Xamdamov Baxtiyor Zarifovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oyoq kritik ishemiyali diabetik tovon sindromini davolash yakunlari istiqbolini belgilashning immunopatogenetik jihatlari», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya; 14.00.27 –Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.2.DSc/Tib448.
Ilmiy maslahatchilar: Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Raxmat Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01 raqamli kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Urazmetova Maisa Dmitrievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Simbirsev Andrey Semyonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Rossiya Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi (Rossiya Federatsiyasi); 
Yetakchi tashkilot: Kuban davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oyoq kritik ishemiyali diabetik tovon sindromini davolash yakunlari  istiqbolini belgilashning immunopatogenetik  jihatlarini aniqlashdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor diabetik tovon sindromida oyoq kritik ishemiyali bemorlarning tizimli yallig‘lanish jarayoni kuchayishi immun tizim holatidagi (CD3+-, CD4+-, CD8+-hujayralari ko‘rsatkichlari pasayishi va CD16+-, CD20+-, CD23+-, CD25+-, CD38+-, CD95+hujayralari ko‘rsatkichlari ortishi) nomutanosib o‘zgarishlar bilan bog‘liqligi asoslangan;
ilk bor diabetik tovon sindromida tizimli yallig‘lanish reaksiyali oyoq kritik ishemiyasi bo‘lgan bemorlarda kasallik kechishi va asoratlari rivojlanishi istiqboli sitokinlar (IL-17A,IL-10) miqdori ko‘rsatkichlarining me’yordan keskin ortishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor oyoqpanjadagi patologik o‘zgarishlar,oyoq kritik ishemiyasi va tizimli yallig‘lanish jarayonining zo‘rayishi immun tizim xolati ko‘rsatkichlari o‘zgarishlarga to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi asoslangan;
ilk bor an’anaviy terapiya fonida lazerli fotodinamik terapiyani (LFTT) ma’lum daqiqada qo‘llash yarada (grammanfiy bakteriyalar grammusbat kokklar, anaerob,Candida spp.) mikroorganizmlar unishini kritik darajadan kamaytirishi, immun tizim ko‘rsatkichlarini ishonarli otishi va yallig‘lanishning ikkinchi bosqichga o‘tishiga ijobiy ta’sir qilishi asoslangan;
ilk bor perftoran bilan LFDTni kompleks qo‘llash oyoq kritik ishemiyali diabetik tovon sindromi bo‘lgan bemorlarda tizimli yallig‘lanish jarayonini kamaytirishga ijobiy, immunokompenet hujayralar va sitokinlar miqdoriga  immunmodullovchi ta’sir qilishi isbotlangan;
ilk bor tizimli yallig‘lanish sindromli oyoq kritik ishemiyali  diabetik tovon sindromi bo‘lgan bemorlarda jarohat jarayonining kechish natijalari prognozini belgilashning yara  giperemiyasi, infil`tratsiyasi, og‘riq darajasi, ajralma xarakteri, qo‘zg‘atuvchilar unish darajasi, rN muhiti, kislorod bilan to‘yinishi (TcpO2), IL-17A va IL-10 miqdori xamda SYaRS belgilariga bog‘liq patogenetik asoslangan shkalasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oyoq kritik ishemiyali diabetik tovon sindromini davolash yakunlari istiqbolinibelgilashning immunopatogenetik jihatlarini aniqlashbo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Diabetik tovon sindromini davolashda lazerli fotodinamik terapiyani qo‘llash usuli» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 11 avgustdagi 8n-d/107-son ma’lumotnomasi).Mazkur  uslubiy tavsiyanoma diabetik tovon sindromli bemorlarda yara jarayoninierta aniqlab keyingi fazaga o‘tishini bashorat qilish va o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga xizmat qilgan;
«Diabetik tovon sindromini davolashda oyoq kritik ishemiyasini korreksiyalash usuli» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 11 avgustdagi 8n-d/107-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma oyoq kritik ishemiyali diabetik tovon sindromi kuzatilgan bemorlarda qisqa vaqt ichida oyoqdagi kritik ishemiya alomatlarini erta bartaraf qilish va o‘z vaqtida korreksiyalash chora-tadbirlarini qo‘llashga xizmat qilgan;
«Oyoq kritik ishemiyali diabetik tovon sindromida jarohat kechishi istiqbolini belgilash shkalasini ishlab chiqish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 11 avgustdagi 8n-d/107-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma oyoq kritik ishemiyali diabetik tovon sindromida jarohat kechishini erta tashhislash va o‘z vaqtida  oldini olish uchun qo‘llangan kompleks davolash usuli natijasi istiqbolini belgilashga  xizmat qilgan;
oyoq kritik ishemiyali diabetik tovon sindromini davolash yakunlari istiqbolinibelgilashning immunopatogenetik jihatlarini aniqlashbo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Samarqand davlat tibbiyot instituti birinchi shifoxonasi klinik amaliyotlariga  joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 sentyabrdagi 8n-d/117-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar oyoq kritik ishemiyali diabetik tovon sindromilikasallik asoratlarni erta tashhislash, oyokning noilojlikdan yuqori amputatsiya qilinishini kamaytirish, unga bog‘liq bo‘lgan o‘lim holatlari kamaytirish va ishlab chiqilgan davolash chora tadbirlari natijasida nogironlikni kamaytirish, statsionarda davolanish muddatini qisqartirish bilan tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirishga imkon yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish