Orziev Mahmud Zaynievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIX asrning oxiri – XX asr birinchi choragida Buxoroda bosmaxona, matbuot va nashriyot ishi”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusiro‘yxatgaolinganraqam: B2019.2.PhD/Tar481.
Ilmiy rahbar: Haitov Shodmon Axmadovich, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti,PhD.31.01.2019. Tar.02.10.
Rasmiy opponentlar: Shadmanova Sanobar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor;Abduxoliq Toshmirzaevich Mingnorov, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchitashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va maliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asr oxiri – XX asr birinchi choragida Buxoroda bosmaxonachilik, nashriyot va matbuot ishi tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr oxiri Buxoro amirligida ilg‘or kuchlar tomonidan ilk bosmaxonalarning (Mulla Ahmad, Hoji Azimboy, Buxoro shahar bosmaxonalari) tashkil topishi va ularda ta’lim sohasi uchun nashr etilgan diniy, falsafiy va boshqa mazmundagi asarlarning xalq ma’naviyatiga ko‘rsatgan ta’siri aniqlangan;
XX asr boshlarida Buxoro amirligiga xorijiy matbuotning kirib kelishi va ularning mahalliy matbuotning vujudga kelishiga ta’siri, “Buxoroyi sharif” va “Turon” kabi gazetalarning jamiyat ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-madaniy hayotini yoritishdagi o‘rni asoslab berilgan;
1917 yilda Buxoro amirligida hukumat bosmaxonasining faoliyati va muammolari (ta’minoti, moddiy-texnik bazasi va hokazo) aniqlangan, shuningdek, “Buxarskievedemosti” nomli gazetaning rus manzilgohlari ijtimoiy-iqtisodiy hayotini ochib berishdagi o‘rni aniqlangan;
1920-1925 yillarda BXSRda muntazam milliy matbuotning “Nashri maorif”, “Maorifni tarqatish” jurnali va “Buxoro axbori”, “Ozod Buxoro”, “Maorif va o‘qituvchi”, “Uchqun” va boshqa gazetalar misolida yo‘lga qo‘yilishi asoslab berilgan. Bosmaxona va nashriyot idoralarining BXSR ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida tutgan o‘rni ochib berilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
XIX asrning oxiri – XX asr birinchi choragida Buxoroda bosmaxonachilik, nashriyot va matbuot ishiga oid olingan ilmiy natijalar, xulosa va takliflar asosida:
XIX asr oxiri Buxoro amirligida ilg‘or kuchlar tomonidan ilk bosmaxonalarning tashkil topishi va ularda diniy, falsafiy va boshqa mazmundagi asarlarning nashri bilan bog‘liq ilmiy xulosalar “O‘zbekiston tarixi”, “Fan va texnika tarixi”, “Tarixiy o‘lkashunoslik”, “Buxoro tarixi” kabi fanlarni takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 noyabrdagi 89-03-4391-son ma’lumotnomasi). Bu ta’lim jarayonida Buxoroda matbuot organlarining vujudga kelishi, tuzilmasi va faoliyatining ma’naviy-ma’rifiy hayotga ko‘rsatgan ta’sirini ochib berishga xizmat qilgan;
XX asr boshlarida Buxoro amirligiga xorijiy matbuotning kirib kelishi va ularning mahalliy matbuot, jumladan, “Buxoroyi sharif” va “Turon” kabi gazetalarning vujudga kelishidagi o‘rni hamda 1917 yilda Buxoro amirligida hukumat bosmaxonasining faoliyati va muammolariga oid ma’lumotlar Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi “Hujjatlar” fondini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yilning 13 mart 01-01/164-son ma’lumotnomasi). Bu keng xalq ommasiga XIX asr oxiri – XX asr boshlarida o‘lka iqtisodiyoti, madaniy va ma’rifiy hayoti haqida xolis bilimlar berishga xizmat qilgan;
1920-1925 yillarda BXSRda muntazam milliy matbuot “Nashri maorif”, “Maorifni tarqatish” jurnali va “Buxoro axbori”, “Ozod Buxoro”, “Maorif va o‘qituvchi”, “Uchqun” va boshqa gazetalar misolida hamda bosmaxona va nashriyot idoralarining BXSR ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida tutgan o‘rniga bog‘liq materiallar Buxoro viloyat madaniy meros boshqarmasi “Ark” muzey-qo‘riqxonasi fondini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yilning 13 mart 01-01/164-son ma’lumotnomasi). Bu O‘zbekiston tarixi fanini Buxoro Xalq Sovet Respublikasining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy tarixi to‘g‘risidagi ilmiy ma’lumotlar bilan to‘ldirishga xizmat qilgan.