Babadjanova Shirin Kadamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston cho‘l zonasida dukkakli ekinlarning tuproq unumdorlik va mahsuldorligiga ta’sirini ekologik baholash», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/B455.
Ilmiy rahbar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.02/30.12.2019.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Asenov Gappar Asenovich biologiya fanlari doktori, professor; Xalmanov Nurali Toshquvatovich qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyati sharoitida dukkakli ekinlarning tuproq unumdorlik va mahsuldorligiga ta’sirini ekologik baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
deflyasiya o‘chog‘i bo‘lgan cho‘l tuproqlarida tuproq unumdorligini oshirish va erlarni qayta tiklash omili sifatida, ko‘p komponentli dukkakli ekinlarni etishtirish samaradorligi aniqlangan;
agrotsenozlarning sho‘rlangan tuproqlarga adaptiv potensiali, sug‘orish va tabiiy namlik sharoitida fitomelioratsiya qilish imkoniyati ochib berilgan;
ilk bor agrogen ifloslangan tuproq paydo bo‘lishning asosiy sabablari, ularni bartaraf etish va unumdorligini tiklash usullari ishlab chikilgan;
agrotsenozlarda ekologik vaziyatni yaxshilash omili sifatida resurs tejamkor texnologiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston cho‘l zonasi sharoitida dukkakli ekinlarni tuproq unumdorligi va mahsuldorligiga ta’sirini ekologik baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
agrotsenozlarning sho‘rlangan tuproqlarida fitomelioratsiya qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasida ekologik monitoring dasturlarini ishlab chiqishga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2020 yil 8 oktyabrdagi 02/18-7-1870-son ma’lumotnomasi). Natijada, Janubiy Orolbo‘yi mintaqasida fitomelioratsiya qilish chora-tadbirlari va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha dasturiy tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;
agrotsenozlarning sho‘rlangan tuproqlarning adaptiv potensiali Janubiy Orolbo‘yi ekotizimida tuproqlarda kechayotgan degradatsiya jarayonlarini bartaraf etish va unumdorlikni tiklash usullari Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasida amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2020 yil 2 oktyabrdagi 425-son ma’lumotnomasi). Natijada, tabiiy muhitning o‘zgaruvchan sharoitida eng muhim tarkibiy qismlarining holatini bashorat qilish va O‘zbekiston cho‘l zonalarida tuproq unumdorligini saqlash, oshirish maqsadida samarali faoliyat ko‘rsatuvchi dukkakli ekinlarni etishtirish bo‘yicha amaliy asoslarni ishlab chiqishda keng foydalanish imkonini bergan;
agrotsenozlarda ekologik vaziyatni yaxshilash, agroekotizimlarda samarali faoliyat ko‘rsatuvchi amaliy kriteriyalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatida tuproqlar monitoringi dasturini ishlab chiqishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yili 10 oktyabrdagi 02/020-3243-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi cho‘l zonalarida tuproq unumdorligini oshirish uchun dukkakli ekinlarni etishtirishni tashkil etish bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish imkonini bergan.