Shokirov Alisher Jo‘raboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Takroriy ekinda oqbosh karam (Brassica capitata Lizg.) etishtirish texnologiyasining ilmiy va amaliy asoslari”, 06.01.06 − Sabzavotchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Qx159.
Ilmiy maslahatchi: Azimov Botir Djuraevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/28.08.2020.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Aramov Muzaffar Xoshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Sanaev Sobir Toirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oqbosh karamning kechki navlarini g‘alladan bo‘shagan erlarda takroriy ekin sifatida etishtirish texnologiyasining samarali elementlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor o‘tloqi-bo‘z tuproq sharoitida kuzgi g‘alla ekinlaridan bo‘shagan maydonlarda kechki muddatda takroriy ekinda etishtirishda samarali bo‘lgan oqbosh karamning istiqbolli navlari tanlangan;
kechki muddatda takroriy ekin sifatida etishtirishda oqbosh karamdan eng yuqori va sifatli hosil olishni ta’minlovchi maqbul ekish sxemalari va ekish muddatlari aniqlangan;
kechki muddatda takroriy ekinda etishtirishda oqbosh karam hosildorligini maksimal oshirishga imkon beruvchi oziqlantirish va sug‘orish me’yorlari ishlab chiqilgan;
tanlangan istiqbolli navlar o‘simliklaridagi fenologik, biometrik, morfologik hamda xo‘jalik ko‘rsatkichlarining navga, ekish sxemasiga, ekish muddatiga, oziqlantirish va sug‘orish me’yoriga o‘zaro bog‘liqlik variatsiyasi (V, %) va korrelyasiya koeffisienti (r) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent viloyati sharoitida oqbosh karamning kechki navlarini g‘alladan bo‘shagan erlarda takroriy ekin sifatida etishtirish texnologiyasining samarali elementlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
dehon va fermer xo‘jaliklari uchun «Yozgi muddatda oqbosh karam etishtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar», «G‘alladan bo‘shagan maydonlarda oqbosh karam etishtirishda sug‘orish va o‘g‘itlash tartibotlari bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar», «Takroriy muddatda oqbosh karam etishtirishda nav namunalari, ekish muddatlari va ekish sxemalari bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar» va «Kechki muddatda takroriy ekin holida oqbosh karamni etishtirishda o‘g‘itlash me’yorlari va sug‘orish tartiboti bo‘yicha tavsiyalar» nomli tavsiyanomalar tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 13 avgustdagi 07/029-2469-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanomalar dehqon, fermer xo‘jaliklari ekin maydonlarida takroriy ekinda oqbosh karamdan yuqori va sifatli hosil etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
turli me’yordagi mineral o‘g‘itlar va sug‘orish tartibining oqbosh karam navlari hosildorligiga ta’sirini ilmiy asoslash ishlanmasi Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi «Sarkor», «Samandar Agro Zamin» va «Olimjon Feruzbek dalasi» fermer xo‘jaliklarida 9 gektar, Bekobod tumanidagi «Azamatjon Maxliyo», «Oybek Mirishkor agro»  va «Ko‘rkam MChJ» fermer xo‘jaliklarida 6 gektar va Oqqo‘rg‘on tumanidagi «Axmedovlar», «Shodlik Agrofirma» va «Yo‘lchi o‘g‘li Akrom» fermer xo‘jaliklarida 6 gektar, jami 21,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 13 avgustdagi 07/029-2469-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida hosildorlikni 115-161% gacha oshirishga erishilgan, iqtisodiy samaradorlik gektaridan o‘rtacha 17-19 mln so‘mni tashkil etgan;
yozgi muddatda oqbosh karam navlarining maqbul ekish muddatlari va sxemasi yoki ko‘chat qalinligini ilmiy asoslash ishlanmasi Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi «Sarkor», «Samandar Agro Zamin» va «Olimjon Feruzbek dalasi» fermer xo‘jaliklarida 9 gektar, Bekobod tumanidagi «Azamatjon Maxliyo», «Oybek Mirishkor agro»  va «Ko‘rkam MChJ» fermer xo‘jaliklarida 6 gektar va Oqqo‘rg‘on tumanidagi «Axmedovlar», «Shodlik Agrofirma» va «Yo‘lchi o‘g‘li Akrom» fermer xo‘jaliklarida 6 gektar, jami 21,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 13 avgustdagi 07/029-2469-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida hosildorlikni 112-128% gacha oshirishga erishilgan, iqtisodiy samaradorlik gektaridan o‘rtacha 7-10 mln so‘mni tashkil etgan;
oqbosh karam navlari, ekish muddatlari va ekish sxemalarining o‘simlikning o‘sishi va mahsuldorligiga ta’sirini ilmiy asoslash ishlanmasi Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi «Sarkor», «Samandar Agro Zamin» va «Olimjon Feruzbek dalasi» fermer xo‘jaliklarida 9 gektar, Bekobod tumanidagi «Azamatjon Maxliyo», «Oybek Mirishkor agro» va «Ko‘rkam MChJ» fermer xo‘jaliklarida 6 gektar va Oqqo‘rg‘on tumanidagi «Axmedovlar», «Shodlik Agrofirma» va «Yo‘lchi o‘g‘li Akrom» fermer xo‘jaliklarida 6 gektar, jami 21,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 13 avgustdagi 07/029-2469-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida hosildorlikni 110-112% gacha oshirishga erishilgan, iqtisodiy samaradorlik gektaridan o‘rtacha 4-7 mln so‘mni tashkil etgan;
navlar, sug‘orish tartiboti va o‘g‘itlash me’yorining oqbosh karamning o‘sishi va rivojlanishiga ta’sirini ilmiy asoslash ishlanmasi Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi «Sarkor», «Samandar Agro Zamin» va «Olimjon Feruzbek dalasi» fermer xo‘jaliklarida 9 gektar, Bekobod tumanidagi «Azamatjon Maxliyo», «Oybek Mirishkor agro» va «Ko‘rkam MChJ» fermer xo‘jaliklarida 6 gektar va Oqqo‘rg‘on tumanidagi «Axmedovlar», «Shodlik Agrofirma» va «Yo‘lchi o‘g‘li Akrom» fermer xo‘jaliklarida 6 gektar, jami 21,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 13 avgustdagi 07/029-2469-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida hosildorlikni 112-113% gacha oshirishga erishilgan, iqtisodiy samaradorlik gektaridan o‘rtacha 11-14 mln so‘mni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish