Umurzakov Abdukarim Abduxakimovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Lalmikor maydonlar uchun no‘xatning tashqi muhit noqulay omillariga chidamli yangi navini yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Qx410.
Ilmiy rahbar: Siddiqov Risqul Ergashboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti G‘allaorol ilmiy-tajriba stansiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: no‘xatning “Guliston” navi (№ NAR 00167). O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2020 yil 26 oktyabrdagi 01-04/1670-sonli xulosasi.
II. Tadqiqotning maqsadi: Lalmi erlar uchun qimmatbaho xo‘jalik belgi va xususiyatlariga ega bo‘lgan no‘xat navlarini yaratishda boshlang‘ich manbalarni tanlash, ularni seleksiya jarayoniga tavsiya etish hamda qurg‘oqchilikka, issiqlikka, kasalliklarga chidamli, serhosil no‘xat navlarini yaratish va yangi yaratilgan navlarni ishlab chiqarishga keng maydonlarda joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor O‘zbekiston lalmikor mintaqalarida geografik kelib chiqishi turlicha bo‘lgan xorijiy yangi nav namunalari va tizmalarning mahsuldorligi, ertapisharligi, qurg‘oqchilikka, issiqlikka hamda kasalliklarga chidamliligi kabi belgi va xususiyatlari o‘rganildi hamda tashqi muhitning noqulay sharoitlariga chidamli, serhosil no‘xat navlarini yaratish uchun boshlang‘ich manbalar yaratilgan;
lalmikor maydonlarda tanlangan no‘xat nav namunalari va tizmalari to‘liq seleksiya jarayoni bosqichlarida qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha baholash ishlari amalga oshirilib, “Guliston” navi yaratilgan;
yangi yaratilgan no‘xatning “Guliston” navi qurg‘oqchilikka, issiqqa, kasalliklarga chidamligi, lalmikor maydonlarda etishtirishga mosligi, ekishga tavsiya etilgan navlarga nisbatan hosildorligi 15 foiz va don tarkibidagi oqsil miqdori 1,4 foizga yuqori ekanligi bilan boshqa navlardan yangiligi tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Har xil ekologo-geografik guruhlarga mansub yangi xorijiy no‘xat nav namunalari, tizmalari va navlarini ko‘p yillar davomida seleksiya jarayonining barcha bosqichlarida o‘rganish, baholash va tanlash asosida olib borilgan tadqiqotlar natijasida: 
no‘xatning qimmatli xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan yangi yirik donli “Guliston” navi yaratilib, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual Mulk agentligi tomonidan seleksiya yutug‘iga patent olindi (№ NAR 00167);
no‘xatning tur ichida ko‘p marotaba yakka tanlash orqali yaratilgan va genetik belgilari o‘zida mujassamlashgan “Guliston” navi 2020 yildan boshlab istiqbolli nav sifatida Qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat reestriga kiritilgan (Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining 2020 yil 25 sentyabrdagi t-6/01-08-499-son xulosasi). Natijada Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining lalmikor maydonlarida ekib kelinmoqda;
Tadqiqot ishlari 2019-2020 yillarda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi “Ko‘kbuloq” hududida 22 gektar va “Zarbuloq” hududida 10 gektar, jami 32 gektar lalmikor fermer xo‘jaliklar maydonlarida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 4 sentyabrdagi 02/021-2765-son ma’lumotnomasi). Natijada “Guliston” navidan lalmikor erlarda andoza navlarga nisbatan 1,1-1,2 s/ga qo‘shimcha hosil olinib, rentabellik darajasi 22,5-23,5 % ni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish