Miliev Suvonqulning 
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Global ilmiy-badiiy talqin poetikasi», 10.00.07 – Adabiyot nazariyasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/Fil197.
Ilmiy maslahatchining familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.02/30.12.2019. Fil.46.01 
Rasmiy opponentlar: Boltaboev Hamidulla Ubaydullaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Quronov Dilmurod Haydaralievich, filologiya fanlari doktori, professor; Ahmedova Shoira Nematovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: global ilmiy-badiiy talqin muammosini adabiy-estetik kategoriya sifatida aniqlashtirish, uning struktur va qiyosiy-tipologik tahlillar bilan bog‘liqligi, badiiy adabiyotni teran va samoviy mezonlarda o‘rganish – adabiyot falsafasi global ilmiy-badiiy talqin ekanligining ilmiy-nazariy asoslarini belgilashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallashuv insoniyat ilmiy va badiiy tafakkurida keskin o‘zgarish yasagani tadqiqotning nazariy asosi sifatida qayd etilgan;
badiiy asar va badiiy matnning global ilmiy-badiiy talqini adabiy-estetik kategoriya sifatida asoslangan;
leksik ma’no bilan badiiy ma’noning mushtarak va farqli jihatlari, badiiy ma’no sifat va miqyos jihatidan yangi hodisa ekanligi dalillangan;
global ilmiy-badiiy talqin badiiy ma’noning universal miqyos, falsafiy teranlik va irfoniy mohiyat kasb etishi ilmiy asoslangan;
struktur tahlil global ilmiy-badiiy talqin vositasi, struktur tafakkur badiiy matnni anglash va sharhlashda metodologik yo‘l sifatida dalillangan;
badiiy asar strukturasida uchlik (triada) prinsipining badiiy funksiyasi “O‘tkan kunlar” romani misolida ochib berilgan;
mumtoz g‘azalda bayt strukturasida qiyos usulining yetakchilik qilishi hamda bayt poetik ma’nosini ochishdagi xizmati ilmiy dalillangan;
qiyosiy-tipologik usul global ilmiy-badiiy talqin qurollaridan biri sifatida asoslab berilgan;
adabiyot falsafasi yangi ilmiy yo‘nalish sifatida mohiyatan global ilmiy-badiiy talqin ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Global ilmiy-badiiy talqin muammosi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
“Globallashuv va badiiy adabiyot”, “globallashuv”, “global xavfsizlik”, “global muammolar”, “globallashuv tushunchasi va uning yetakchi belgilari” haqidagi ilmiy-nazariy qarashlari va xulosalardan  FA-F8-32 raqamli “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligini nashrga tayyorlash va uni tekstologik o‘rganish masalalari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zR FAning 2020 yil 23 iyundagi №3/1255-1302-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek fol`klori va adabiyoti tarixini yaratishda ilmiy-badiiy talqinning yangicha metodologik asoslari amaliyotga kiritilgan; 
ilk badiiy talqinlar, globallashuvning ijtimoiy muammo sifatida o‘rganilishi borasida chiqarilgan ilmiy-nazariy xulosalardan F1-FA-055746 raqamli “Markaziy Osiyo xalqlari qo‘lyozma yodorliklarini tadqiq etish. O‘zbekiston shoir va yozuvchilari arxivini ilmiy tavsifi va nashr qilish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zR FAning 2020 yil 23 iyundagi №3/1255-1302-son ma’lumotnomasi). Natijada struktur tahlilning nazariy asoslari, uning badiiy asar tadqiqida qo‘llanish prinsiplari ijodkorlar arxividagi badiiy asarlarni tasniflash va talqin qilishga xizmat qilgan;
Alisher Navoiy ijodi bo‘yicha chiqarilgan yangi ilmiy talqinlar va umumiy ilmiy-nazariy xulosalardan A-1-118 raqamli “Alisher Navoiy obrazining tasvir va talqinlariga oid o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash va nashr etish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 sentyabrdagi №89-03-3304-son ma’lumotnomasi). Natijada, Alisher Navoiy asarlarining global ilmiy-badiiy talqinini boyitishga asos bo‘lgan;
global ilmiy-badiiy tahlil, globallashuv va tipologiya, Abdulla Qodiriy va Shekspir asarlari o‘rtasidagi badiiy mushtarakliklarga doir chiqarilgan ilmiy-nazariy xulosalardan Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi Nizomiy nomidagi Adabiyot institutining “Ozarbayjon-Turkmaniston-O‘zbekiston adabiy aloqalari” bo‘limida ozarbayjonlik o‘zbekshunoslar tomonidan foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Adabiyot institutining 2020 yil 16 iyundagi ma’lumotnomasi), Natijada global tahlilning adabiy falsafiy asoslari haqidagi bilimlarni kengaytirishga erishilgan;
global ilmiy-badiiy talqin va badiiy ma’noning universal miqyosi, falsafiy teranlik va irfoniy ma’no, struktur tahlil global ilmiy-badiiy talqinning asosiy metodlardan biri ekani, mumtoz g‘azaliyotda ilk baytning poetik ma’nosini ifodalashdagi funksional vazifasi xususidagi ilmiy-nazariy xulosalardan Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi Nizomiy nomidagi Adabiyot institutining “Ozarbayjon-Turkmaniston-O‘zbekiston adabiy aloqalari” bo‘limida ozarbayjonlik o‘zbekshunoslar tomonidan foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Adabiyot institutining 2020 yil 16 iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiy g‘azaliyotida bayt strukturasi haqidagi ilmiy xulosalar loyiha uchun nazariy manba sifatida xizmat qilgan;
O‘zbekiston teleradiokompaniyasining Alisher Navoiy poetikasini o‘rganishda ko‘tarilgan muammolariga doir amaliy materiallardan ayrim ko‘rsatuvlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning 2020 yil 28 maydagi 02-02-651-son ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zbekiston telekanali”da tayyorlanib, efirga uzatilgan “Tilga e’tibor – elga e’tibor”, “Assalom, O‘zbekiston!”, “Munosabat” kabi ko‘rsatuvlarning saviyasi oshirilishiga erishilgan;
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiy tanqid va adabiyotshunoslik bo‘limining 2019-2020 yillar davomida o‘tkazgan turli yig‘ilish va muhokamalarida dissertatsiya ilmiy natijalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2020 yil 28 maydagi № 01-03-06-/524-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertantning qarashlari asosida qiyosiy tipologik usul global ilmiy-badiiy talqinning ilmiy-metodologik qurollaridan biri sifatida qiyoslangan hodisa va ma’nolarni boyitadi, muayyan darajada  o‘zgartiradi degan ilmiy xulosaga kelingan;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Alisher Navoiy badiiyatini o‘rganishda ko‘tarilgan muammolariga oid amaliy materiallardan ayrim eshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston DUK”ning 2020 yil 12 oktyabrdagi 04-25-934-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston teleradiokanalida tayyorlanib, efirga uzatilgan “Tilga e’tibor”, “Bedorlik”, “Adabiy jarayon” kabi eshittirishlarning mavqei oshirilishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish