Maxmudov Toxir Farxadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshqariladigan elektr tizimlari o‘tkinchi holatlarini tahlil etish usullari va algoritmlari», 05.05.02 – Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T602.
Ilmiy rahbar: Allaev Kaxramon Raximovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Pirmatov Nurali Berdiyarovich, texnika fanlari doktori, professor; Sa’dullaev Nasullo Nematovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Issiqlikelektrloyiha» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qo‘zg‘atishni avtomatik rostlagichlarini shakllantirish uchun takomillashtirilgan qonunlarga asoslangan usullar, algoritmlar va dasturiy vositalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sinxron generatorlarning absolyut burchaklariga nisbatan murakkab elektr energetik tizimlarning matrisaviy matematik modeli ishlab chiqilgan;
murakkab elektr tizimida turg‘unlik chegarasiga birinchi bo‘lib yaqinlashuvchi generatorni (stansiyani) aniqlash usuli va dasturi ishlab chiqilgan;
elektr energetik tizimlarini matematik modelining matrisali uzatish funksiyasi qutblarini siljitish orqali tizim turg‘unligini ta’minlash usullari takomillashtirilgan;
sinxron mashinalar qo‘zg‘atishni avtomatik rostlagichining matrisaviy matematik modeli va boshqaruv matrisasi qo‘rsatgichlari va koeffisientlarini aniqlash dasturi ishlab chiqilgan;
turg‘unlik chegaralarini oshirish uchun elektr tizimlarining qutblarini siljitish imkonini beradigan, matrisalarning dekompozisiya va kanonizatsiyasi usullariga asoslanuvchi algoritm va dastur ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston energetika tizimining ishlab chiqaruvchi bloklarining turg‘unlik chegaralari va ushbu chegaraga yaqinlashuvchi generatorlarni oldindan aniqlashbo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
energetik jihozlarni ishlatish jarayonida shikastlanishlar natijasida etkazilgan zararni aniqlash bo‘yicha uslubi joriy etilgan Tizim xizmatlari bosh boshqarmasida joriy etilgan («O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning 2020 yil 17 sentyabrdagi 01-02-06/3237-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan uslub yordamida 150545,7 ming so‘m miqdoridagi iqtisodiy samaradorlikni olish imkonini bergan;
boshqariladigan elektr tizimlarning turg‘unlik chegaralarini aniqlash algoritmi va dasturi Tizim xizmatlari bosh boshqarmasida joriy etilgan («O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning 2020 yil 17 sentyabrdagi 01-02-06/3237-son ma’lumotnomasi). Natijada, eng kichik turg‘unlik zaxiralariga ega bo‘lgan generatsiyalovchi tugunlarning qiymatlarini aniqlash imkonini bergan: Tuyamuyun GES - chegaraviy burchagi 118.9 el. grad.; Taxiatosh IES - chegaraviy burchagi 121,4 el. grad.;
elektr energetik tizimlarning dinamik xususiyatlarini va ularning boshqarish tizimlarining tadqiq etish uchun ishlab chiqilgan usullar va algoritmlar Tizim xizmatlari bosh boshqarmasida joriy etilgan («O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJning 2020 yil 17 sentyabrdagi 01-02-06/3237-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektr energetika tizimlarida kichik va katta turtkilardan yuzaga keluvchi o‘tkinchi jarayonlarning so‘nish vaqti 10 soniyagacha kamaytirish imkonini bergan.