Muxitdinov Ulugbek Bashrullaevichning
doktorlik (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali yiringli o‘rta otitlarning zamonaviy tashxisi va davolash samaradorligini oshirish», 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib38.
Ilmiy maslahatchi: Amonov Shavkat Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya medisina instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Diab Xassan Moxamad Ali, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya); Shayxova Xolida Erkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Djaxangir Fazliddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Astana tibbiyot universiteti (Qozoqiston).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali yiringli o‘rta otitni jarroxlik amaliyotida timpanoplastika usulini tanlashga differensiatsiyalangan yondashuvni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali yiringli o‘rta otitning turli shakllarida o‘rta quloqning xolatini baxolashda klinik, audiologik, nurli va endoskopik tekshirish natijalarini har tomonlama taxlil materiallari orqali olingan natijalar asoslangan;
nog‘ora pardadagi teshikning hajmi va lokalizatsiyasi inobatga olingan xolda timpanoplastika uchun xondroperixondrium, perixondrium va chakka fassiyasi automateriallarini tanlash isbotlangan;
surunkali yiringli o‘rta otitda timpanoplastika uchun turli materiallardan foydalanishda olingan anatomik va funksional natijalarga birinchi marta qiyosiy baholash va neotimpanal loskutni yoshga nisbatan yashab ketishi xususiyati va samaradorligi asoslangan;
surunkali yiringli o‘rta otitni davolashda qo‘llaniladigan mikrojarrohlik davolash usulining samaradorliligi isbotlangan;
surunkali yiringli o‘rta otit bilan xastalangan bemorlarni davolashni maqbullashtirish uchun keng qamrovli klinik ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali yiringli o‘rta otitlarning zamonaviy tashxisi va davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Timpanoplastika usuli» bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (28.05.2020 y., №IAP 06231). Ushbu usul eshitish tizimi pasaygan aholining turli qatlamlari orasida quloqning nog‘ora pardasining jarrohlik amaliyoti natijasida autotransplantatning mustahkam bitishi, eshitish zaifligini samarali davolash natijasida eshitish tizimining faoliyatining tiklash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
«Surunkali yiringli o‘rta otitni tashxislashning zamonaviy jihatlari va uni davolash usullarini maqbullashtirishni tashxislash va davolash algoritmi» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 27 dekabrdagi 8N-r\197-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali yiringli o‘rta otit bilan xastalangan bemorlarni mikrojarrohlik yo‘li bilan davolashga va eshitish zaifligini og‘irlik darajsini oshirish va oldini olish samaradorligini oshirish imkoni bergan;
«Neotimpanal membranani tiklashning mikrojarrohlik usuli» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 19 fevraldagi 8N-r\55-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma neotimpanal membranani tiklashning mikrojarrohlik usuli qo‘llash orqali kasallikni samarli davolash tartibini yaxshilash imkonini bergan;
Surunkali yiringili o‘rta otitlarning zamonaviy tashxisi va davolash samaradorligini oshirishga qaratilgan davolash tartibini oshirish va oldini olish chora-tadbirlarni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasiga qarashli bosh tibbiy boshqarmasi qoshidagi 2-klinik shifoxonasi, Buxoro va Jizzax viloyatlari ko‘p taromoqli tibbiyot markazlarining klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 04 noyabrdagi 8n-z/185-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi ishlab chiqilgan mikrojarrohlik usulini surnkali yiringli o‘rta otit bilan xastalangan bemorlarda qo‘llash orqali davolash sifatini 13,3% yaxshilash, iqtisodiy samaradorlik esa 1,8 marotabadan oshirish orqali kasallikni samarali davolash tartibini optimallashtirish imkonini bergan.