Daukeeva Aydin Oralbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak o‘qituvchilarning akmeologik kompetentligini rivojlantirishning psixologik-pedagogik shartlari», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1254.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Urazova Marina Batirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Raximov Baxtiyor Xudaybergenovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy pedagogik ta’lim tizimida bo‘lajak o‘qituvchilar akmeologik kompetentligini rivojlantirishning psixologik-pedagogik shartlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarning akmeologik kompetentligini rivojlantirish tuzilmasi (kognitiv, regulyativ, refleksiv, normativ, kommunikativ) motivatsion-shaxsiy sifatlar, operatsional akmeologik bilim va ko‘nikmalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayoniga produktiv tatbiq etilishining interaktivligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning akmeologik kompetentligini rivojlantirish modelining amaliy-texnologik komponenti psixodiagnostik, rivojlantiruvchi, konsul`tatsion, korreksion metodlarni kasbiy sohaga maqsadli adaptiv qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning akmeologik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari (innovatsion muhitni o‘rganish, sub’ektiv pozisiya, intellektual qobiliyat, o‘z-o‘zini aktuallashtirish) ijtimoiy-perseptiv, autopsixologik mexanizmlarni indentivligini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilar akmeologik kompetentligini rivojlantirishning diagnostik tizimi (bosqchilari, mezonlari, vositalari) talabalarda kasbiy moslashuv, pedagogik mahoratni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan akmeologik muhit barqarorligi maqbulligini bevosita hisobga olish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarda akmeologik kompetentlikni rivojlanti¬rishning psixologik-pedagogik shartlarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarning akmeologik kompetentligini rivojlantirish tuzilmasini aniqlashtirish, motivatsion-shaxsiy sifatlar, operatsional akmeologik bilim va ko‘nikmalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayoniga produktiv tatbiq etilishining interaktivligini ta’minlashga doir taklif va tavsiyalar bakalavriat bosqichining “Pedagogika va psixologiya” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Psixodiagnostika hәm eksperimental psixologiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 avgustdagi 744-son buyrug‘i, 744-105 raqamli guvohnoma). Natijada, ushbu taklif va tavsiyalar bo‘lajak pedagog-psixologlarda akmeologik bilimlarni rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning akmeologik kompetentligini rivojlantirish modelining amaliy-texnologik komponentini takomillashtirish, psixodiagnostik, rivojlantiruvchi, konsul`tatsion, korreksion metodlarni kasbiy sohaga maqsadli adaptiv qo‘llash, bo‘lajak o‘qituvchilarning akmeologik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlarini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalar bakalavriat bosqichining “Pedagogika va psixologiya” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Shaңaraq psixologiyasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyuldagi 654-son buyrug‘i, 654-114 raqamli guvohnoma).Natijada, bo‘lajak pedagog-psixologlarning akmeologik kompetetligini rivojlantirishning autopsixologik asoslarini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning akmeologik kompetentligini rivojlantirishning diagnostik tizimini takomillashtirish, talabalarda kasbiy moslashuv, pedagogik mahoratni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan akmeologik muhit barqarorligining maqbulligini ta’minlashga doir amaliy tavsiyalardan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash muammolari” (2012-2014 yy.) amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 martdagi 89-03-966-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning akmeologik kompetentligini rivojlanganlik darajasini baholash samaradorligini oshirishga erishilgan.