Sayt test rejimida ishlamoqda

Adizova Ikboloy  Istamovnaning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uvaysiy she’riyatida poetik tafakkurning yangilanishi”. 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Fil237.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xliev Boqijon, filologiya fanlari doktori, professor; Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori, professor; Erkinov Aftondil Sodirxonovich, filologiya fanlari doktori.
Etakchi tashkilot: O‘zRFA Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Uvaysiy she’riyatida poetik tafakkurning yangilanish tamoyillarini belgilashda  muhim vazifani bajaruvchi mumtoz adabiy an’analarning o‘rni,  lirik qahramon tabiati, ramz va obraz munosabati, timsol yaratish mahorati, janrlar takomili, dostonnavislikdagi o‘ziga xosligi,  qofiya, radif va badiiy san’atlarni qo‘llash tamoyillari masalalarini ilmiy asoslashdan  iborat.    
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jahonotin Uvaysiy she’riyatida mumtoz an’anaga individual ijodiy tafakkur mezonlaridan kelib chiqib yondashish poetik mazmunning yangilanishi uchun asos vazifasini o‘taganligi misollar orqali ilmiy dalillangan;
shoira she’riyatining timsollar tizimidagi yangilanish, mavjudlariga o‘zgacha rakursdan qarash tamoyillari hamda ramz va obraz munosabatlari kesimida may, soqiy, bozor, ishq kabi tushunchalar maxsus, keng qamrovda ochib berilgan; 
Uvaysiy ijodida an’anaviy janrlar yangi qirralarining kashf etilishi va  yanada takomillashuv imkoniyatlari, harora g‘azal, fard, musallas, chiston kabi noyob janrlarning o‘rni hamda taraqqiyotida shoira mahoratining o‘ziga xos yuksalganligi asoslangan; 
shoira she’riyatida qofiya, radif va badiiy san’atlarning qo‘llanishida uslubiy o‘ziga xosliklar, ulardan foydalanishda badiiylik mezonlari va  irfoniy ma’nolarni oydinlashtirish tamoyillari aniqlangan;
Uvaysiy dostonlarining Sharq mumtoz adabiyoti sayyor syujetlari tizimidagi o‘rni, etakchi voqelik tarkibidagi lirik janrlar, lirik chekinishlarning o‘ziga xos kompozision va badiiy ifoda xususiyatlari ilk bor qiyosiy aspektda misollar bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uvaysiy she’riyatida poetik tafakkurning yangilanishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Jahonotin Uvaysiy  ijodida adabiy ta’sir, mumtoz obrazlar ko‘lami borasidagi ilmiy-nazariy xulosalardan F1-02 raqamli «Adabiyotshunoslik tarixining fundamental tadqiqi» (2012-2016) mavzuidagi fundamental loyihada  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 21 sentyabrdagi 89-03-3420-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Uvaysiy she’riyati milliy ma’naviyatimiz, qadriyatlarimizni boyitishda muhim adabiy hodisa bo‘lib, uni chuqur o‘rganish mumtoz adabiyot tarixi va adabiyotshunosligining ko‘plab dolzarb muammolarini echishga xizmat qilgan;  
poetik ifoda usullariga oid qarashlar, janrlar takomili, qofiya, radif va badiiy san’atlarning qo‘llanilish tamoyillariga  doir ilmiy-nazariy xulosalar va tavsiyalardan  A-1-118 raqamli «Navoiy obrazining tasvir va talqinlariga oid o‘quv qo‘llanmasini tayyorlsh va nashr etish» (2015-2017) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 21 sentyabrdagi 89-03-3420-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, badiiy ijoddagi poetik tafakkurning yangilanishi bilan bog‘liq yangicha talqinlar, ilmiy echimlar va xulosalar Alisher Navoiy «Xamsa» dostonlarini qiyosiy o‘rganishda muhim nazariy manba vazifasini o‘tagan; 
tadqiqot mazmuni yuzasidan e’lon qilingan maqolalardagi muhim ilmiy-nazariy xulosalardan ITD-1-098 raqamli «Yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda Alisher Navoiy adabiy-pedagogik qarashlarining o‘rni va ahamiyati» ( 2012-2014) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 21 sentyabrdagi 89-03-3420-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Qo‘qon adabiy muhiti vakillari asarlari bilan qiyosiy aspektda o‘rganilishi Navoiy ijodining ko‘lami va mahorat qirralarini keng qamrovda namoyon etish va yoshlarimizni milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash imkonini bergan; 
dissertatsiya natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O’zbekiston»  telekanalida turkum ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil  14 sentyabrdagi 22-4-35-78-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlar ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilib, ularningn ilmiy-ma’rifiy saviyasi oshgan;
tadqiqot natijalaridan «O‘zbek adabiyoti tarixi (XVI-XIX asr I yarmi)» 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bosqichi talabalari uchun darslik yaratishda muallif sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyul` 654-sonli buyrug‘iga asosan nashr etilgan).

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish