Nadirxanova Natal`ya Suratovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zotiljam bilan kasallangan homiladorlarda akusherlik va perinatal asoratlarini oldini olish va korreksiyalash tamoyillarini klinik-patogenetik asoslash», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Tib357.
Ilmiy maslahatchi: Asatova Munira Yusupovna, tibbiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti DSc. 04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kurbanov Djaxongir Djamalovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Negmatjonov Baxodur Boltaevich tibbiyot fanlari doktori, professor; Raximova Dilorom Alimovna tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zotiljam bilan kasallangan hamiladorlarda akusherlik va perinatal asoratlarni oldini olish va korreksiyalash tamoyillarni klinik-patogenetik asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor retrospektiv va prospektiv tadqiqotlar asosida O‘RVI, zotiljam va jigar-hujayraviy etishmovchiligi bo‘lgan homiladorlarda akusherlik va perinatal asoratlar (bola tashlash xavfi, qo‘g‘anoq suvlari ko‘pligi va kamligi, muddatdan avval ketishi, muddatdan avvalgi tug‘ruqlar) yuzaga kelishi isbotlangan;
ilk bor O‘RVI va zotiljam bo‘lgan ayollarda tug‘ruq kechishi og‘irligi, jarrohlik amaliyot hajmi va uslubi xamda homiladorlik kechishi va yakuni bilan proporsional bog‘liqligi asoslangan;
ilk bor jigar-hujayraviy etishmovchligi asorati va zotiljam bo‘lgan homiladorlarda abdominal tug‘ruqqa ko‘rsatma va jarrohlik amaliyoti hajmini kengaytirishga ko‘rsatmalar ortishi isbotlangan;
O‘RVI va zotiljam bo‘lgan homiladorlarda jigarning funksional holati va gemostaz tizimi faoliyati ko‘rsatkichlari miqdorlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq akusherlik asoratlari rivojlanishi yuzaga kelishi aniqlangan;
O‘RVI, zotiljam va jigar-hujayraviy etishmovchiligi bo‘lgan homiladorlarda onalar o‘limi va perinatal yo‘qotishlar darajasining ortishi bilan o‘zaro korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zotiljam bilan kasallangan homiladorlarda akusherlik va perinatal asoratlarini oldini olish va korreksiyalash tamoyillarini klinik-patogenetik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Homiladorlarda zotiljamni davolashga zamonaviy yondashuvlar» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 13 iyuldagi 8n-d/91-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma xomiladorlarda zotiljamni erta aniqlash, kasallik kechishini bashorat qilish va o‘z vaqtida davolashning zamonaviy chora-tadbirlarini qo‘llashga xizmat qilgan;
«Jigar-hujayraviy etishmovchilik sindromi bo‘lgan homiladorlarni olib borish taktikasi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 13 iyuldagi 8n-d/91-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma jigar-hujayraviy etishmovchilik sindromi bo‘lgan homiladorlarni erta aniqlash, kuzatish taktikasi belgilash xamda homiladorlikda yuqori xavf omillari bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlarni kamaytirishga xizmat qilgan;
zotiljamli homiladorlarda akusherlik va perinatal asoratlarini oldini olish va korreksiyalash tamoyillarini klinik-patogenetik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan,
Respublika akusherlik va ginekologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi, Xorazm va Farg‘ona viloyatlari perinatal markazlari amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 19 oktyabrdagi 8n-z/120-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar xomiladorlarda o‘tkir respirator virusli infeksiya va zotiljamni oldini olish, jigar-hujayraviy etishmovchilik sindromini erta aniqlash, kasallik asoratlarini kamaytirish xisobiga akusherlik va perinatal yo‘qotishlarni pasaytirish hamda ularni statsionarda davolanish muddatini qisqartirish bilan tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirishga imkon yaratgan.