Djabbarov Jamshid Ismailovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qorin bo‘shlig‘ida o‘tkazilgan shoshilinch jarrohlik amaliyotidan keyin intraabdominal gipertenziyaning ahamiyati”, 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/TiB733.
Ilmiy raxbar: Altiev Bazarbay Kurbanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Murad Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Rizaev Kamal Saidakbarovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qorin ichi gipertenziyali bemorlarda davo algoritmini ishlab chiqish yo‘li bilan qorin bo‘shlig‘i a’zolari shoshilinch jarroxlik kasalliklarining natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: qorin bo‘shlig‘ining shoshilinch jarrohlik kasalliklari bo‘lgan bemorlarda qorin bo‘shlig‘i gipertenziyasi sindromining rivojlanish chastotasi aniqlangan va uning hayotiy muhim organ va tizimlarning faoliyatiga ta’siri asoslangan;
qorin bo‘shlig‘i a’zolarida shoshilinch operatsiyalardan so‘ng qorin bo‘shlig‘i gipertenziyani pasaytirishning samarali jarrohlik usullari ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan;
bemorlarning umumiy holatini APACHE II shkalasida yordamida aniqlangan ballarning bemorlar qorin bo‘shlig‘i bosimi va qorin bo‘shlig‘ida yallig‘lanish jarayonining tarqalganliklari orasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
qorin bo‘shlig‘i gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarni shoshilinch operatsiyalardan keyin tashxislash va davolash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qorin bo‘shlig‘ida o‘tkazilgan shoshilinch jarroxlik amaliyotidan keyin intraabdominal gipertenziyaning ahamiyati yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Shoshilinch abdominal jarrohlikda qorin bo‘shlig‘i ichi gipertenziv sindromida tashxislash-davolash algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 20 sentyabrdagi 8n/d-189-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma shoshilinch abdominal jarrohlikdan keyingi qorin bo‘shlig‘i ichi erta asoratlarini oldini olishga qartilgan tashxislash va davolash usullarini takomillashtirish imkonini bergan;.
Korin bo‘shlig‘ida o‘tkazilgan shoshilinch jarrohlik amaliyotidan keyin intraabdominal gipertenziyaning ahamiyatini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch ilmiy amaliy tibbiyot markazining Samarqand va Jizzax viloyatlarining fililarining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 28 yanvardagi 8n/z-12-son-ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi operatsiyadan keyingi erta qorin ichi asoratlarining tashxisi sifatini yaxshilash, operatsiyadan keyingi asoratlarni 43,1% dan 24,2% gacha va o‘lim ko‘rsatkichini 22,4% dan 9,7% gacha kamaytirish imkonini bergan.