Musaeva Gulbaxor Maksudovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘allaning zararli hasva va zang kasalligi bilan zararlanish darajalarini aniqlash tizimini ishlab chiqish”, 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Qx100.
Ilmiy rahbar: Yaxyaev Xashim Kasimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/30.12.2019.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Toreniyazov Elmurat Sherniyazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Isomiddinov Ilxomjon Tulaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyatining iqlim sharoitida bug‘doyning asosiy zararkunandasi zararli hasvaning rivojlanishi va tarqalishini, zang kasalligini zararlanishi va tarqalishi mumkin bo‘lgan maydonlar hajmini prognozlashtirish va avtomatlashtirilgan monitoring tizimini, uning asosida himoya tadbirlari rejalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda, bug‘doyning asosiy zararkunandasi zararli xasvani rivojlanishi va tarqalishining monitoring tizimi ishlab chiqilgan; 
zararli xasvaning rivojlanish muddatlariga aniqlik kiritilib, ular rivojlanishining fenologik kalendarlari tuzilgan, ob-havo sharoitidan kelib chiqqan holda ularning rivojlanishi, tarqalishi va zarar keltirish darajalari aniqlangan; 
zararli xasva va zang kasalligiga qarshi kurash choralari takomillashtirilgan va ularning biologik va iqtisodiy samaralari aniqlangan;
g‘alla ekinlarini zararli xasva va zang kasalligidan himoya qilish vositalariga bo‘lgan ehtiyojni rejalashtirish me’yorlari ishlab chiqilgan;
g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun Android tipidagi mobil telefonlarida ishlaydigan, zararli xasvaning paydo bo‘lish muddatlari, zarar keltirish darajasini aniqlovchi va ularga qarshi kurash choralarini ifodalovchi mobil ilova ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining guvohnomasi olingan hamda undan foydalanish usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘allaning zararli xasva va zang kasalligi bilan zararlanish darajalarini aniqlash tizimini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
«Zararli xasva paydo bo‘lishini oldindan aniqlash» va «Zang zamburug‘ining rivojlanishi va zararlash darajasini aniqlash» Android tipidagi mobil telefonlarida ishlaydigan dasturlar yordamida bug‘doyning asosiy so‘ruvchi zararkunandasi zararli xasvaning rivojlanishi, tuxum qo‘yish va lichinkalarning chiqish muddatlari va zang kasalligi bilan zararlanish darajalarini aniqlash bo‘yicha Andijon viloyatining Ulug‘nor, Oltinko‘l, Jalaquduq va Qo‘rg‘ontepa tumanlari fermer xo‘jaliklarining 694 gektar bug‘doy maydonlarida joriy etilgan («O‘zagrokimyohimoya» aksionerlik jamiyatining 2020 yil 4 fevraldagi 03-12/91-son ma’lumotnomasi). Natijada zararkunanda va kasallikka qarshi o‘tkaziladigan ishlovlar sonini kamaytirishga erishilgan;
Andijon viloyatining  Ulug‘nor, Oltinko‘l, Jalaquduq va Qo‘rg‘ontepa tumanlari sharoitida zararli xasva tuxumlariga qarshi 2018 yil 10-18 aprelda, 2019 yil 9-19 aprelda oltinko‘z entomofagi qo‘llanilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 yanvardagi № 02/025-205-son ma’lumotnomasi). Natijada zararli xasva tuxumlari va lichinkalariga qarshi oltinko‘z entomofagi qo‘llanilganda biologik samaradorlik 81-87,7% bo‘lishiga erishilgan;
kuzgi bug‘doyning «Chillaki», «Tanya», «Vassa», «Bobur», «Andijon-4», «Krasnodarskaya-99», «Grom», «Asr» navlariga DRUNK 300 EC 33% k.e. fungisidining 0,2 l/ga me’yori bilan va Grizli 10% k.e. insektisidining 0,1 l/ga me’yori bilan sariq zangga va zararli xasvaga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 yanvardagi № 02/025-205-son ma’lumotnomasi). Natijada zang kasalligiga DRUNK 300 EC 33% k.e. fungisidi qo‘llanilganda 87-90% ni, zararli xasvaga Grizli 10% k.e. insektisidi qo‘llanilganda 87-95,3% ni, 1 gektar maydondan 1-6 sentnergacha hosil saqlab qolingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish