Mamatov Kamol Shavqievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Issiqxonalarda pomidorni zararkunandalardan himoya qilishning ilmiy–asoslangan usul va vositalar majmualarini takomillashtirish”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Qx43.
Ilmiy maslahatchi: Xodjaev Shamil Tursunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/30.12.2019.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Kimsanboev Xojimurod Xamroqulovich qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xayitmuratov Arslonbek Fayzullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Umurzoqov Elmurod,qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Sabzavotchilik-polizchilik va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Issiqxonalarda pomidor zararkunandalarining tur tarkibi, asosiy zararkunandalarning biologik va ekologik xususiyatlari, tarqalishini xaritaga tushirish hamda chetdan kirib kelgan yangi pomidor va kartoshka kuyalari, issiqxona tripsi kabi zararkunandalarning taqalishini bashorat qilish hamda ularga qarshi biologik, genetik hamda kimyoviy kurash usul va vositalarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
issiqxonada ekiladigan pomidor ekinida zararkunandalarning tur tarkibi va tarqalishi aniqlangan;
aniqlangan har bir zararkunandaning zarari va uning bog‘liqligini o‘rganish asosida iqtisodiy zarar beradigan miqdor mezoni aniqlangan;
pomidor kuyasining (Tuta absoluta Meyr.) rivojlanish xususiyatlari, tarqalishi va zararlilik darajasi aniqlangan;
issiqxonalarda o‘suvchi pomidor o‘simligi zararkunandalarining tabiiy kushandalari va ularning ahamiyati aniqlangan;
pomidor zararkunandalariga qarshi oldini olish, nokimyoviy, resurstejamkor hamda kamzaxarli usul va vositalar majmui yaratilgan;
tangaqanotlilar (Lepidoptera) turkumiga kiruvchi zararkunanda hasharotlarga qarshi feromonitoring usuli ishlab chiqilgan;
zararkunandalar majmuiga qarshi sinalgan zamonaviy va samarali pestisidlarning samaradorligi aniqlangan;
barcha ijobiy natija ko‘rsatgan himoya tadbirlarining xo‘jalik va iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Issiqxonalarda pomidorni zararkunandalardan himoya qilishning ilmiy asoslangan usul va vositalar majmualarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
Issiqxonalarda pomidorda oqqanotga qarshi 7 ta, zang kanaga qarshi 9 ta, kemiruvchi zararkunandalardan kuzgi tunlamga qarshi 5 ta, g‘o‘za tunlami qurtlariga qarshi 3 ta, gamma tunlamiga qarshi: 5 ta, g‘ovak hosil qiluvchi pashshaga qarshi 6 ta, nematodlarga qarshi 4 ta, pomidor kuyasiga qarshi 11 ta, jami 50 ta turli guruhga mansub kimyoviy preparatlar pomidor zararkunandalariga qarshi qo‘llash uchun Davlat kimyo komissiyaining pestisidlarga ruxsat beruvchi Ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari Davlat komissiyasining 2020 yil 10 martdagi 2-5/67-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ro‘yxatga kiritilgan vositalardan issiqxonalarda pomidor zararkunandalariga qarshi kurashda keng foydalanilgan;
pomidor ekinida Oqqanotga qarshi Ampligo 150 m.k.sus. 0,6-0,8 l/ga., Kapito 50% em.k. - 0,8 l/ga. Zang kanaga qarshi Effektum-Duo 40% k.s.- 0,15 l/ga., Geksamek 1,8% k.e.,-0,2 l/ga., Kapito 50% em.k. - 0,225 l/ga, Vertimek 1,8% k.e.-0,2 l/ga. Kuzgi tunlamga qarshi Del`tatsis 2,5% em.k.-0,5 l/ga, Desis 2,5% em.k.-0,7 l/ga. Ko‘sak qurtiga: Indeks 15% sus.k.-0,4 l/ga, Emaben 5% s.e.g.-0,35 kg/ga G‘ovak hosil qiluvchi pashshaga qarshi: A.3.3, 3,8% e.k. -0,15 l/ga Pomidor kuyasiga qarshi: Mekar ME (18 g/l) 0,1-0,2 l/ga, Abamek 1,8% k.e. -0,3 l/ga, GF-1587-0,4 l/ga, Koragen 200 k.e.- 0,2 l/ga, Avaunt 15% k.e. -0,45 l/ga, Benzoat Super 10% s.e.g. 0,15-0,25 l/ga sarf me’yorlarida Toshkent va Samaraqand viloyatlari issiqxona xo‘jaliklarida jami 4 gektar maydonda joriy etilgan («O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 20 maydagi 01–13/321–son ma’lumotnomasi). Buning natijasida issiqxona xo‘jaliklarida zararkunandalar zararining oldi olingan;
issiqxona xo‘jaliklarida pomidorning so‘ruvchi zararkunandalariga qarshi Effektum-Duo 40% em.k. (0,15 l/ga.), Kapito 93% em.k. (0,25 l/ga.) va boshqa preparatlar sinovdan o‘tkazilib, ularning qo‘llash reglamenti ishlab chiqilgan hamda 2016-2019 yillarda 5 gektar maydongan joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 8 maydagi 02/025–1333 son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori biologik, xo‘jalik va iqtisodiy samaradorlikka erishilib, o‘rtacha 173-190 sentnergacha pomidor hosili saqlab qolingan;
pomidorning kemiruvchi zararkunandalariga qarshi Korogen 200 k.e. (0,2 l/ga.), Ampligo 150 m.k.sus (0,8 l/ga.) preparatlari 2016-2019 yillarda 5 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 8 maydagi 02/025–1333 son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rtacha 300 sentnergacha pomidor hosili saqlab qolingan.