Sayt test rejimida ishlamoqda

Ubaydullaeva Sevara Abdullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘smir yoshdagi bolalarda surunkali noinfeksion kasalliklar shakllanishining xususiyatlari, ularni tashxislash va davolashga yondashishni takomillashtirish yo‘llari», 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib69.
Ilmiy maslahatchi: Shamansurova Elmira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Alisher Mirxamidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sharipova Madina Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xolmatova Barno Turdixodjaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Belorussiya diplomdan keyingi ta’lim tibbiyot akademiyasi
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smir bolalardagi surunkali noinfeksion kasalliklar shakllanishining xususiyatlarini o‘rganish bilan sog‘liqni saqlashning birlamchi tibbiy-sanitariya tizimi shifokorlari amaliyotida tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha yondoshuvlar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marotaba, keng qamrovli tadqiqotlar asosida, mamlakatimizning shahar va qishloq sharoitida yashovchi o‘smir yoshdagi bolalarda noinfeksion kasalliklarni rivojlantiruvchi havf omillari va ular orasida ovqatlanish buzilishi, passiv chekuvchanlik, oqsil-energetik status buzilishi, kamxarakatlik va tuz ta’mini sezishni buzilishi mavjudligi aniqlangan;
o‘smir yoshdagi bolalarda surunkali noinfeksion kasalliklar (AG, QD va BA)ni rivojlanishiga ta’sir etuvchi hamkor kasalliklardan ortiqcha vazn, yuqori Q/B, nasliy moyillik, qonda qand miqdorini yuqoriligi va dislipidemiya (giper- yoki gipoxolesterinemiya)ga ustunlik qilishi belgilangan;
o‘smir yoshdagi bolalar orasida surunkali kasalliklardan ko‘p uchraydigan to‘rttasi (AG, QD, BA va semizlik)ni genetik markerlaridan, AGT M235T gomozigot genotipining T alleli arterial gipertoniya kasalligini kelib chiqish havfini sezilarli oshiruvchi; IL-6 genini 174 G/C alleli o‘smir yoshdagi bolalarda qandli diabetni keltirib chiqaruvchi genotip ekanligi; o‘smir yoshdagi bolalarda bronxial astmani rivojlantiruvchi markeri TNF-A genining A alleliga to‘g‘ri kelishi va o‘smir yoshdagi bolalarda semizlik rivojlanishi FTO genining 23525 A/T alleli orasidagi yuqori bog‘liqligini ishonchliligi AA genotipini diagnostik va prognostik ahamiyati yuqoriligi aniqlangan;
o‘smir yoshdagi bolalarda havf omillari konsepsiyasiga asoslangan profilaktik bashoratlash dasturi asosida surunkali noinfeksion kasalliklar, jumladan arterial gipertoniya va semirish kasalliklariga  nasliy moyilligi mavjudligi aniqlangan; o‘smir yoshdagi bolalarda surunkali noinfeksion kasalliklar (AG, QD va BA)ni oldini olish maqsadida to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, kun tartibi va zararli odatlardan voz kechish kabi tavsiyalarni o‘ziga olgan ilmiy asoslangan yondoshuvlar ishlab chiqildi va uning samaradorligi baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘smir yoshdagi bolalarda surunkali noinfeksion kasalliklar rivojlanish xususiyatlari hamda tashxislash  va davolash yondoshuvlari usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijasi asosida:
«O‘smir bolalarda arterial gipertenziya profilaktikasining reabilitatsion yondoshuvlari» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 28 avgustdagi 8n-r/222-son ma’lumotnomasi) mavzusidagi uslubiy tavsiyalar tasdiqlangan. Quyidagi uslubiy tavsiyalarda arterial gipertenziya bilan og‘rigan o‘smir yoshdagi bolalar orasida sog‘lom turmush tarzini yuritish orqaliprofilaktik tadbirlar hamda fiziterapevtik usullar kiritilgan noinfeksion kasalliklarni nomedikamentoz davosi keltirilgan;
«Noinfeksion kasalliklar rivojlanishi havf guruxida bo‘lgan bolalarda profilaktik choralarni takomillashtirish» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 28 avgustdagi 8n-r/221-son ma’lumotnomasi) mavzusidagi uslubiy tavsiyalar tasdiqlangan. Quyidagi uslubiy tavsiyalarda o‘sib borayotgan avlodni salomatligini muqobillashtirish va qobiliyatini saqlash uchun xizmat qiladigan sog‘lom turmush tarzini yuritish orqali kasallik oldini olish tadbirlari hamda fiziterapevtik usullar kiritilgan xolda noinfeksion kasalliklar nomedikamentoz davosi keltirilgan;
Ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashni amaliy tizimiga, shu bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimida: Nukus shahri ShTB; To‘rtkul tumani va Xo‘jayli tumani TTB;  Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi; Surxandar`yo viloyati Angor tuman tibbiyot birlashmasi; Toshkent shahar Yashnabod tuman tibbiyot birlashmasi; Sirdar`yo viloyati Guliston tuman Markaziy ko‘ptarmoqli tuman poliklinikasi va Jizzax viloyati №2-son oilaviy poliklinikasi  tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 24 oktyabrdagi 8n-d/224-son ma’lumotnomasi). O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida shu tasdiqlandiki, o‘smir yoshdagi bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yichaishlab chiqilgan xududiy model` o‘sib borayotgan avlod qobiliyatini saqlash va salomatligini muqobillashtirishning asosiy vositasi sifatida xizmat qilishi mumkin. Mazkur uslublarni qo‘llash natijasida tibbiy, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik mavjud bo‘lib, noinfeksion kasalliklar uchrashi 20,5% ga, davoga ketadigan xarajatni 33%ga va bolalar o‘limi, nogironligi va kasallanishi deyarli 1,5 martaga kamayishi kuzatilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish