Axmedov Oybek Saporboevichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):  «Ingliz va o‘zbek tillarida soliq-bojxona terminlarining lingvistik tahlili va tarjima muammolari» 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha (filologiya fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /LA № 0000110/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Fil 157.

Ilmiy maslahatchi: Mamatov Abdi Eshanqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 14.07.2016.Fil.09.01.

Rasmiy opponentlar: Hoshimov G‘anijon Mirzaahmedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Kuchimov Shuxrat Norqizilovich, filologiya fanlari doktori, professor; Kesava Panikkar, filologiya fanlari doktori, professor (Hindiston).

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz va o‘zbek tillaridagi soliq-bojxona terminlarining lingvistik xususiyatlarini ochib berish asosida tarjima qilish usullarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor ingliz va o‘zbek tillaridagi soliq-bojxona terminlarining derivatsion tamoyillari, affiksal, morfemik-morfologik, leksik-semantik, funksional-semantik va sintaktik usulda yasalishi asoslab berilgan;

o‘zbek va ingliz tillaridagi soliq-bojxona terminlarining belgilari, diskursda pragmalingvistik voqealanishi va tarixiy shakllanishi isbotlangan;

ingliz va o‘zbek tillari soliq-bojxona terminologiyasining hozirgi bosqichdagi holati, fondi-genofondi, soliq va bojxona terminologiyasining ichki va tashqi omillar hisobiga boyish yo‘llari isbotlangan hamda o‘zlashma qatlamning miqdoriy ko‘rsatkichlari aniqlangan;

soliq va bojxona terminologiyasidagi sinonimiya, polisemiya, omonimiya, giperonimiya va giponimiyaning terminlar tarjimasida to‘sqinlik qiluvchi holatlarning echimi dalillangan;

soha terminlarini ingliz tilidan o‘zbek tiliga va o‘zbek tilidan ingliz tiliga adekvat tarjima qilish tamoyillari hamda usullari (tasviriy, transformatsion, kal`ka, muqobil) ishlab chiqilgan;  

soliq-bojxona terminlari tarjimasida stilistik va frazeologik birliklardan, obrazlilik hamda ekspressivlikdan, jargonlikdan saqlanish ilmiy asoslangan hamda soliq-bojxona terminlari tartibga solinib, unifikatsiya qilingan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 

Ingliz va o‘zbek tillarida soliq-bojxona terminlarining shakllanishi, rivojlanishi hamda derivatsion xususiyatlarini ochib berish, terminlarning tarjima qilish muammolarini bartaraf qilish yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:

bakalavriat ta’lim yo‘nalishida (5120100–Filologiya va tillarni o‘qitish (roman-german filologiyasi) leksikologiya, stilistika, qiyosiy tipologiya, tarjima nazariyasi fanlari bo‘yicha uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (O‘zStandart Davlat agentligida 2014 yil 18 sentyabrda O‘zDSt 36.1410:2014 №05-573 qayd raqami bilan ro‘yxatga olingan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2016 yil 29 oktyabrdagi №06/23-75-son ma’lumotnomasi). Joriy etilgan materiallar ingliz va o‘zbek tillaridagi soliq-bojxona terminlarining izohli talqini va tahlilini o‘rgatish, boshqa terminologik lug‘atlardagi izohlari bilan qiyoslash, umumiy va xususiy leksik hamda terminologik ma’no turlarini ajratish, terminlardagi stilistik (bo‘yoqdorlik) xususiyatini aniqlash, tarjimada sinonim leksemalar qatoridan terminlarni to‘g‘ri tanlash muammosini, muqobilsiz terminlarning tarjima qilish muammolarini hal qilishga xizmat qilgan;

soliq va bojxona terminlarining ikki tilli (inglizcha-o‘zbekcha) hamda izohli lug‘atidan mazkur sohalar amaliyotida foydalanilgan. Muomalaga kiritilgan yangi terminlar unifikatsiya qilingan, jumladan: «soliq boqimandasi» terminining muqobil antonimi, ya’ni rus tilidagi «punktual`niy nalogoplatel`shik» terminining sinonimi o‘zbek tili iste’molida mavjud bo‘lmaganligi bois «intizomli soliq to‘lovchi» termini, «fraxt» termini o‘rniga o‘zbek tilidagi «yuk tashish haqi» termini, «norezident» termini o‘rniga «nomahalliy» termini, «penya» termini o‘rniga o‘zbek tilidagi «foizli jarima», «munisipal soliqlar» termini o‘rniga «mahalliy soliqlar» termini, «soliq preferensiyasi» terminining muqobili sifatida «soliq imtiyozi», «realizatsiya qilingan tovarlar» termini o‘rniga «sotilgan tovarlar», «depozit pul» termini o‘rniga «omonat pul» termini hamda «tranzit» terminining o‘zbekcha muqobili sifatida «olib o‘tish» terminlari O‘zbekiston Respublikasining soliq qonunchiligiga hamda kodeksida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 20.09.2016 yildagi №16/1-20598–son ma’lumotnomasi). Muomalaga kiritilgan yangi terminlar soliq-bojxona sohasiga oid terminlarni to‘g‘ri tarjima qilishga va o‘z o‘rnida to‘g‘ri ifoda etilishiga asos bo‘lgan;         

tilshunoslik va soliq-bojxona sohalarining integratsiyalashuvi borasidagi ishlab chiqilgan amaliy takliflar A2–058 «Byudjet-soliq siyosati ijrosini ta’minlashda soliq ma’murchiligining rolini oshirish» mavzusidagi davlat amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirish qo‘mitasining 2016 yil 15 iyundagi №FTK-03-13/378–son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan materiallar tilshunoslik va soliq-bojxona sohalarida kechayotgan jarayonlarni hamda hodisalarni, ularning rivojlanishi haqidagi bilimlarni takomillashtirishga, jamiyat a’zolari uchun soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni aniq va qisqa, barchaga bir xilda tushuniladigan darajaga olib kelishga xizmat qilmoqda. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish