Chorieva Gulchexra Zulfikarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «AVO immunizatsiya bulgan  xomiladorlarda ona-yuldosh-xomila tizimida endogen intoksikatsiyaning roli va uni davolash usullari», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib822
Ilmiy rahbar: Sadikova Dilfuza Ravshanbekovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti  DSc. 04/30.12.2019.Tib.29.01
Rasmiy opponentlar: Niyazmetov Raxmatilla Ermatovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Homila va chaqaloqlar gemolitik kasalligidan perinatal kasallanish va o‘limni kamaytirishga qaratilgan AVO tizim bo‘yicha immunizatsiyada platsentar disfunksiyaning oldini olish va davolashni optimallashtirish. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
AVO tizim bo‘yicha immunizatsiyasi bo‘lgan homiladorlarda endogen intoksikatsiya platsentar disfunksiyaga sabab bo‘lib, homiladorlikning asoratli kechishiga, chaqaloqlar gemolitik kasalligidan perinatal kasallanish va o‘limning ortishiga olib kelishi isbotlangan;
homiladorik davridagi AVO immunizatsiyani tashxislash va davolashda tirozinli proteinkinazalar, proteinfosfatazalarni qo‘llash ilmiy asoslangan; 
endogen intoksikatsiya fonida AVO immunizatsiya va fiziologik homiladorlikda platsentar tizim holatini kompleks tekshirish ilk bor amalga oshirildi. Endogen intoksikatsiya yo‘ldoshning markaziy qismlariga nisbatan asosan periferik qismlarida rivojlanib, o‘rta vaznli molekulalar, proteoliz jarayoni kuchli bo‘lishi va sitoxrom S miqdorining kamayishi bilan kuzatilib, qaytmas tizimli o‘zgarishlarga olib kelishi mumkinligi ko‘rsatib berilgan;
homila va chaqaloqlar gemolitik kasalligi xavfi bo‘lgan homiladorlarda platsentar disfunksiyaning oldini olish va davolashda metabolik terapiyani qo‘llab endogen intoksikatsiya sindromini korreksiya qilish muhimligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Klinik sharoitda AVO immunizatsiya bo‘lgan homiladorlarni davolash sifatini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«AVO immunizatsiya bilan homiladorlarda platsentar disfunksiyani antigipoksantlar bilan ko‘p maqsadli monoterapiya qilish» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 avgustdagi 8n-r/331-son ma’lumotnomasi) va «AVO immunizatsiya bilan endogen intoksikatsiyasi bo‘lgan homiladorlarda ona-yo‘ldosh-homila tizimidagi buzilishlarni antenatal davrda metabolik davolash» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 avgustdagi 8n-r/332-son ma’lumotnomasi) uslubiy qo‘llanmalari tasdiqlangan. Mazkur uslubiy qo‘llanmalarni amaliyotda qo‘llash AVO immunizatsiya bilan homiladorlarni antigipoksant Kokarnit bilan antenatal davrda davolash homila biofizik profili va doplerometrik ko‘rsatkichlarining dinamikada yaxshilanishiga, chaqaloqlar asfiksiyasining kamayishiga, gemolitik kasallik og‘ir shakllarining kuzatilmasligiga olib kelgan;
Klinik sharoitda AVO immunizatsiyasi bo‘lgan homiladorlarda platsentadagi buzilishlarni, endogen intoksikatsiyani davolash sifatini yaxshilashning samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga,  jumladan, Respublika akusherlik va ginekologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent shahar 4-son tug‘ruq kompleksi, Samarqand shahar Birinchi klinikasi va Perinatal markazida klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 2 oktyabrdagi 8n-d/200-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi homiladorlik davridagi asoratlarning kamayishi, tug‘ruq natijalari va chaqaloqlar holatining yaxshilanishi, gemolitik kasallik og‘ir shakllarining kamayishi va perinatal o‘lim kuzatilmasligi imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish