Sayt test rejimida ishlamoqda

Astanakulov Olim Tashtemirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korxonalar investisiya faoliyati tahlili metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Iqt188.
Ilmiyrahbar:Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkentmoliyainstituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Isroilov Bohodir Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dusmuratov Rajabboy Davletboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Etakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxonalar investisiya faoliyati tahlili metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxonalar investisiya faoliyati tahlilning an’anaviy ko‘rsatkichlar tizimini ekologik va ijtimoiy tahlil ko‘rsatkichlari orqali baholash imkoniyatini beradigan samaradorlik ko‘rsatkichlar majmuasi ishlab chiqilgan;
tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilishda investisiya loyihalari tahlili va monitoringini o‘tkazish tashqi va ichki muhit hamda loyiha bosqichlari asosida takomillashtirilgan;
korxonalarda investisiya samaradorligi o‘zgarishiga mul`tiplikativ modeldan foydalangan holda ta’sir etuvchi omillar tasnifi hamda uning ta’sirini hisoblash metodikasi taklif etilgan;
investisiya loyihalarining qoplanish muddatlarini noaniq to‘plamlar nazariyasi asosida tashkiliy-uslubiy mezonlarini yaxshi, o‘rta va yomon daraja bilan baholash hamda tahlil qilish metodikasi taklif etilgan;
korxonalar investisiya faoliyati samaradorligini tahlil qilishda maqbul boshqaruv qarorlarini qabul qilishni ta’minlaydigan uchta ssenariy bo‘yicha sof foydaning yillar bo‘yicha o‘zgarishi prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxonalar investisiya faoliyati tahlili metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
korxonalar investisiya faoliyati tahlilning an’anaviy ko‘rsatkichlar tizimini ekologik va ijtimoiy tahlil ko‘rsatkichlari orqali baholash imkoniyatini beradigan samaradorlik ko‘rsatkichlar majmuasidan foydalanish bo‘yicha taklif 5A230901-“Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” mutaxassisligi talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiyot sub’ektlari moliyaviy holati tahlili” fani bo‘yicha darslikka kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-son buyrug‘i,  359-265 raqamli guvohnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish natijasida tahlil metodologiyasi, shuningdek samaradorlikni belgilovchi ko‘rsatkichlar tizimi korxonalarda investisiya faoliyati tahlilini takomillashtirishga hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan;
tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilishda investisiya loyihalari tahlili va monitoringini o‘tkazish tashqi va ichki muhit hamda loyiha bosqichlari asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi investisiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning sifat jihatidan yangi tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5717-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 1 noyabrdagi 06/04-01-32/3488-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish korxonalarda investisiya loyihalarini amalga oshirilish muddatlarini muntazam monitoringini amalga oshirish asosida samarali va operatsion boshqaruv qarorlarini qabul qilinishiga xizmat qilgan;
korxonalarda investisiya samaradorligi o‘zgarishiga mul`tiplikativ modeldan foydalangan holda ta’sir etuvchi omillar tasnifi hamda uning ta’sirini hisoblash bo‘yicha taklif 5A230901-“Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” mutaxassisligi talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiyot sub’ektlari moliyaviy holati tahlili” fani bo‘yicha darslikka kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 359-265-son guvohnoma) hamda O‘zbekiston Metallurgiya kombinati” AJ tomonidan investisiya faoliyatini tahlil qilishda foydalanilgan (“O‘zbekiston Metallurgiya kombinati” AJning 2020 yil 1 iyundagi 01/05-01/02-217-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifmul`tiplikativ model asosida investisiya faoliyati tahlili metodikasini takomillashtirishga hamda ta’lim sifatini oshirishga, shuningdek, korxonalar investisiya faoliyatidan olingan samaradorlikka ta’sir etuvchi omillar tasnifi hamda ularning ta’sirini hisoblash imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilgan;
investisiya loyihalarining qoplanish muddatlarini noaniq to‘plamlar nazariyasi asosida tashkiliy-uslubiy mezonlarini yaxshi, o‘rta va yomon daraja bilan baholash hamda tahlil qilish bo‘yicha taklif “O‘zbekiston Metallurgiya kombinati” AJ tomonidan 02-198-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan hisob siyosatida o‘z aksini topgan (“O‘zbekiston Metallurgiya kombinati” AJning 2020 yil 1 iyundagi 01/05-01/02-217-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish korxonalarda investisiya loyihalarining qoplanish muddatlarini tahlil qilish va baholash imkoniyatini aniq mezonlar asosida amalga oshirishga xizmat qiladi;
korxonalar investisiya faoliyati samaradorligini tahlil qilishda maqbul boshqaruv qarorlarini qabul qilishni ta’minlaydigan uchta ssenariy bo‘yicha sof foydaning yillar bo‘yicha o‘zgarishi prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish bo‘yicha taklif “O‘zbekiston Metallurgiya kombinati” AJ tomonidan pandemiya sharoitida 02-198-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan hisob siyosatida o‘z aksini topgan (“O‘zbekiston Metallurgiya kombinati” AJning 2020 yil 1 iyundagi 01/05-01/02-217-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish mezonlarga asoslangan prognoz ko‘rsatkichlari asosida, inqiroz sharoitida maqbul boshqaruv qarorlarini qabul qilishda korxonalar investisiya faoliyati samaradorligini tahlil qilish ko‘rsatkichlar tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish