Kadirov Raxmatjon Nomanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kuzgi bug‘doy navlarini sug‘orish tartibini ishlab chiqish”, 06.01.02 – «Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik» (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Qx497.
Ilmiy rahbar: Isashov Anvarjon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05.30.12.2019.Qx/B.42.01.
Rasmiy opponentlar: Isaev Sabirjan Husanboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Komilov Baxtiyor Sultanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida takroriy ekilgan soyadan keyingi kuzgi bug‘doyning “Asr” va “Durdona” navlarini rivojlanish fazalari bo‘yicha turli sug‘orish tartibi, me’yori hamda mavsumiy suv iste’moli ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yangi dehqonchilik tizimida Andijon viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitda takroriy ekilgan soyadan keyingi etishtirilgan kuzgi bug‘doyning istiqbolli “Asr” va “Durdona” navlarini rivojlanish fazalari bo‘yicha sug‘orish tartiblari va maqbul me’yorlari ishlab chiqilgan;
soyadan keyingi etishtirilgan kuzgi bug‘doyning istiqbolli “Asr” va “Durdona” navlarining suv iste’moli aniqlangan;
takroriy ekilgan soyadan keyingi etishtirilgan kuzgi bug‘doyning istiqbolli “Asr” va “Durdona” navlarini sug‘orish muddatlari, soni, davomiyligi, mavsumiy sug‘orish me`yorlari aniqlangan;
tajriba dalasi tuproqlari suv muvozanatini tarkibiy qismlari bo‘yicha va nazariy sug‘orish texnikasi elementlari ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Andijon viloyatida kuzgi bug‘doyning “Asr” va “Durdona” navlarini rivojlanish fazalari bo‘yicha turli sug‘orishdan oldingi tuproq namlik darajasini va maqbul sug‘orish me’yorlarini hamda suv iste’molini aniqlash natijalari asosida:
kuzgi bug‘doy navlarining maqbul sug‘orish tartibini aniqlash bo‘yicha tavsiyalar tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020yil 13 yanvardagi 02/021-119-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda Andijon viloyati sharoitida dehqon va fermer xo‘jaliklarida kuzgi bug‘doy navlarining maqbul sug‘orish tartibini tanlash va etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
kuzgi bug‘doyni Andijon viloyati o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida xosildorligini oshirishning agrotexnologiyasi Paxtaobod tumanida jami 60 gektar, Izboskan tumanida jami 50 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 13 yanvardagi 02/021-119-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarish sinov tajribalari fermer xo‘jaliklarida qo‘shimcha 5-6 s/ga don xosil olgan bo‘lib, sof daromad “Asr” navida 739,5ming.so‘m/ga, rentabellik darajasi 43,7% tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich Durdona” navida esa 719,9ming.so‘m/ga, rentabellik darajasi 32,1% tashkil etgan;
kuzgi bug‘doyning rivojlanish fazalari bo‘yicha sug‘orish tartiblari hosildorligiga ta’siri aniqlash bo‘yicha jami 110 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 13 yanvardagi 02/021-119-son ma’lumotnomasi). Ushbu sug‘orish texnologiyani qo‘llash natijasida “Asr” navi mavsumiy sug‘orish me’yori 3740m3/ga rivojlanish fazalari bo‘yicha 3 marotaba, 970m3/ga, 1030m3/ga, “Durdona” navida esa bu ko‘rsatgichlar 3730m3/ga, 789m3/ga, 950m3/ga, 1040m3/ga mavjud suv resurslari 1s hosil uchun sarflangan sug‘orish suvi, “Asr” navida 21,4m3/s “Durdona” navida 16,8m3/s tejalgan, sof foyda kuzgi bug‘doyning “Asr”navida 739500so‘m/ga ni “Durdona” navida 719900so‘m/ga, rentabellik darajasi 43,7%ga ortishga erishildi.