istiqlol davrida adabiyotshunoslik, matnshunoslik va adabiy manbashunoslikning zamonaviy metodlar asosida xolisona tadqiq qilishga kirishilgani, XX asrda qalam tebratgan ijodkorlar asarlarida Sharq an’analarining ifodasi kabi ilmiy-nazariy xulosalardan F-1-06 raqamli «Istiqlol davri o‘zbek adbiyotida Sharqu G‘arb adabiy an’analari sintezi» mavzusidagi (2012-2016)  fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 avgustdagi 89-03-2686-son  ma’lumotnomasi). Natijada XX asr adabiyoti tarixi bo‘yicha aniqlangan ma’lumotlar faktik dalillar bo‘la olishi, istiqlol davri adabiyotida Sharq va G‘arb an’analari badiiy sintezi asoslari bo‘yicha ilmiy xulosalar bilan boyishga asos bo‘lgan; 
 mustabid kommunistik tuzum davrida Samarqand mintaqasida ijod etgan shoirlarga tegishli she’riy daftarlar, qo‘lyozma manbalar tavsifi va ularda Navoiy ijodiga oid ilmiy ma’lumotlardan A-1-118 raqamli «Navoiy obrazining tasvir va talqinlariga oid o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash va nashr etish» mavzusidagi (2015-2017)  amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 avgustdagi 89-03-2686-son  ma’lumotnomasi). Natijada XX asr navoiyshunosligida Vadud Mahmud shaxsiy arxividagi Navoiy asarlariga doir birlamchi manbalar tadqiqi, mazkur ijodkorlarning biografiyasiga oid yangi ma’lumotlar, ularning Navoiy g‘azallariga bog‘lagan muxammaslari tahlilining bugungi kundagi ilmiy ahamiyati kabi xulosalar  bilan boyitilgan;
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat hududiy bo‘linmasi qoshidagi «Sadoqat» ijodiy to‘garagi dasturini tayyorlashda va yosh ijodkorlarga amaliy mashg‘ulotlar olib borishda tadqiqotdagi XX asr Samarqand shahri va atroflarida nomlari va ijodlari noma’lum bo‘lib kelayotgan ko‘plab shoirlarning hayoti va adabiy merosiga doir ilmiy xulosalardan foydalanilgan  (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2020 yil 28 avgustdagi 01-03-06/733- ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat hududiy bo‘linmasi qoshidagi «Sadoqat» ijodiy to‘garagi ma’naviy-adabiy, badiiy materiallar bilan boyitilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish