Sayt test rejimida ishlamoqda

Ruzibakieva Malika Ruslanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: «Surunkali glomerulonefritli  bemorlarda immunogenetik profilini aniqlash buyrak transplantatsiyasida resipientlarni olib borish taktikasining asosi sifatida»: 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya; 14.00.20 – Tibbiy genetika (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.2.DSc/Tib448.
Ilmiy maslahatchi: Aripova Tamaraxon Uktamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Immunologiya va inson genomikasi instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01 raqamli kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muxamedov Rustam Sultanovich, biologiya fanlari doktori, professor; Ziyadullaev Shuxrat Xudayberdievich, tibbiyot fanlari doktori; Nesterenko Igor` Viktorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Etakchi tashkilot: «Immunologiya instituti DIM» Davlat federal byudjet ilmiy korxonasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali glomerulonefritli bemorlar buyrak transplantatsiyasida resipientlarni olib borish taktikasining asosi sifatida immunogenetik profilini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘zbek populyasiyasida SGN kasallarida va ushbu patologiyaga moyilligi bo‘lganlarda DRB1, DQA1 va DQB1 HLA genlari assotsiatsiyasi, xavf allel variantlari hamda ularning gaplotipik birikmalari aniqlangan;
ilk bor gender farqlanishga qarab, SNG bo‘lgan bemorlarda DRB1, DQA1 i DQB1 lokuslarida  allelllar xamda  II sinf HLA genlari gaplotik ko‘rinishlari chastotasi va tavsifidagi farqlanishlar aniqlangan;
ilk bor o‘zbek poulyasiyasida SGN bo‘lgan bemorlarda IL-1β - 31T/C, -511T/C, +3953 C/T, IL-2  -330T/G, IL-6  -174S/G, IL-10  -592S/A, -819S/T, -1082G/A, IL-17A  -197G/A, TNFA -308G/A va -238G/A sitokinlar genlarining polimorfizmi aniqlangan,  surunkali glomerulonefrit bo‘lgan bemorlar guruhida yallig‘lanishga xos xususiyatiga ega IL-1 - 31T/C –T, IL-1 +3953 C/T - T,T/T, IL-2 -330T/G – G, IL-6 -174S/G - G/G, IL-17A -197G/A- A, A/A, FNO-A -308G/A - A, A/A allellari ushbu patologiyaga moyillik rivojlanishi bilan bog‘liqligi isbotlangan; 
ilk bor surunkali glomerulonefritli bemorlarda angiotenzinga aylantiruvchi ferment (I/D ASE), angiotenzinogen AGT), I tipdagi angiotenzin-II reseptori (-1166A/S AGTR1), sitoxrom ZA5 (+6986G/A CYP3A5) genlari polimorfizmlari kompleks aniqlangan; 
(I/D ASE), angiotenzinogen AGT), I tipdagi angiotenzin- II reseptori (-1166A/S AGTR1), sitoxrom ZA5 (+6986G/A CYP3A5) genlari polimorfizmlari o‘zbek populyasiyasida SGN rivojlanishi bilan bog‘liq emasligi asoslangan;
ilk bor SGN bo‘lgan bemorlarda AG sindromi rivojlanishi va  uning darajasi, gender farqiga mos markerlari I/D ASE, -235M/TAGT, -1166A/S AGTR1 genlari polimorfizmlarining o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor buyrak transplantatsiyasidan so‘ng SGN bo‘lgan bemorlarda +6986G/A CYP3A5 (GG genotipi +6986A CYP3A5 tashuvchilarida qondagi takrolimusning o‘rtacha konsentratsiyasi +G6986A CYP3A5 GA genotipi egalaridan ortiq) genotipining takrolimus konsentratsiyasi bilan bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali glomerulonefritli bemorlar buyrak transplantatsiyasida resipientlarni olib borish taktikasining asosi sifatida immunogenetik profilini aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
«Surunkali glomerulonefrit bo‘lgan bemorlarning HLA tizimi genetik profili asosida buyrak transplantatsiyasida immunosupressiv terapiya taktikasini tanlash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 11 iyundagi 8n-d/70-son ma’lumotnomasi). Mazkur  uslubiy tavsiyanoma surunkali glomerulonefrit bo‘lgan bemorlarni erta aniqlash,  HLA tizimi genetik profili asosida o‘z vaqtida immunosupressiv davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga xizmat qilgan;
«Buyrak transplantatsiyasida CYP3A5 polimorfizmini hisobga olib, takrolimus dozasini optimallashtirish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 11 iyundagi 8n-d/70-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma buyrak transplantatsiyasida operatsiyagacha bo‘lgan davrda CYP3A5 polimorfizmini aniqlash va o‘z vaqtida takrolimusni dozasini  tanlashga  xizmat qilgan;
surunkali glomerulonefritli bemorlar buyrak transplantatsiyasida resipientlarni olib borish taktikasining asosi sifatida immunogenetik profilini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, akad.V.V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilan ilmiy-amaliy buyrak transplantatsiyasi va nefrologiya tibbiyot markazi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi amaliyotlariga  joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 oktyabrdagi 8n-z/136-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar surunkali glomerulonefritli bemorlar buyrak transplantatsiyasida asoratlarni erta tashhislash, shaxsga xos davolash va ishlab chiqilgan davolash chora-tadbirlari natijasida ularni shifoxanada davolanish muddatini qisqartirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish