Qalandarova Dono Usmandjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborotlashgan jamiyat ijtimoiy identikligi shakllanishida din omili”, 07.00.04 – Dinshunoslik (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/ Fal.227.
Ilmiy rahbar: Madaeva Shahnoza Omonullaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Mahmudova Guli Tilabovna falsafa fanlari doktori, professor, Musaev Faxriddin Abdusattorovich falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: axborotlashgan jamiyat ijtimoiy identikligining shakllanishida din omilining ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
norasmiy va noislomiy jamoalar o‘rtasida diniy urf-odat va marosimlarni o‘tkazilish tartiblariga doir turli yondoshuvlar mavjudligi noislomiy va noan’anaviy diniy jamoalar ibodat, marosim, ziyoratlarni onlayn amalga oshirishga targ‘ib qilishlari, an’anaviy diniy konfessiyalar esa, faqatgina diniy ta’lim-tarbiya, savol-javob va muomalalarni onlayn tarzda, ibodat va marosimlarni esa real makonda amalga oshirish zaruriy shart deb qabul qilganlari dalillangan;
missionerlik bilan shug‘ullanuvchi virtual guruhlar o‘z faoliyatida kibermakon ta’sirchanligidan samarali foydalangan holda asosiy e’tiborni “xaloskor-messiya” va u orqali “farovon hayot”ga erishish g‘oyasini zamonaviy tashviqot orqali amalga oshirishga qaratayotgani isbotlangan;
o‘zbek segmentida tarqatilayotgan islom bilan bog‘liq onlayn diniy ma’lumotlarning salbiy ko‘rinishlari sanalgan “kiberjihod”, “mazhabsizlik”, “kiberfatvo”ga oid kontentlar diniy va hayotiy bilim, tajriba hamda ko‘nikmalari etarli bo‘lmagan yoshlarga ko‘proq ta’sir etishi tizimli ochib berilgan;
islom dini bilan bog‘liq rasmiy kanallarda ta’lim-tarbiya, odob-axloq masalalari yoritilishi, norasmiy kanallarda esa oilaviy, maishiy va kundalik ehtiyojlar bilan bog‘liq mavzular, ijtimoiy-madaniy yangiliklar, moliya va kredit tizimiga taalluqli savol-javoblar tashviqoti hamda ushbu ma’lumotlarning dunyoqarashga ta’sir etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Axborotlashgan jamiyat ijtimoiy identikligining shakllanishida din omili bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
norasmiy va noislomiy jamoalar o‘rtasida diniy urf-odat va marosimlarni o‘tkazilish tartiblariga doir turli yondoshuvlar mavjudligi noislomiy va noan’anaviy diniy jamoalar ibodat, marosim, ziyoratlarni onlayn amalga oshirishga targ‘ib qilishlari, an’anaviy diniy konfessiyalar esa, faqatgina diniy ta’lim-tarbiya, savol-javob va muomalalarni onlayn tarzda, ibodat va marosimlarni esa real makonda amalga oshirish zaruriy shart deb qabul qilganlariga doir ilmiy natijalardan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida buyurtma asosida “Dinshunoslikni o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan, (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2019 yil 24 oktyabrdagi 5915-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu o‘quv adabiyotlari dinshunos mutaxassislarda kibermakonda din omilining yoritilishi,
milliy qonunchilik va axborotlashgan jamiyat masalalariga oid ma’lumotlarni xolis, ilmiy-tanqidiy tadqiq etish ko‘nikma va malakasini shakllantirishga xizmat qilgan;
islom dini bilan bog‘liq rasmiy kanallarda ta’lim-tarbiya, odob-axloq masalalari yoritilishi, norasmiy kanallarda esa oilaviy, maishiy va kundalik ehtiyojlar bilan bog‘liq mavzular, ijtimoiy-madaniy yangiliklar, moliya va kredit tizimiga taalluqli savol-javoblar tashviqoti hamda ushbu ma’lumotlarning dunyoqarashga ta’sir etishiga doir ma’lumotlardan buyurtma asosida “Kibermakonda din” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda, markaz sayti kontentini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2019 yil 10 dekabrdagi 02-481-son ma’lumotnomasi). Natijada, islom dini bilan bog‘liq onlayn ma’naviy-diniy jaryonlarni yoritishda markazning sayti axborotlari audio vizual boyitilib, zamonaviy auditoriyaning dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qilgan;
missionerlik bilan shug‘ullanuvchi virtual guruhlar o‘z faoliyatida kibermakon ta’sirchanligidan samarali foydalangan holda asosiy e’tiborni “xaloskor-messiya” va u orqali “farovon hayot”ga erishish g‘oyasini zamonaviy tashviqot orqali amalga oshirishga qaratayotganiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 3808-son Qarorining 12-bandini to‘ldirishda hamda buyurtma asosida “Oilada ma’naviy tarbiya” monografiyasining mazmunan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining 2019 yil 10 oktyabrdagi 915-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur idora mutaxasislarida axborotlashgan jamiyatda din va ijtimoiy ong, diniy tafakkur hamda ijtimoiy identiklikning transformatsion xususiyatlari bilan bog‘liq jarayonlarda oila va ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni masalalariga oid bilimlarini boyitgan. Shuningdek, oilada ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy illatlar profilaktikasigi doir amaliy treninglar o‘tkazishda va markaz sayti kontentini boyitishga xizmat qilgan;
o‘zbek segmentida tarqatilayotgan islom bilan bog‘liq onlayn diniy ma’lumotlarning salbiy ko‘rinishlari sanalgan “kiberjihod”, “mazhabsizlik”, “kiberfatvo”ga oid kontentlar diniy va hayotiy bilim, tajriba hamda ko‘nikmalari etarli bo‘lmagan yoshlarga ko‘proq ta’sir etishiga oid ma’lumotlardan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi buyurtmasi asosida tayyorlanayotgan “Kibermakonda diniy jarayonlar” qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2020 yil 21 sentyabrdagi 151-son ma’lumotnomasi). Natijada, markaz xodimlarining ajdodlar ma’naviy merosini, ulardagi ezgu g‘oya va ta’limotlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali ommaga etkazish va bu orqali yoshlarda sog‘lom dunyoqarashni kuchaytirishga doir nazariy saviyasi ortishiga erishilgan.